Bog'liq Mavzu Kredit, uning zarurligi, prinsiplari, funksiyalari va tur-fayllar.org-1
Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarish oborotdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir.