Misol. 1 litrda 0,005 mol mis(II)-nitrat Cu(NO3)2 va 0,001 mol alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 saqlovchi eritmaning ion kuchini hisoblang.
Yechish: Cu(NO3)2↔Cu2++2NO3- ;
Al2(SO4) ↔ 2Al3++3SO4-
www.Sanjar.com
Suvning ion ko‘paytmasi.
Analitik kimyoda foydalaniladigan kimyoviy reaksiyalar ko‘pincha suvli eritmalar bilan bajariladi. Toza suv o‘lchash mumkin bo‘lgan elektr o‘tkazuvchanlikka ega, chunki suv molekulalari juda oz bo‘lsa ham ionlarga parchalanadi:
H2O H++OH-
Analiz qilinadigan eritmada erigan modda ionlari bilan bir qatorda har doim H+ va OH- ionlari ham bo‘ladi. Suvning elektr o‘tkazuvchanligi asosida hisoblangan vodorod ionlari va gidroksid ionlarining konsentratsiyalari suvda 10-7 mol/l ga (220С) tengligi aniqlangan.
www.Sanjar.com
Suvning ionlanish jarayoni qaytar bo‘lganligi uchun, bu jarayonga massalar ta’siri qonunini tadqiq qilib, ionlanishning termodinamik konstantasi tenglamasini yoziladi:
Ka– suv ionlanishining termodinamik konstantasi bo‘lib,
25 0С da =1,8•10-16
1 litr suvda (1000g:18) 55,50 mol suv bo‘lib, ulardan 1•10-7 moli ionlangan holatda, suvning qolgan miqdori ionlanmagan molekulalar shaklida bo‘ladi. Suvning ionlanish darajasi juda kichik bo‘lganligi sababli, dissotsilanmagan suv molekulalari konsentratsiyasini hohlagan suvli eritmalarda doimiy deb hisoblash mumkin. Shu sababli, termodinamik tenglamadagi aH2O ni chap tomonga o‘tkazib, ko‘rinishini o‘zgartirsa bo‘ladi:
www.Sanjar.com
Shunday qilib, tenglamaninig chap tomonida ikkita doimiy kattalik: aH2O-suvninig dissotsilanmagan molekulalarining aktivligi va Ka-dissotsilanishning termodinamik konstantasi joylashgan. Ikki doimiy kattaliklar ko‘paytmasi ham o‘zgarmas kattalik bo‘lganligi uchun, Ka*aH2O ko’paytmani yangi konstanta KH2O ( Kw lotincha Water-suv )bilan almashtirilsa,
kelib chiqadi. Bu tenglamaga Ka ning eksprimental qiymati va suvning ionlanmagan molekulalari aktivligi qiymatlarini qo‘yilsa, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
www.Sanjar.com
Vodorod ionlari va gidroksid ionlari aktivliklari ko‘paytmasi suvning ion ko‘paytmasi deb ataladi va o‘zgarmas haroratda doimiy qiymatga egadir. Kimyoviy toza suvda Н+ va ОН- ionlarining konsentratsiyalari juda kichik (1·10-7 mol/l) bo‘lganligi uchun ularning aktivliklari amalda shu ionlarning molyar konsentratsiyalariga teng:
Н+ va ОН- ionlarining konsentratsiyalari bir-biri bilan teskari proporsional tarzda bog‘lanishda bo‘ladi, lekin hech vaqt bu bog‘lanish nolga teng bo‘lmaydi:
Suvda va suvli eritmalardagi Н+ va ОН- ionlari konsentratsiyalarining o‘zaro bog‘lanishini bilgan holda, har xil masalalarni yechish mumkin.
www.Sanjar.com
Uyga vazifa:
1.Mavzuni koncpekt qilish.
2. Mavzu yuzasidan misollar yechish.
Thank You!
www.Sanjar.com
Do'stlaringiz bilan baham: |