Ko`zimizning eng yaxshi ko`rish masofasi nechaga teng?
Optik asboblarga misollar ayting.
Lupa deb nimaga aytiladi?
Lupaning kattalashtirish formulasini yozib bering.
Lupa buyumlarni necha marta kattalashtirib ko`rsatadi?
Fotoapparat deb nimaga aytiladi?
Fotoapparatning asosiy qismlari nimadan iborat?
Mikroskop deb nimaga aytiladi?
Mikroskop yordamida ko`z ilg`amaydigan mayda obektlarni necha marta kattalashtirib ko`rish mumkin?
Optik teleskoplar haqida nimalarni bilasiz?
Ko`zning tuzilishi
Ko`z sharining tashqi qobig`i sklera, uning shaffof old qismi shoh parda deyiladi. Sklera ichki tomondan tomirli qobiq bilan qoplangan. Tomirli qobiq qon tomirlaridan tashkil topgan.
Tomirli qobiqning old qismi kamalak qobiqqa tutashgan. Uning o`rtasida doirasimon teshik qorachiq mavjud. Tomirli qobiq ostida to`r parda bo`lib , u zich joylashgan nerv tolalarining uchlaridan iborat . Kamalak qobiq ortida shaffof jism- gavhar joylashgan bo`lib, unga tutashgan maxsus muskullar gavharning egrilik radiusini o`zgartirib turadi. Gavharning qarama-qarshi tomonidagi to`r parda sirti yorug`likka sezgir sariq modda bilan qoplangan. Shoh parda bilan gavhar oralig`i rangsiz suvsimon suyuqlik bilan to`lgan. Gavhar bilan to`r parda orasini yumshoq shishasimon jism tashkil etadi. Suvsimon suyuqlik va shishasimon jism orasida joylashgan gavharning nur sindirish ko`rsatkichi 1,5 ga teng. Gavhar ikkiyoqlama qavariq linza vazifasini bajaradi.
Ko`rish
Buyumga qaraganda undan kelayotgan nur ko`zga tushadi va to`r pardada buyumning haqiqiy, kichiklashgan va to`nkarilgan tasviri hosil bo`ladi. To`r pardadagi nerv tolalari buyumning shakli va rangi haqida informatsiyani miyaga uzatadi. Shu tariqa odam mazkur buyumning shakli va rangini sezadi.
Atrofimizdagi buyumlar odam ko`zidan turli masofada joylashgan bo`lsada, to`r pardada aniq tasvir hosil bo`laveradi. Bunga sabab , ko`z gavharining egrilik radiusi, binobarin, fokus masofasining o`zgaruvchanligidir.
Ikki ko`z bilan ko`rishda buyumning tasviri ikkala ko`zda bir xil hosil bo`ladi. Agar barmog`imizni tik holatda burnimiz qarshisida tutib tursak u ikkilanib ko`rinadi. Lekin barmog`imiz 15-20 sm uzoqlikka borganida bu ikkilanish yo`qoladi. Shu masofadan boshlab ko`zlarimiz ko`rishda bir-biriga yordam beradi. Bir ko`z bilan fazoning uch o`lchovlogini, buyumlarning uzoq yaqinligini, yo`lning o`nqir-chuqurligini sezish qiyin. Bunda ikki ko`z bilan ko`rish yordam beradi.
Ko`rishdagi defektlar. Ko`zoynak
Me`yorda ko`ruvchi odam ko`zida buyum tasviri to`r pardada hosil bo`ladi. Ayrim odamlar uzoqni yomon ko`radi. Bunday odamlar ko`zida uzoqdagi buyum tasviri to`r pardadan beriroqda hosil bo`ladi va buyumlar chaplashibroq ko`rinadi. Bunday ko`z yaqindan ko`rarlik deyiladi.
Yaqindan ko`rarlik ko`zlarda gavharning fokus masofasi me`yordan kam ya`ni optik kuchi kattaqoq bo`ladi. Ko`rishni yaxshilash uchun botiq linzali ko`zoynakdan foydalaniladi. Ko`zoynakdagi optik kuchi manfiy bo`lganbunday linza tasvirni to`r parda tomon surib . Bunday ko`koynak yordamida buyumniyaxshi ko`rish mumkin.
Ba`zilar , ayniqsa katta yoshdagi odamlar o`qish va yozishda qiynalishadi. Bunday odam ko`zida buyum tasviri to`r pardadan nariroqda hosil bo`ladi.va chaplashibroq ko`rinadi. Bunday ko`z uzoqdan ko`rarlik deyiladi.
Uzoqdan ko`rarlik ko`zlarda fokus masofasi meyordan katta ya`ni optik kuchi kichikroq bo`ladi. Ko`rishni yaxshilash uchun qavariq linzali ko`zoynakdan fodalaniladi. Ko`zoynakdagi optik kuchi musbat bo`lgan linza tasvirnito` parda tomon surib beradi. Natijada bunday ko`zoynak yordamida odam buyumni me`yordagi ko`z kabi yaxshi ko`radi.
Mustahkamlash
1.Yaqinni yaxshi ko`rish uchun taqiladigan +4 li ko`zoynak linzasi qavariqmi yoki botiq? Linzaning optik kuchi va fokus masofasi qancha?
2. Uzoqni yaxshi ko`rish uchun taqiladigan -2,5 li ko`zoynak linzasi qavariqmi yoki botiq? Linzaning optik kuchi va fokus masofasi qancha?
3.Fokus masofasi 20 sm bo`lgan qavariq linzali ko`zoynakning optik kuchi qancha bo`ladi? Bunday ko`zoynak qanday maqsadda taqiladi?
4.Fokus masofasi 50 sm bo`lgan botiq linzali ko`zoynakning optik kuchi qancha bo`ladi? Bunday ko`zoynak qanday maqsadda taqiladi?