«MAXSUS IMTIYoZLI KREDITLASh JAMG’ARMASI” - kichik va o’rta tadbirkorlik
subyektlariga imtiyozli kreditlar, shuningdek, mikrokreditlar berish maqsadida tashkil
qilingan jamg’armadir. Imtiyozli kredit berish jamg’armasi hisobidan beriladigan
mikrokreditlar bo’yicha foiz stavkalari mikrokredit berilgan kundagi Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasining 50 foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda
belgilanadi.
FAKTORING - bu xo’jalik yurituvchi subyektlar – mol yetkazib beruvchilarni
(bundan keyingi matnda - mijoz) ular tomonidan bank - moliya agentiga
to’lovchilardan (bundan keyingi matnda -to’lovchi) jo’natilgan tovarlar, bajarilgan
ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun ular tomonidan akseptlangan, lekin hali
to’lanmagan to’lov talabnomalari bo’yicha pul to’lovini olish huquqini o’tib
berishlari evaziga, regres huquqisiz, moliyalashtirish borasidagi bank xizmati turidir.
MOLIYaVIY LIZING - bu ijara munosabatlarining alohida turi bo’lib, bunda bir
tomon (lizing oluvchi )ning topshirig’iga binoan uchinchi tomonidan (sotuvchidan)
119
mulk (lizing obyekti) ni lizing shartnomasida belgilangan shartlarda lizing oluvchiga
to’lov asosida foydalanish va egalik qilish uchun hamda keyinchalik lizing
oluvchining xususiy mulkiga o’tishi sharti bilan berish maqsadida sotib oladi.
SINDISIYaLAShTIRILGAN KREDIT - bir necha banklar tomonidan yirik investisiya
loyihalarini birgalikda kreditlash.
YIRIK INVESTISIYa LOYIHASI - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi
darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investisiya loyihasi.
BANK SINDIKATI - sindisiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq
banklar o’rtasida o’zaro kelishuv.
YeTAKChI BANK - sindisiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va
zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati
yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga
xizmat ko’rsatuvchi bank.
IShTIROKChI BANK - sindisiyalashtirilgan kredit berishda qatnashuvchi
bank.Sindisiyalashgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga beriladi.
MUDDATLI KREDIT - kredit shartnomasiga ko’ra to’lav muddati hali yetib
kelmagan ssudadir.
MUDDATI UZAYTIRILGAN KREDIT - ayrim hollarda kreditni qaytarish muddati
kelmasdan avval qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqtisodiy asoslangan
yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish muddatini keyinroqqa surilishi
to’g’risida filial kredit komissiyalari qarorlari asosida Bosh bank kredit qo’mitasi
bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
MUDDATI O’TGAN KREDITLAR - kredit shartnomasida belgilangan qaytarish
muddati, shuningdek, garchi ularning muddati uzaytirilgan bo’lsa, uzaytirish muddati
ham tugagan qarzlardir. Muddati o’tgan kreditlar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qayta
rasmiylashtirilgan hisoblanadi, chunki kredit shartnomasida muddati o’tqazib
yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo’llash ko’zda tutiladi.
120
Do'stlaringiz bilan baham: |