Alohida ssuda hisob-raqami orqali berilgan kreditlar muddati o'tgan hisob raqamiga kreditni qaytarish muddati o'tgan va hisob raqamida mablag'lar mavjud bo'lmagan taqdirda o'tkaziladi.
Kontokorrent hisob-raqamidan berilgan kreditlar kredit shartnomasida ko'rsatilgan muddatda qaytarilmagan va 12 oy muddat tugagandan keyin kredit saldo yopilmagan bo'lsa muddati o'tgan hisoblanadi
Lombard krediti kredit shartnomasida ko'rsatilgan muddatda qaytarilmagan bo'lsa, muddati o'tgan hisob raqamiga o'tkaziladi. Kredit shartnomasida imtiyozli davr o'rnatilgan bo'lsa, “Garov to'g'risida” gi qonunga muvofiq garov predmetini muomaladan olib qo'yishga ruxsat berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |