Axborotlarni himoya qilish — bu tarmoqdagi aloqa hamda axborotlarning uzluksizligi, yaxlitligi va mahfiyligini ta’minlovchi barcha vosita va amallar mamuasi bo‘lib, nosozliklardan asrovchi vosita va funksiyalarni o‘z ichiga olmaydi. Axborotlarni himoya qilish kriptografiya, kriptoanaliz (kriptotahlil) va kompyuterlarga ruhsatsiz kirishdan saqlash kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Kriptoanaliz (kriptotahlil) — bu amaliy matematikaning bitta bo‘limi bo‘lib, kiruvchi yoki chiquvchi signallardan foydalanib maxfiy parametrlarni aniqlab olish (yashirin matnni ochish) maqsadida kriptosistemalarni tahlil qilishga qaratilgan usul, model, algoritm, dasturiy va texnik vositalarni o‘rganadi. Kriptografiya va kriptoanaliz birgalikda yangi fan — kriptologiyani tashkil qiladi.Kriptologiya tarixini uch bosqichdan iborat deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |