Qarzdorning huquq va majburiyatlari Qarzdorning huquqlari: Ushbu shartnomada ko'rsatilgan shartlar asosida belgilangan muddatda va summada kredit oladi;
Qo'shimcha kelishuv rasmiylashtirish orqali kredit shartnomasidagi muddatni o'zaytiradi, unga tegishli o'zgartirish kiritadi yoki bekor qiladi;
“QARZDOR” kredit uchun hisoblangan foizlarni nakd pul yoki nakd pulsiz hisob-kitob shaklida to'lashi mumkin.
Bank depozitiga mablag' kuyganligi uchun kompensasiya olish. Qarzdorning majburiyatlari: Kreditni ushbu shartnomada ko'rsatilgan maqsadlar uchun yunaltiradi bunda kreditlarni qaytarib berish, to'lash, muddatlilik, maqsadli foydalanish va qaytarishning kafolatlanganligi kabi kreditlashning asosiy tamoyillariga to'liq rioya qiladi.
Olingan kreditni ushbu shartnomada, Biznes rejada qayd etilgan maqsadlarda ishlatilishini ta'minlaydi, hamda talab qilingan vaqtda (har oyda yoki har chorakda) kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan barcha hujjatlarni “Bank” ka taqdim etib boradi.
“Qarzdor” “Bank” tomonidan ajratilgan kreditni taqdim etilgan muddatli majburiyatnoma(lar)ga yoki kreditni qaytarish jadvaliga va kredit shartnomasi shartlarida belgilangan muddatlarga muvofiq qaytaradi.
“Qarzdor” kreditdan foydalanganligi uchun bankka yillik foiz miqdorida
ustama xaqi to'laydi. “Qarzdor” kredit uchun hisoblangan foizlarni mazkur shartnomada belgilangan shartlar asosida to'laydi.
Kalendar yili oxirida kontokorrent hisob raqamining kredit qoldig'ini ta'minlash.
Foizlar alohida tartibda debet koldigi bo'yicha har oyda
foiz miqdorida to'lanadi. Kreditdan ko'zlangan maqsadda foydalanilmaganligi aniqlangan hollarda berilgan kredit summasining 25 foizi miqdorida Bankka jarima to'lash.
102
Kreditni to'lay olmaslik xataridan qochish maqsadida “Bank” ka quyidagi ta'minotni taqdim etadi:
(kafillik summasi, kafillik beruvchining nomi va kafillik beruvchiga xizmat
ko'rsatuvchi bankning nomi ko'rsatiladi)
-sug'urta idoralarining sug'urta polisi
(sug'urta polisining summasi, sanasi. raqami va sug'urta polisi bergan sug'urta
idorasining nomi ko'rsatiladi)
Bunday xolatda “Bank” tomonidan garovga olinayotgan moddiy qiymatliklarni (qimmatbaho qogozlardan tashqari) sug'urta idoralaridan sug'urta qildiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda notarial tasdiqlatadi. “Bank” ka davlat solik xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan so'nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari yoyilmasi hamda 90 kundan oshib ketgan qarzdorliklari uchun solishtirma dalolatnoma (1 va 2a shakllar), foyda va zararlar haqidagi hisobot (2- shakl)ni taqdim etadi;
a) “Bank” xodimiga berilgan kreditdan maqsadli foydalanilganligi to'g'risida tekshiruv o'tkazish uchun zarur buxgalterlik hujjatlarini taqdim etadi;
103
b) garovga qo'yilgan mol-mulklarni holatini tekshirish bo'yicha imkoniyat yaratib beradi.
v) Monitoring jarayonida garovga olingan vositalarning narxi bozorda garovga olintgan davrga nisbatan pasayganda va yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlaganda, qo'shimcha ta'minot turlarini taqdim etishga majburdir. Shartnomani bekor qilish vaziyati yuzaga kelgan taqdirda “Bank” kreditini va ular bo'yicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytaradi.
Mazkur shartnomaga muvofiq ajratilgan kreditlash limitining foydalanilmagan summasi uchun Bankka__foiz miqdorida vositachilik xaqini to'lash.
Korxonani moliyaviy ahvoliga ta'sir ko'rsatuvchi tashkiliy-huquqiy shakli yoki qayta tashkil etish kabi o'zgarishlar amalga oshirilmokchi bo'lsa, bu haqda oldindan “Bank”ni xabardor qiladi. Qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda shartnomada ko'rsatilgan muddatdan qat'iy nazar zudlik bilan kredit va hisoblangan foiz to'lovlarini to'liq mikdorda to'laydi.
O'zining yuridik manzili o'zgarganda, qayta tashkil etilganda yoki faoliyati tugatilganda “Bank” ka 10 kun muddat ichida xabar beradi.