Passiv hisobvaraqlar majburiyatlar va sarmoyaning oshishini aks ettirish uchun mo‘ljallangan, faqatgina kredit saldosiga ega bo‘ladi, majburiyatlar va sarmoya oshishi mazkur hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
Kontrar hisobvaraqlar – moliyaviy hisobotda aktivlar yoki majburiyatlarning sof qiymatini aks ettirish uchun saldolari ularga bog‘liq bo‘lgan asosiy hisobvaraqlar saldosidan chegiriladigan hisobvaraqlardir.
Kontraktiv hisobvaraqlar saldosi hisobotda ularning sof (balans) qiymatini aks ettirish uchun asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatidan chegiriladigan asosiy vositalarning eskirishi misol bo‘ladi. Asosiy vositalarning eskirishi hisobvaraqlari balansda ularning boshlang‘ich qiymatini kamaytirib ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |