9 Tamoyil. Bank kredit tavakkalchiligi boshqarish uchun kreditlarning ichki reytingi
tizimini ishlab chiqishi va undan foydalanishi zarur. Reyting tizimi bank faoliyatining
turi, ko’lami va murakkabligiga mos kelishi kerak.
10 Tamoyil. Bankda rahbariyat tomonidan balans va balansdan tashqari faoliyatga
oid kredit tavakkalchiligini boshqarish imkoniyatini beruvchi informasion tizimlar va
analitik texnologiyalar bo’lishi kerak.
11 Tamoyil. Bankda kredit portfelining umumiy tarkibi va sifati monitoringini
o’tkazish tizimi bo’lishi lozim.
12 Tamoyil. Alohida kreditlar, shuningdek umuman kredit portfelini baholashda
bank kelajakda iqtisodiy sharoitning o’zgarishini hamda noqulay sharoitda yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan kredit tavakkalchiligini hisobga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |