Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo’la olmaydigan ma’lumotlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. Bularga yuridik shaxslar to’g’risidagi, molmulkka bo’lgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan kelishuvlar to’g’risidagi ma’lumotlar, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan ko’rsatkich kabi axborotlar kiradi.
Oshkor etilmaydigan axborotlaming ayrimlari vaqtincha bo’lishi mumkin. Bunday holda vaqt tugagach, u oshkor bo’lishi mumkin va u qonun bilan muhofaza qilinmaydi. Vaqt tugagach, u ham oddiy axborotlar singari hammaga foydalanish huquqini cheklamaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi bo’lmay turib olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga qonunan ega bo’lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida yetkazilgan zarami toMashi shart.
Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxs bu axborotni uni tarqatish huquqi bo’lmagan shaxsdan olgan bo’lsa, axborotni qo’lga kirituvchi shaxs bundan bexabar bo’lsa ham, axborot egasi bunday shaxsga davo qilishi mumkin. Oshkor etilmagan axborotdan foydalanganlik natijasida axborot muallifiga yetkazilgan zararlarni, axborotni ko’lga kiritgan shaxs bundan bexabar bo’lsa ham, qoplashga majbur.
Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega bo’lib turgan shaxs bu axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxsdan axborotdan foydalanishni darhol to’xtatishni talab qilishga haqlidir. Agar oshkor etilmagan axborotni boshqa bir kishi mustaqil tarzda tadqiqot yo’li bilan aniqlagan bo’lsa, bunday axborotdan tadqiqotchi bemalol foydalanishi mumkin.
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga o’tish ham mumkin. Bu oshkor etilmagan axborotga ega bo’lgan shaxsning ushbu axborotning hammasini yoki bir qismini boshqa shaxsga litsenziya shartnomasi asosida berishi mumkinligida namoyon bo’ladi. Ammo litsenziat ushbu axborotdan faqat o’zi foydalanishga haqli. U shartnoma bo’yicha olgan axborotlarning maxfiyligini muhofaza qilishga doir kerakli choralarni ko’rishi shart. Agar litsenziyaning vaqti tugab, litsenziat bu axborotdan foydalanishni to’xtatsa ham, ushbu axborot hali maxfiy bo’lib, uni oshkora qilish mumkin bo’lmasa, litsenziatning uni oshkora qilishga haqi bo’lmaydi.
Korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun uning sirini, ayniqsa, tijorat sirini saqlashni taqozo qiladi. Bu simi saqlash esa mamlakatimizda tegishli qonunlar bilan kafolatlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |