Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Hisobot davri davomida omborga tayyor mahsulotning kelib tushishiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
Xaridorlarga tayyor mahsulot yuklab jo‘natilganligiga buxgalteriya provodkalarini tuzish.
22-Mavzu: Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobning to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazorat tizimi bilan tanishish. (saldo usuli)
Korxonalarda tayyor mahsulot hisobi vazifalarini aniq tashkil qilish maqsadida ular omborda va buxgalteriyada hisobga olib boriladi.
Pirovard, iste’molga yaroqli bo‘lgan mahsulot texnik nazorat bo‘limi tomonidan tekshirilgandan so‘ng omborga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga qabul qilishda topshirish nakladnoyi yoki mahsulot topshirish vedomostida rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi sex, topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning soni, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. O‘abul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulot topshirish vedomostini yuritadi. Bajarilgan ish yoki xizmatlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqlarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulot harakati bilan bog‘liq operatsiyalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usulida tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (№ M-17-shakl). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq ombor xodimi hujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish nakladnoyi, buyruq-nakladnoy, tovar-transport nakladnoyi).
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Mahsulot kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilganidan keyin buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»
2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot»
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot».
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korxonaning omborida mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa hisobvaraqlarning krediti bilan korrespondensiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnoma to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib ular quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |