101
Mablag’ yetarli bo’lmagan taqdirda kredit to’lov muddati o’tgan hisobvarag’iga
o’tkaziladi.
“Qarzdor” tomonidan “Bank” ning e’tirozi inobatga olinmaganda yoki qarzni to’lash
to’g’risida to’lov topshiriqnomasi taqdim etilmaganda, “Bank” tomonidan
tulanmagan kredit to’lov muddati o’tgan hisobvarag’iga o’tkaziladi va kelgusida uni
undirilishi depozit va boshqa hisob raqamlaridan to’lovlar (kalendar) navbati tartibida
memorial order bilan amalga oshiriladi;
- “Bank” bundan tashqari Xo’jalik sudlariga murojaat qilmasdan kreditni
qaytarilishini ta’minlash uchun qo’yilgan garov shartnomasidagi mol-mulkni sotish,
kafilning mol-mulkini sotish, kafilning hisob raqamidan mablag’larni kesib olish,
kafolat bergan muassasalar, banklar va sug’urta kompaniyalar hisob raqamlaridan
qarz summasini undirib olish huquqiga egadir.
3.1.5. “Bank” quyidagi hollarda Xo’jalik sudlariga da’vo arizasi bilan murojaat
qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama muddatidan oldin bekor qilish va
kredit va unga hisoblangan foizlarni undirish huquqiga ega:
- “Qarzdor” kredit olish uchun xaqikiy bo’lmagan (fiktiv) hujjatlar taqdim etilganligi
aniqlanganda;
- “Qarzdor” tomonidan kreditni foydalanish davrida kredit yoki foizlarni to’lash
muddati 60 kun (kiska muddatli kreditlar uchun) yoki 90 kun (Uzoq muddatli
kreditlar uchun) kechiktirilgan davrda;
- “Qarzdor” tomonidan kreditni foydalanish davrida kredit olingandan so’ng 60 kun
ichida bank hisob raqamida oborot qilmagan vaqtlarda;
- Garovga qo’yilgan mulklar tekshirish jarayonida unga zarar yetkazilganligi va
talon-taroj qilinganligi aniqlanganda;
- Kafil tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda ya’ni to’lovga qobilyati
bo’lmagan hollarda;
- “Qarzdor” tomonidan kreditni maqsadsiz ishlatilgan holatlari aniqlanganda.
3.1.6. “Qarzdor” tomonidan kredit bo’yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan
foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, “Bank” Fuqarolik
kodeksining 280-moddasi 2 qismiga muvofiq mustaqil ravishda sudga murojat
qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga ega.
3.1.7. “Qarzdor” tomonidan kredit bo’yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan
foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda, “Bank” ,
mazkur qarzlarni qaytarishni “Qarzdor” ning likvidli mol-mulklari hisobiga
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 422-son
qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning kreditlari bo’yicha qarzdorlik o’z vaqtida
qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish
Tartibi” ga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega.
3.1.8. “Qarzdor” tomonidan kredit bo’yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan
foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda kafillik
bergan xo’jalik subyekti hisob raqamiga 3 kun muddat ichida to’lov talabnomasi
qo’yish orqali undirish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: