Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Download 2,18 Mb.
bet38/99
Sana15.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#119376
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99
Bog'liq
Amaliyot mavzular

13 -Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Qanday faoliyat yordamida boshqarishni takomillashtirish asoslari ishlab chiqiladi?

  2. Nimalar orqali xo‘jalikni boshqarish uchun asos yaratiladi?

  3. Operativ (теzkor) hisob nima?

  4. Operativ hisobda qanday o’lchovlaridan foydalaniladi?

  5. Operativ hisobotning ko’rsatkichlari nima uchun xizmat qiladi?


14-Mavzu: Tabel hisobini yuritish tartibi bilan tanishish.

Xodimlarning ishga kelishi va sarflanishi ish vaqtini to‘g‘ri hisobga olish, mehnat intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ish kunining necha soat davom etishi korxona ma’muriyati tomonidan kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, brigada, sex xodimlarining nomma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.

Sarflangan vaqt hisobi tabel asosida yuritiladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat haqi bo‘yicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarda ko‘rsatib boriladi.

Hisob davri boshlanishi oldidan o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ismi sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtining sarflanishi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar «T», kasallik varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayotganlar «K» harfi va hokazolar bilan belgilanadi.

"Oy kunlari bo‘yicha ishda bo‘lish va bo‘lmaslik to‘g‘risida belgilar" bo‘limida har bir kun uchun ish vaqtidan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar: birinchi satrida - ish vaqti xarajatlari turi, ikkinchi satrida - ular bo‘yicha soatlar miqdori aks ettiriladi. Ishlangan kunlar va soatlarning umumiy yig‘indisi 37-42 -ustunlarda ko‘rsatiladi. To‘ldirilgan tabel korxona tabelchi, tarkibiy bo‘lim rahbari va kadrlar xizmati xodimi tomonidan imzolanadi.

Buxgalter amalda ishlab berilgan vaqt, uzrli va uzrsiz sabablarga ko‘ra ishga kelmasliklarni hisobga olgan holda, har bir alohida xodim bo‘yicha ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tabeldagi qolgan ustunlarni to‘ldiradi. Har bir ishlab berilgan yoki ishlab berilmagan vaqt uchun to‘lovlarning turi uchun alohida ustun ajratiladi. Ushbu ustunda to‘lov nomi va (yoki) kodi, ushbu xarajatlar olib boriladigan debet hisobvaraq, ish vaqtidan foydalanishning ushbu turi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan kunlar va soatlar ko‘rsatiladi.

Ko‘rsatilgan ma’lumotlar xodimga shaxsiy hisobvarag‘ida ish haqi yoki hisob-kitob to‘lov qaydnomasini hisoblash uchun asos bo‘ladi.


Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki usulda amalga oshiriladi:

  1. Barcha ishga chiqqan, kechikkan, biror sababga ko‘ra ishga chiqmaganlar to‘liq ro‘yxatga olib boriladi.

  2. Tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxatga olinadi.

Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel bo‘lim yoki sex boshlig‘i tomonidan imzolanadi, so‘ngra tabelchi tomonidan buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi.

Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:



  • Ishbay ishlash uchun naryadlar;

  • Raportlar;

  • Marshrut varaqalari;

  • O‘aydnomalar;

  • Bichish kartalari va hokazo.

Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi naryaddir. Ko‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig‘iga alohida yoziladi. Topshiriqlar sexning reja-dispetcher byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.

Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari sexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirig‘i sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat qilinadi.

Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo‘nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni sexga jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo‘natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi.





       


Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish