1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita o‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig‘ib-taqsimlovchi hisobvaraqlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyatsiya qilishda, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan qo‘shiladigan xarajatlarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |