Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Download 2,18 Mb.
bet35/99
Sana15.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#119376
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
Amaliyot mavzular

11 -Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Korxona omborida materiallarni hisobga olishning to‘g‘ri tashkil qilinishi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?

  2. Buxgalteriyada yuritiladigan materiallar hisobi qanday boshlang‘ich hujjatlar malumotlariga asoslanadi?

  3. Amaliy topshiriq:

Traktor zavodining omborida 2020-yil aprel oyining boshiga mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

Materiallar nomi

Nomenklatura raqami

O‘lchov birligi

Miqdori

Narxi

Summa

Akkumulator

00201

Dona

6

826 000

4 956 000

Rele

00202

Dona

24

94 700

2 272 800

Porshen

00203

Dona

18

302 500

5 445 000

Jami:

X

X

X

X

12 673 800

Traktor zavodining omborida 2020-yil aprel oyida amalga oshirilgan muomalalar:

t/r

Hujjat nomi

Muomalalar mazmuni

Summa

D-t

K-t

25

Kirim orderi, dalolatnoma

Akkumulator ishlab chiqarish zavodidan omborga akummulator keltirildi, 4 dona * 826 000

3 304 000

1010

6010

26

Kirim orderi, dalolatnoma

Omborga quyidagi materiallar olib kelindi:

  1. Rele 10 dona * 94 700

  2. Porshen 12 dona * 302 500

947 000


3 630 000

1010


1010

6010


6010

38

Yuk xati, limit zabor kartasi

Ombordan ishlab chiqarishga quyidagi materiallar berildi:

  1. Akkumulator 4 dona*826 000

  2. Rele 10 dona * 94 700

  3. Porshen 12 dona * 302 500

3 304 000

947 000

3 630 000



2010


2010

2010


1010


1010

1010


Quyidagilarni bajaring:

  1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.

  2. Sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha aylanma va qoldiqlarni aniqlang.

12-Mavzu: Materiallarning harakati yuzasidan 10 - qaydnomani yuritish tartibini, materiallarning analitik hisobi ma’lumotlarini sintetik hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash tartibini o‘rganish.

Boshlang‘ich hujjatlardagi materiallarga tegishli ma’lumotlar to‘lov vedomostiga ko‘chiriladi. Ushbu vedomost ma’lumotlari hisobot oyi oxirida har bir ombor bo‘icha aylanma vedomosti tuzishda asos bo‘lib hisoblanadi.

Hisob-kitobning jurnal order shaklida qabul qilingan materiallar va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar 6-jurnal orderda yuritiladi. Unda sintetik va tahliliy hisob bir-biri bilan bog‘langan holda olib boriladi.

Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib ketishi mumkin:



  • ishlab chiqarishga sarflanganida;

  • ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.

Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo)

K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».

Hisob-kitobning jurnal-order shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi bo‘yicha 10-jurnal-order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1-jurnal-orderga yoziladi.

Moddiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo‘lmagan materiallarning bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishi lozim. Agarda korxonada keraksiz yoki ortiqcha material borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga sotishi mumkin.

Masalan, korxonada haqiqiy qiymati 20000 so‘mlik ortiqcha material borligi aniqlandi va korxona uni 30000 so‘mga boshqa korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:



  • materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi.

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 20000 so‘m

K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 20000 so‘m.



  • materialning sotish qiymati aks ettirildi:

D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 30000 so‘m

K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so‘m.

O‘O‘S hisoblandi 4000 so‘m;

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»-4000 so‘m


K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 4000 so‘m.

  • ortiqcha materillarni sotishdan foyda olindi (30000-20000-4000)=6000 so‘m;

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 6000 so‘m

K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» - 6000 so‘m.

Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to‘g‘ri kelish-kelmasligi tekshiriladi.

Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko‘rib chiqish uchun qaytariladi.

Buxgalteriyada tekshirishdan o‘tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg‘aruv qaydnomasiga yozib qo‘yiladi.

Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish mumkin:

1010-«Xom-ashyo va materiallar»

1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar»

1030-«Yoqilg‘i»

1040-«Ehtiyot qismlar»

1050-«O‘urilish mollari»

1060-«Idish va idish materiallari»

1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»

1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari»

1090-«Boshqa materiallar».

Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi, kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot davri boshidagi materiallar qoldig‘ini aks ettiradi.

Mol yetkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»

K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».

O‘abul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki yetishmasligi aniqlansa, u holda materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»

K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».

Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchilar hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli material schyotlari debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i kreditlanadi.

Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».

K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»

K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».


Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish