32- Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
Yillik moliyaviy hisobotlar qanday shakllarda taqdim etiladi?
Buxgalteriya balansi tuzilguniga qadar hisobot davri oxiridagi analitik hisoblar bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar qaysi hujjatdagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi?
Buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi II bo‘lim bo‘yicha jamida qaysi satrlar summasi jamlanadi?
4. Amaliy topshiriq.
Korxonada 01.01.2020 yil holatiga mol-mulk va uning manbalarining quyidagi turlari mavjud: uskunalar boshlang‘ich qiymati bo‘yicha – 300 ming so‘m, ularning eskirishi – 90 ming so‘m, materiallar – 60 ming so‘m, tayyor mahsulot qoldiqlari – 84 ming so‘m, yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun xaridorlar qarzi – 70 ming so‘m, olingan materiallar uchun yetkazib beruvchilarga qarzlar – 102 ming so‘m.
Korxonaning hisob-kitob schyotida 246 ming so‘m bor, ish haqi bo‘yicha qarzlar – 120 ming so‘m, ijtimoiy sug‘urta idoralaridan qarzlar – 36 ming so‘m, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari – 36 ming so‘m. korxonning ustav kapitali 290 ming so‘m miqdorida shakllantirilgan. Bankdan qisqa muddatli ssuda bo‘yicha qarz mavjud – 72 ming so‘m. korxonaning foydasi 86 ming so‘mni tashkil etgan.
Ana shu ma’lumotlar asosida dastlabki balansni tuzing.
Qisqartirilgan balans shakli.
Hisob-varaq
|
Aktiv
|
Summa
|
Hisob-varaq
|
Passiv
|
summa
|
0130
|
Mashina va asbob uskunalar
|
330000
|
8330
|
Pay va ulushlar
|
290000
|
0230
|
Mashina va asbob uskunalarning eskirishi
|
90000
|
6810
|
Qisqa muddatli bank kreditlari
|
72000
|
0100
|
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
|
210000
|
6010
|
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar
|
102000
|
1010
|
Xom ashy ova mate-riallar
|
60000
|
2010
|
Asosiy ishlab chiqarish
|
36000
|
6710
|
Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisobla-shishlar
|
120000
|
2810
|
Ombordagi tayyor mahsulot
|
84000
|
6520
|
Maqsadli davlat jamg‘ar-malariga to‘lovlar
|
36000
|
5110
|
Hisob-kitob schyoti
|
246000
|
4010
|
Xaridorlar va buyurt-machilardan olinadi-gan xisobvaraqlar
|
70000
|
8710
|
Taqsimlanmagan foyda
|
86000
|
|
Balans
|
706 000
|
|
Balans
|
706 000
|
5. Amaliy topshiriq.
Xo‘jalik jarayonlariga buxgalteriya provodkalari bering.
Yetkazib beruvchilardan 3 000 000 so‘mlik materiallar olindi. Hali hisob-kitob bo‘yicha to‘lov amalga oshirilmagan.
Hisob-kitob schyotidan ish haqi berish uchun kassaga pul olindi – 12000 000 so‘m,
Kassadan ish haqi berildi – 12 000 000 so‘m,
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ombordan materiallar berildi – 2 400 000 so‘m,
Ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi hisoblandi – 15 000 000 so‘m,
Ijtimoiy sug‘urta idoralariga ish haqidan ajratmalar hisoblandi – 6 000 000 so‘m,
Ish haqidan daromad solig‘i ushlandi – 1 800 000 so‘m,
Hisob-kitob schyotidan mahsulot yetkazib beruvchilarga qarzni to‘lash uchun pul o‘tkazildi – 4 200 000 so‘m,
Hisob-kitob schyotiga xaridorlardan o‘tgan oyda yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun pul kelib tushdi – 3 700 000 so‘m,
Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot omborga qabul qilindi – 9 500 000 so‘m,
Hisob-kitob schyotidan bankning qisqa muddatli ssudasi qaytarildi – 5 000 000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |