O‘rtacha daromad va xodimlarning o‘rtacha ish haqiga mehnatga haq to‘lash foizi tarkibiga kiritilgan jami to'lovlar kiradi. O‘rtacha ish haqiga ish haqi to'lovlari va rag'batlantirishdan tashqari ish natijalari bo'yicha rag'batlantirish hamda muhim ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarganlik uchun rag'batlantirish kiradi. Korxona xodimlari o‘rtacha daromadi deganda o'rtacha ish haqi kiritiladigan summalardan tashqari yana moddiy yordam, mehnat faxriylari, nafaqa, talabalar stipendiyasi, davolanish uchun beriladigan yo‘llanmalar qiymati, aksiyalar uchun olinadigan daromadlar va boshqalar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning tarkib tonishi to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga muvofiq ishlab chiqarish harakatidagi mehnatga haq to‘lash xarajatlarining moddalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |