To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffitsiyentining maxraji bo‘lgan ob’ektning xizmat muddati yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsiyentning suratida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |