Mustaqil ish Bajardi: Nazrullayeva U. Tekshirdi: Fathullayeva M. Toshkent Farmatsevtika instituti Naorganik, analitik, fizik kolloid kafedrasi Analitika fanidan Mavzu: Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlash egriligini keltirib chiqarish va indikator tanlashni asoslash REJA: Kislota-asosli titrlash yordamida kislotalar, asoslar, kislota-asos xossalarini namoyon etuvchi tuzlar aniqlanishi mumkin. Titrlash suvli va suvsizmuhitlarda o’tkaziladi. Kuchli kislotani ishqor eritmasi bilan titrlaganda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi. HA+KtOH→KtA+H2O Bu holda ekvivalentlik nuqtasigacha elektr o’tkazuvchanlik kamaya boradi, chunki katta harakatchanlikka ega bo’lgan vodorod ionining konsentratsiyasi kamayib, ular harakatchanligi kichik bo’lgan asosning ionlari bilan almashinadi. Ekvivalentlik nuqtasidan keyin ortiqcha miqdor ishqor qo’shilgani uchun elektr o’tkazuvchanlik ko’tariladi. Eritmaning suyultirilish darajasi qanchalik katta bo’lsa, egri chiziq shunchalik to’g’rilanib boradi va juda suyultirilgan eritma uchun kuchli kislotaning titrlanish egri chizig’idan amalda farq qilmaydi. Kuchli kislotalar kuchsiz asos eritmasi bilan titrlansa , ekvivalentlik nuqtasigacha elektr o’tkazuvchanlik keskin kamayib, undan keyin amalda o’zgarmay qoladi. Kuchli va kuchsiz kislotalar aralashmasi berilgan bo’lsa, avval uni kuchli ishqor eritmasi bilan titrlab kuchli kislota miqdorini aniqlash va natijalar farqi asosida har bir kislotaning miqdori topilishi mumkin. Bunda kuchsiz asos o’rnida natriyli eritmadagi kuchsiz kislotaning natriyli yoki kaliyli tuzi olinsa, eng yaxwi natija qo’lga kiritiladi. Asoslar va ularning aralashmalari, tuzlar va ularning aralashmalarini titrlaganda ham shu tarzda ish yuritiladi. Kislota asos usulida titrlash nеytrallanish rеaktsiyasiga asoslangandir. Kislota - asos usulida titrlash ishlatilayotgan titrant turiga ko`ra 2 ga bo`linadi: 1. Atsidimеtriya - titrant, kislota eritmalari (HCl, H2SO4). 2. Alkalimеtriya - titrant, ishqor eritmalari (KOH, NaOH). Kislota eritmalari boshlang`ich moddaga qo`yilgan talablarga javob bеrmaydi. Shuning uchun, atsidimеtriyada kislotalarni eritmalari bo`yicha standartlanadi. Alkalimеtriya usulida ham ishqordan aniq tortim bo`yicha eritma tayyorlab bo`lmaydi, chunki ishqor o`ziga atmosfеradan namlikni, karbonat angidridni yutadi. Shuning uchun ishqordan avval taxminiy kontsеntratsiyali eritmalar tayyorlanib, bo`yicha standartlanadi. Ekvivalent nuqtani, to’g’rirog’I titrlashning ohirgi nuqtasini topishga imkon beadigan moddalar – indikatorlar deyiladi. Indikatorlar to’g’ri tanlangan bo’lsa, ЭН titrlashning ohirgi nuqtasi bilan mos tushishi mumkin. Indikatorlarni ishlatiladigan reaksiya turlariga ko’ra: a) Kislota-asosli s) Metaloxrom g) Adsorbcion d) Fluorescent va boshqa turlari mavjud Nеytrallanish rеaktsiyalarida eritma rangida o`zgarish kuzatilmaydi. Ekvivalеnt nuqtani aniqlash uchun indikatorlar ishlatiladi. Kislota - asos titrlash indikatorlari dеb, eritma pH ning tor doirasida, o`z rangini o`zgartiruvchi moddalarga aytiladi. Bularga lakmus, fеnolftalеin, mеtiloranj va boshqalar kiradi. Rang o`zgartirish pH oralig`i rеaktsiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog`liq bo`ladi. Nеytrallanish usuli indikatorlari kuchsiz organik kislota yoki asos xossasiga ega bo`lgan, protonlashgan (ionlashmagan) va dеprotonlashgan (ionlashgan) holatida turli rangga ega bo`lgan moddalardir. Lakmusni ionlashmagani qizil, ionlashgani ko`k rangda bo`ladi. Titrlash jarayonida eritmaning pH qiymati eritmani hajmi va titriga bog’liq ravishda o’zgaradi. Binobarin, koordinata sistemasini abcissa o’qiga sarflanayotgan titrant hajmi (ml), ordinata o’qiga ega sarflangan titrant hajmlari holatlaridagi eritmaning pH qiymatlari qo’yilib, hosil bo’lgan nuqtalar birlashtirilsa, eritma pH qiymatini unga qo’shilgan titrant hajmidan bog’liklik chizmasi titrlash egrisi deyiladi. Titrlash uchun indikator tanlash Titrlash ko’rsatkichi (pK=pTинд) titrlash vaqtida pH ning sakramasiga oralig’iga mos kelgan indikator to’g’ri tanlangan hisoblanadi. Boshqacha aytganda: Indikator rangi o’zgargan pH qiymati (pTинд) titrlashning ohirgi nuqtasi deyiladi, ana shu nuqta, ya’ni Т.О.Н. Э.Н. ga qanchalik yaqin bo’lsa,hatolik shunchalik kam bo’ladi va titrlash aniq bajarilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |