MAVZU:KREATIVLIK TUSHNCHASINING PEDAGOGIK MAZMUNI
Reja:
1. KREATIVLIK - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
2. KREATIVLIKNING KONTSEPTUAL` ANALIZI
1. KREATIVLIK - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
O`zbekistonning milliy taraqqiyotga qaratilgan bosh g`oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot barpo etishdir. Binobarin, ozod va obod davlatning fuqarolari komillik sari intilib yashash maqsadini o`z oldiga qo`yadi. Yurtboshimiz I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch” asarida O`zbekiston taraqqiyotining ma`naviy-axloqiy va kasbiy asoslari to`g`risida fikr yuritib, istiqlol sharoitida talaba- yoshlarning bilim asoslarini puxta egallashlari bilan birga mustaqil fikrga ega bo`lgan, g`oyaviy, mafkuraviy jihatdan chiniqqan, kasbiy mahoratini mustaqil vatanimizning ravnaqi yo`lida fidokorona safarbar eta oladigan ruhda tarbiyalash lozimligini dolzarb vazifa qilib qo`ydi. Har qanday jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi o`sha jamiyat fuqarolarining ma`naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati darajasiga bog`liq. Shunday ekan, ma`naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan to`laqonli shakllanmagan shaxsda o`z vatani, millati, egallagan kasb-kori bilan faxrlanish tuyg`usi sayoz bo`ladi. Bu holat O`zbekistonning bozor munosabatlariga xos shartsharoitlarida yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Bu borada Prezident I.A.Karimov “Ma`naviyat tarbiyaning eng ta`sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo`ylik, xaqsevarlikka o`rgatish kerak bo`ladi. Aslini olganda, axloq ma`naviyatning o`zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq-bu avvalo insof va adolat tuyg`usi, imon, halollik...”¹ ekanligini alohida uqtirib o`tgan. Ushbu metodologik fikr va tadqiqot ishlanmalarimizdan kelib chiqib, shuni aytish lozimki, agar o`quvchi o`quv - biluv va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, tarbiyachi - o`qituvchi tomonidan qo`yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. O`quvchining majburiyati qiziqish asosida bo`lmay, balki majburiy, sun`iy va lozim bo`lsa tazyiq ostida sodir bo`ladi. O`quvchi darslik mazmunidagi mavzularni shunchaki ko`r-ko`rona “o`rganish”ga yoki ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo`ladi. “O`qituvchi-o`quvchi ” va 9 “Tarbiyachi-tarbiyalanuvchi” munosabati “sub`ekt-sub`ekt” munosabatlar darajasiga ko`tarilmas ekan, o`quvchida tarbiya jarayoniga va bilim, ko`nikma, malakalarini egallashga nisbatan befarqlik vujudga keladi. Olib borayotgan izlanishlarimiz o`quvchining shaxsiy, sub`ektiv tafakkuri rivojiga asoslangan mustaqil fikrini shakllantirish uchun tarbiyachining kasbiy faoliyatini texnologiyalashtirish, pedagogika fanida yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ta`kidlaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida barkamol shaxs tarbiyasi, uning ma`naviy-axloqiy asoslari, ta`lim-tarbiyaning birligi va uning milliy hamda umuminsoniy mohiyati, mustaqillik yillarida milliy-ma`naviy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan amaliy harakatlar mazmuni atroflicha yoritilgan. Shu bilan bir qatorda o`z mustaqilligiga erishgan yurtimizda kelajak avlodlarimiz bo`lgan yoshlarga alohida e`tibor berilib, ularning har tomonlama rivojlangan komil shaxs hamda raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, 2014-yilni «Salog’lom bola yili» deb nomlanishining o`zi yoshlarga berilayotgan e`tibor, ularga samarali ta`lim va tarbiya berish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanligidan dalolat beradi. Yurtboshimiz I.A.Karimov o`zining «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch» asarida «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma`naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat`iyat va mas`uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`irilgan va ulardan oziqlangan ma`naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin», - deya yoshlarimizning komil shaxs sifatida shakllanishida ma`naviy tarbiyaning o`rnini alohida ta`kidlab o`tadi.1 Mamlakatimizda o`tkazilayotgan tub islohotlar ta`lim tizimini ham o`z ichiga olishi 1 Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma`naviyat.,-2008. 4-bet 10 tabiiy hol. Chunki bu tizim ijtimoiy sohaning muhim tarkibiy qismi bo`lishidan tashqari, uning o`zi ham islohotlar yo`nalishi va sur`atiga katta ta`sir o`tkazishi mumkin. Shunday ekan, O`zbekiston Respublikasi o`zining ta`lim sohasidagi taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. «Ta`lim to’g`rsida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi taraqqiyot yo`li hisoblanib, uning uzluksizligini ta`minlash davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir.Ushbu uzluksiz tizim mazmuni va mohiyatiga muvofiq har bir yosh avlod o`z vaqtini bekor o`tkazmasdan, bilim, taraqqiyot sari intilishi talab etiladi. Ayniqsa, bugungi kundagi axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi, O`zbekiston Respublikasining rivojlangan davlatlar qatorida taraqqiyot sari yuz tutishi bugungi kun o`quvchisi oldiga yangi talablarni qo`ymoqda. Endilikda u faqatgina maktab darslari materiallarini o`qib o`rganuvchi emas, balki o`zi ijodiy izlanib, yangi va yangi axborotlarni egallab, bilimlar cho’qqisiga yetishi hamda jahon arenasida boshqa rivojlangan davlat bolalari bilan to`la raqobatga kirisha oladigan shaxs sifatida shakllanishi talab etilmoqda. Bu esa pedagogika fani oldiga bolalarda bilim olish va insoniy fazilatlarni va madaniyat unsurlarini o`zlashtirish kabi muhim va dolzarb muammoni qo`ymoqda. O`quvchi-yoshlarni bilimdon va ma`nan etuk insonlar sifatida shakllantirishda ularning fanga, ta`lim olishga, bilim egallashga bo`lgan ichki psixologik yo`nalishni shakllantirishda pedagog-tarbiyachilarning tutgan o`rni alohida. Aynan o`qituvchi bolalar uchun andoza sifatida namoyon bo`ladi. Ayniqsa, boshlang`ich sinflarda birinchi muallim bolalar uchun ulug` zot sifatida gavdalanadi va bolalar uchun andoza bo`ladi. Shunday ekan, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativligi, xarakatchanlagi, bolalarni tushuna bilishi, kommunikativ va pertseptiv (bolani tushuna olish) qobiliyatlari bilan bir qatorda muhim axamiyat kasb etadi. Chunki boshlang`ich sinf o`quvchilarida harakatchanlik, qiziquvchanlik hamda bilishga bo`lgan ishtiyoq kuchli bo`lishi psixolog olimlar tomoniddan ilmiy jihatdan asoslangan. Faqatgina bunday qiziqish va ishtiyohlarni ijobiy tomonga yo`naltirish talab etiladi. Buning uchun esa boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan yanada ko`proq izlanishni, ijodkorlikni va novatorlikni talab etadi. 11 O`qituvchilarning kreativlik faoliyati masalasi pedagogika fanida qanday darajada o`rganilgan, shular orasida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik faoliyat yuritishi qanday darajada, ularning kreativlik faoliyatni darajalarga ajratish mumkinmi, masala pedagogika ilmida qanchalik darajada o`rganilgan?! - kabi haqli savollar tug`ilishi tabiiy. Ushbu savollarga javob topish uchun Biz magisrlik dissertatsiya ishimizni shu masalaga qaratdik va muammoni ilmiy jihatdan o`rganishni lozim deb topdik. Demak, kreativlik – bu muhim ahamiyatga ega bo`lgan pedagogik muammo ekan, bu borada izlanishlar talab etiladi. Bu izlanishlarni biz ushbu bobning ikkinchi qismida alohida bayon etishni lozim deb topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |