1. Asosiy (operatsion) faoliyat bo‘yicha. Bu bo‘limda bajarilgan qurilish ishlari, sotilgan tayyor mahsulot uchun tushumlar, tovar-moddiy boyliklar, ish va xizmatlar uchun ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan to‘lovlar, xodimlar nomidan to‘langan daromad solig‘i va boshqa to‘lovlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek asosiy faoliyatga doir boshqa turdagi to‘langan pul mablag‘lari mos ravishda kirim va chiqim ustunchalarida (010-050 satrlar) aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi asosiy faoliyatga doir pul mablag‘larining kirim va chiqimi ma’lumotnomaning 261, 262, 264, 271, 273-ustunchalarida ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |