Hisobvaraqlar rejasi – buxgalteriya hisobi bo‘yicha hisobvaraqlarning ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir tizimga solingan ro‘yxatidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan 21-son BHMA sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Hisobvaraqlar rejasining dastlabki 1-8-bo‘limlarida doimiy yoki balans hisobvaraqlari, 9-bo‘limda esa tranzit yoki vaqtinchalik hisobvaraqlar joylashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |