Kengaytirgich bilan jihozlangan barcha moy bilai to‘ldirilgan transformatorlarda moy haroratini ulchash uchun termometrlar o‘rnatiladi. - Kengaytirgich bilan jihozlangan barcha moy bilai to‘ldirilgan transformatorlarda moy haroratini ulchash uchun termometrlar o‘rnatiladi.
- Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar moyning Yuqori qatlami haroratini, kengaytirgichli transformatorlar jixozlangan termosignalizator va termometrlar bo’yicha kuzatishlari kerak, shuningdek sovtol yoki moy bilan to‘ldirilgan germetik transformatorlar jixozlangan manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari bo’yicha kuzatishlari kerak. Bakdagi bosim 50 kPa (0,5 kgs/sm2) dan ortganda transformator yuklamasi kamaytirilishi shart,
- Transformatorli qurilmalar amaldagi EQTE ga muvofiq yong‘inga qarshi vositalar bilan jixozlanishlari shart.
- Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar bo‘lganda, ularning drenajlari va moy quvurlari EQTE talablariga muvofiq ishga yaroqli holda saqlaniishi kerak.
XL bir elektr qurilma uchun, yuklama grafigiga bog‘lik XLda iste’molchilarni ishonchli ta’minlashni xisobga olib, bir vaqtning o‘zida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak. - XL bir elektr qurilma uchun, yuklama grafigiga bog‘lik XLda iste’molchilarni ishonchli ta’minlashni xisobga olib, bir vaqtning o‘zida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak.
- Kuchlanishi 10 kV bo‘lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarda transformatorlarning yuklamasini va kuchlanishini ulchash, ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida kamida 2 marta maksimal va minimal yuklama davrida, keyinchalik zaruriyat bo’yicha o‘tkaziladi.
- Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning satxi, GOST 11677-91 bo’yicha shu vaqtdagi transformator (reaktor) moyining haroratiga mos belgida bo‘lishi shart.
- Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulyasiyasi, transformator yuklamasidan qatiy nazar, o‘zluksiz bo‘lishi shart
Moyning sirkulyasiyasi majburiy bo‘lgan transformatorlarni va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishga, faqat moy, sovituvchi suv sirkulyasiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarni ishlashi tuxtagani haqida signalizatsiya tizimi ishga tushirilgandagina ruxsat etiladi. - Moyning sirkulyasiyasi majburiy bo‘lgan transformatorlarni va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishga, faqat moy, sovituvchi suv sirkulyasiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarni ishlashi tuxtagani haqida signalizatsiya tizimi ishga tushirilgandagina ruxsat etiladi.
- Suv bilan sovitiladigan moy sovitgichlar mavjud bo‘lganda moy nasosi moyning yurishi bo’yicha moy sovitgichgacha, o‘rnatiladi. Moy sovitgichlardagi moyning bosimi, ulardan o‘tkazilayotgan suvning bosimidan ortiq bo‘lishi shart.
- Majburiy sovitilidngan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulyasiyasi, yoki puflash ventilyatorlari to‘xtaganda avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. Ko‘rsatilgan rejimning davomiylign mahalliy yuriqnomalarga muvofiq, sinash natijalari yoki zavod ma’lumotlari bo’yicha, o‘rnatiladi.
- Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda birinchi navbatda moy nasosi, sungra esa suv nasosi ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |