Мавзу: Кредит шакллари, турлари ва уларни келгусида ривожлантириш истиқболлари


 Kontokorrent hisob raqami bo’yicha kreditlash tartibi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/87
Sana20.07.2021
Hajmi2,29 Mb.
#124089
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87
Bog'liq
pul kredit va banklar

4. Kontokorrent hisob raqami bo’yicha kreditlash tartibi. 
 
Bank  kontokorrent  hisob  raqamidan  moliyaviy  jihatdan  barqaror  bo’lgan 
xo’jalik yurituvchi subyektlarni kreditlaydi. Bu hisob raqam mijozning yagona hisob 


  
                 
 
                                                                          22 
 
raqami  hisoblanib,  kredit  shartnomasiga  asosan  ochiladi  va  bank  shu  hisob  raqam 
orqali mijozning barcha turdagi amaliyotlarini amalga oshiradi. Mazkur hisob raqam 
aktiv-passiv hisoblanib, ya’ni ham aktiv, ham passiv qoldiqqa ega bo’lishi mumkin. 
Kontokorrent  hisob  raqami  ochilishi  bilan  kredit  oluvchining  asosiy  “talab  qilib 
olinguncha”  depozit hisob raqami yopiladi.   
Kredit oluvchi kontokorrent hisob raqami bo’yicha o’rnatilgan kreditlash limiti 
doirasida  kreditlanadi.  Kontokorrent  hisob  raqamiga  kredit  oluvchining  barcha 
tushadigan  mablag’lari  kirim  qilinadi.  Agar  kirim  qilingan  summa  (tushum)lar 
olingan  kredit  summasidan  oshib  ketsa,  u  holda  kontokorrent  hisob  raqami  o’z 
belgilangan  maqsadini  o’zgartirmagan  holda  kreditli(qoplangan)  qoldiqqa  ega 
bo’ladi.   
Kontokorrent  hisob  raqamidan  kreditlash,  kredit  oluvchining  asosiy  faoliyat 
bilan  bog’liq  bo’lgan  tovar-moddiy  boyliklarini  sotib  olish,  bajarilgan  ishlar  va 
ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  pul-hisob-kitob  hujjatlarini  to’lash  yo’li  bilan  amalga 
oshiriladi.  Boshqa  turlari  (kechiktirib  bo’lmaydigan  extiyojlarga,  byudjetga  va 
byudjetdan  tashqari  fondlarga  va  x.k.)  to’lovlar  kontokorrent  hisob  raqamidagi 
mavjud kreditli (qoplangan) qoldiq doirasida amalga oshiriladi. 
Kontokorrent  hisob  raqamidan  berilgan  kreditlarni  undirish  (qoplash)  sotilgan 
tovarlar,  bajarilgan  ishlar  va  ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  tushadigan  tushumni  shu 
kontokorrent hisob raqamiga kirim qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.  
Kontokorrent  hisob  raqamidagi  qoldiqlar  bo’yicha  foizlarni  hisoblash,  kredit 
shartnomasida  qayd  etilgan  muddatlarda,  debetli  (qoplanmagan)  va  kreditli 
(qoplangan) qoldiqlar bo’yicha alohida - alohida amalga oshiriladi:  
- debetli qoldiq bo’yicha, mijoz bankka, kredit shartnomasida ko’rsatilgan foiz 
stavkasiga muvofiq foizlarni to’laydi; 
-  kreditli  qoldiq  bo’yicha  esa,  bank  mijozga,  bankdagi  hisob  raqamga  xizmat 
ko’rsatishga doir tuzilgan  shartnomada belgilangan foizlarni to’laydi.   
Kontokorrent hisob raqamining amal qilish muddati 12 oydan oshmasligi kerak. 
Kredit  oluvchi  12  oylik  muddat  tugashi  bilanoq,  bu  hisobvaraqda  kreditli  qoldiqni 
ta’minlashi lozim. Agarda kreditlash muddati tugaganda ham, hisob raqamda debetli 


  
                 
 
                                                                          23 
 
(qoplanmagan)  qoldiq  bo’lsa,  u  holda  berilgan  kredit  to’liq  qaytarilmaguncha 
keyingisini berish to’xtatiladi.    
Kredit  oluvchi,  kredit  shartnomasining  shartlariga  qat’iy  rioya  etib,  barqaror 
moliyaviy xolatga ega bo’lsa, uning yozma iltimosnomasiga ko’ra kontokorrent hisob 
raqami  bo’yicha  kreditlash,  ilgari  belgilangan  limit  doirasida  takroran  tiklanishi 
mumkin.Bu  hisob  raqamda  mablag’larning  kreditli  (qoplangan)  aylanishini  (debetli 
aylanishga  nisbatan)  ustunligi  aniqlansa,  kredit  oluvchining  moliyaviy  -  xo’jalik 
faoliyatini  tahlili  natijalari  asosida  kredit  bo’limi  xodimining  xulosasi  tayyorlanadi. 
Shu  xulosani  inobatga  olgan  holda,  kontokorrent  hisob  raqamidan  kelgusida 
foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to’g’risida qaror qabul 
qilinadi.   
  Kredit  oluvchining  moliyaviy  ko’rsatkichlari,  to’lov  qobiliyati  yomonlashgan 
va kelgusida ularni yaxshilash imkoniyatlari bo’lmagan taqdirda, kredit komissiyasi 
kredit oluvchiga kontokorrent hisob raqami bo’yicha kredit berishni to’xtatish hamda 
berilgan  kreditlarni,  sotilgan  tovarlar,  bajarilgan  ishlar  va  ko’rsatilgan  xizmatlar 
uchun  tushadigan  tushumni  kontokorrent  hisob  raqamiga  kirim  qilish  yo’li  bilan 
qoplash to’g’risida qaror qabul qiladi.  

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish