Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu: Ustav fondining tarkibi, uning tashkil topish tartibi va o‘zgarishini hisobga olishni o‘rganish



Download 2,18 Mb.
bet84/99
Sana15.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#119376
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99
Bog'liq
Amaliyot mavzular

30-Mavzu: Ustav fondining tarkibi, uning tashkil topish tartibi va o‘zgarishini hisobga olishni o‘rganish.

Ustav kapitalining holati va harakati passiv 8300- “Ustav kapitali” (fondi) schyotida hisobga olinadi va quyidagi hisobvaraqlardan iborat:

8310-«Oddiy aksiyalar»

8320-«Imtiyozli aksiyalar»

8330-«Pay va qo‘yilmalar».

Ushbu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari ustav fondining, aksionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi.

Aksiyadorlik sarmoyasi ro‘yxatga olingan hajmda, biroq hali tugallanmagan emissiya sifatida hisobda aks ettirilar ekan, e’lon qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan), joylashtirilgan (ularga aksiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga muvofiq qo‘shimcha joylashtirilgan oddiy aksiyalarning analitik hisobini yuritish lozim.

Misol. «Bobur» AJ ustavida 10 000 so‘mlik nominal qiymatga ega bo‘lgan 20000 dona oddiy aksiyalar chiqarishga ruxsat etilgan.

E’lon qilingan aksiyadorlik kapitaliga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-200 000 000 so‘m

K-t 8310-«Oddiy aksiyalar»-200 000 000 so‘m.

Keyin AJ nominal qiymati bo‘yicha AJ a’zolariga 10 000 dona aksiya sotadi, deb faraz qilaylik:

D-t 5110, 5010-«Pul mablag‘lari»-100 000 000 so‘m

K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-100 000 000 so‘m.

Ma’lum vaqt o‘tgach, AJ qolgan 10 000 dona aksiyani har bir aksiya uchun 12 000 so‘m evaziga boshqa investorga sotadi. Aksiyalarning sotish va nominal qiymatlari orasidagi farq-2000 so‘mni tashkil etadi va bu farq 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘ida aks ettiriladi:

D-t 5110, 5010-«Pul mablag‘lari»-120 000 000 so‘m

K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-100 000 000 so‘m

K-t 8410-«Emission daromad»-20 000 000 so‘m.

Aksiyalarga to‘lovlar aktivlarni berish yo‘li bilan ham uzilishi mumkin.

Misol. Ta’sischi aksiya qiymati evaziga avval foydalanishda bo‘lgan transport vositasini ustav kapitaliga hissa tariqasida kiritdi. Ushbu transport vositasi avval xizmat qilganligi tufayli uning bozor bahosini aniqlash qiyin bo‘ldi. Ta’sischilar o‘zaro kelishib, aksiyadorga ushbu transport vositasi uchun 1000 ta oddiy aksiya berishdi, aksiyalarning nominal qiymati 20 000 so‘m, bozor qiymati 25 000 so‘m.

Mazkur holatda AJ hisobidagi transport vositasining qiymati – 25 000 000 so‘m (25 000 *1000) bo‘ladi.

AJ mol-mulkidagi aksiyador ulushi – 20 000*1000=20 000 000 so‘m, aksiyalarning bozor va nominal qiymatlari orasidagi 5 000 000 (25 000 000-20 000 000) so‘mlik farq emission daromadni tashkil qiladi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 0160-«Transport vositalari»-25 000 000 so‘m

K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-20 000 000 so‘m

K-t 8410-«Emission daromad»-5 000 000 so‘m.

Aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan AJ ustav kapitalini oshirish, aksiyalar nominal qiymatini kamaytirish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish, shu jumladan, aksiyalarning ma’lum qismini so‘ndirish yo‘li bilan jamiyatning o‘zi sotib olishi orqali ustav kapitalini qisqartirish amalga oshiriladi.

8610-hisobvaraqda sotib olingan xususiy aksiyalar ustav kapitali hisobvarag‘iga nisbatan kontrpassiv hisoblanadi va u AJning kapitalini kamaytiradi va shu sababli balansda ustav sarmoyasidan chegiriladi. AJ quyidagi sabablarga ko‘ra o‘z aksiyalarini qayta sotib olishi mumkin:


  • aksiyalar kursini maqbul darajada ushlab turish uchun;

  • har bir qolgan aksiyaga dividendlarni oshirish uchun;

  • o‘z xodimlari orasida aksiyalarni tarqatish yoki qolgan aksiyalar nominal qiymatini oshirish uchun;

  • boshqa firmalar tomonidan nazorat o‘rnatish uchun aksiyalarning sotib olinishini bartaraf etish maqsadida.

Xususiy aksiyalar sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi:

D-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar»

K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

Aksiyadorlar qaroriga ko‘ra ustav kapitali hajmini sotib olingan aksiyalar nominal qiymati summasiga ularni yo‘q qilish yo‘li bilan kamaytirish mumkin:

D-t 8310-«Oddiy aksiyalar»

K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar».

Davlat korxonalarining ustav fondining hajmi uning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilangan mol-mulk summasiga mos keladi. Mazkur miqdor ta’sis hujjatlarida qayd qilingan miqdorga muvofiq bo‘lishi lozim.

Davlat korxonasi ustav fondini shakllantirish bo‘yicha provodka quyidagicha bo‘ladi:

D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar»

D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»

D-t 5010, 5110-«Pul mablag‘lari»

K-t 8330-«Paylar va ulushlar».

Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga qo‘yilmalar ustav kapitalidagi ishtirokchilarning ulushini tashkil qiladi.

Ta’sischilarning qaroriga muvofiq ustav kapitali miqdori oshishi mumkin. Ustav kapitalining oshirilishi ta’sischilarning qo‘shimcha qo‘yilmalari hisobiga yoki taqsimlangan foydadan ajratma qilish hisobiga bo‘lishi mumkin.

Ba’zi hollarda MChJga yangi muassis kelib qo‘shlishi mumkin. Bu quyidagi yo‘llar orqali yuzaga keladi:


  • ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo‘li bilan;

  • qo‘shimcha sarmoya kiritish yo‘li bilan.

Biroq har ikkala holatda ham yangi muassisning kelib qo‘shilishi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi lozim.

Birinchi holatda sarmoya sotib olingan ulushi oldingi muassis sarmoyasi hisobvarag‘idan yangisinikiga o‘tkaziladi.

Misol. Karimov o‘zining 10 000 000 so‘mlik miqdordagi ulushini Ergashevga sotdi:

D-t 8330-«Ustav kapitali Karimov qo‘yilmasi»-10 000 000 so‘m

K-t 8330-«Ustav kapitali Ergashev qo‘yilmasi»-10 000 000 so‘m.

Ikkinchi holatda yangi muassis mavjud sarmoyaga qo‘shimcha sifatida ustav kapitaliga o‘z ulushini qo‘shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati o‘zgaradi.

Misol. 50 000 000 so‘m miqdorida ro‘yxatga olingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan va muassislari ulushi: Karimovniki-60%, Jo‘rayevniki 40% bo‘lgan «Bobur» MChJ yangi a’zo Hasanov B.ni jalb etish hisobiga o‘z ustav kapitalini 60 000 000 so‘mgacha oshirishga qaror qildi. Mazkur holatda ulushlar nisbati o‘zgaradi va quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Karimov-50% (30 000 000/60 000 000);

Jo‘rayev-33,3% (20 000 000/60 000 000);

Hasanov-16,7% (10 000 000/60 000 000).

MChJ ustav kapitali miqdorining ko‘payishi taqsimlanmagan foyda hisobidan ham bo‘lishi mumkin. Bu holatda quyidagicha yozuv qilinadi:

D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»

K-t 8330-«Paylar va ulushlar».

MChJda muassis jamiyat tarkibidan chiqishga hamda o‘z ulushini olishga qaror qilganda quyidagi provodkalar beriladi:

D-t 8330-«Paylar va ulushlar»

K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar».

Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MChJ ma’lum jamg‘arilgan foydaga ega bo‘lsa, u holda ta’sis hujjatlariga belgilangan nisbatga muvofiq muassislarning unga ham haqqi bor.

D-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda»

K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar».

Muassis chiqib ketayotganida olgan jamg‘arilgan foyda summasidan olgan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘ini to‘lashi lozim.

Muassis ustav sarmoyasidan o‘z ulushini olib chiqib ketayotganida hech qanday chegirma va ajratmalarsiz ham olib chiqib ketishi mumkin.

Muassis chiqib ketayotganida uning qarzining so‘ndirilishiga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar»

K-t 5010, 5110-«Pul mablag‘lari».




Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish