Mavzu: korxonaning iqtisodiy salohiyati va uning oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Reja: kirish


Korxonaning iqtisodiy salohiyatiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va tahlil qilish



Download 471,14 Kb.
bet5/8
Sana18.04.2022
Hajmi471,14 Kb.
#560411
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5346174075137955806

Korxonaning iqtisodiy salohiyatiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va tahlil qilish.

Korxonalar moliyaviy holatining yildan-yilga barqarorlashib, investitsion jozibadorligining oshib borishi ham iqtisodiyotning etakchi tarmoqlariga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkonini bermoqda. Boshqaruv tizimida yuqori samaradorlikka erishish raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida korxonalar moliyaviy holatini, ularning faoliyati samaradorligini aniqlash va tahlil etish nafaqat xo‘jalik subyektlarining o‘ziga, shuningdek kreditorlar va investorlar uchun ham o‘ta muhim ahamiyatiga ega. Moliyaviy tahlilda korxonaning moliyaviy ahvolinigina oydinlashtirib berilmasdan, balki uning istiqbollarini ham ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, investitsiyalarni faol jalb etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib, hisoblab chiqish zarurdir. Milliy va jahon amaliyotida korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Bunday usullarga «o‘rinlar yig‘indisi», taksonometrik usul, ko‘rsatkichlar yig‘indisi usuli, ballar usuli, masofalar usuli va hokazolarni kiritish mumkin. Bu usullar korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining turli tomondan tahlil qilish hamda ularning raqobatchilar orasidagi o‘rnini belgilash imkoniniberadi. Investorlar uchun reytingi yuqori korxonalarni aniqlash imkoni tug‘iladi.

«O‘rinlar yig‘indisi» usulida reyting baholashning mohiyati shundaki, bunda baholanayotgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxonalarning egallagan o‘rinlarining yig‘indisi eng kichik bo‘lgan korxona eng yuqori reytingga ega bo‘ladi va aksincha. Buning mazmuni shundaki, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha birinchi o‘ringa intilgan sonlar yig‘indisi eng kichik son bo‘ladi hamda bu barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi pozitsiyadagi korxonaga tegishli bo‘ladi.

Etalon korxona Ze = (Z1e, Z2e, Z3e, Z4e) = (0,60; 0,56; -0,54;
0,53). Etalon Z matritsaning har bir qatoridagi eng yaxshi
ko‘rsatkichlardan tashkil topgan. Shuni ta’kidlash kerakki, etalon
sifatida joriy likvidlik koeffitsiyenti, sotish rentabelligi va mahsulot
sotishdan sof tushum ko‘rsatkichlari bo‘yicha qatordagi eng katta
miqdorlar olingan. Chunki bu ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi
barqaror moliyaviy holatni aks ettiradi. Aksincha, kun hisobida tovar
moddiy zaxiralar aylanuvchanligi ko‘rsatkichining eng kichik miqdori
aylanishning tezligidan dalolat beradi. Shuning uchun bu
ko‘rsatkichning eng kichik miqdori etalon sifatida olingan.
hisoblash asosida korxonalarning reyting ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz:
R1 = (0,18-0,60)2 + (-0,71-0,56)2 + (0,70-(-0,54))2 + (-0,57-0,53)2 = 4,56
R2 = (-0,25-0,60)2 + (0,0-0,56)2 + (0,1-(-0,54))2 + (0,29-0,53)2 = 1,49
R3 = (0,39-0,60)2 + (0,56-0,56)2 + (0,24-(-0,54))2 + (0,33-0,53)2 = 0,69
R4 = (-0,35-0,60)2 + (0,29-0,56)2 + (-0,17-(-0,54))2 + (0,53-0,53)2 = 1,12
R5 = (-0,53-0,60)2 + (-0,29-0,56)2 + (-0,54-(-0,54))2 + (-0,15-0,53)2 = 2,45
R6 = (0,60-0,60)2 + (0,14-0,56)2 + (-0,34-(-0,54))2 + (-0,42-0,53)2 = 1,13
Bunda, Z etalon korxona ko‘rsatkichlariga eng yaqin bo‘lgan, ya’ni
ko‘rsatkichlar tafovuti eng kichik korxona yuqori reytingga ega deb
baholanadi.
Demak, aniqlangan reyting ko‘rsatkichlari ichida eng kichik
qiymatga ega bo‘lgan korxona (3-korxona) 1-o‘rinda va, aksincha eng
katta qiymatga ega bo‘lgan korxona (1-korxona) reytingi eng past deb
baholash mumkin. Korxonalarning moliyaviy holati va investitsion
jozibadorligi bilan qiziquvchi subyektlarning axborotga bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq qondirish uchun yanada ko‘proq ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har bir axborotdan foydalanuvchining qiziqishidan kelib chiqib u yoki bu ko‘rsatkichlarni baholash asosida boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlarni qabul qilishga asos bo‘ladigan xulosalarga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda ularning tarmoq xususiyati, raqobatdagi o‘rni, boshqaruv apparatining kompetentligi va boshqa omillar hisobga olinishi zarur, deb hisoblaymiz. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning ahamiyatlilik darajasi ham reyting bahosini o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, investitsion va moliyaviy qarorlarning samaradorligini oshirish uchun moliyaviy holatni reyting baholashda imkon qadar (korxona moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini har taraflama baholash imkonini beruvchi) ko‘proq ko‘rsatkichlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuningdek, korxonalarni moliyaviyholatini reyting baholashda ko‘rsatkichlar quyidagi talablarga javob berishi lozim, deb hisoblaymiz:
Korxona moliyaviy barqarorlik holatini aniq aks ettirishi hamda maksimal axborot berish xususiyatiga ega bo‘lishi; Barcha ko‘rsatkichlar aniq miqdoriy o‘lchamga va normativlarning kamida minimal darajasiga ega bo‘lishi; Faqat korxonaning ommaviy buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida hisoblanishi; Korxonani zamon va makon bo‘yicha reyting baholash imkonini berishi.
Korxonalar moliyaviy holatini bashoratlash moliyaviy hisobotning
quyidagi birliklari yuzasidan tuzib chiqiladi.
1. Aktivlar va passivlar balansi bo‘yicha;
2. Daromadlar va xarajatlar balansi bo‘yicha;
3. Pul mablag‘lari kirimi va chiqimi balansi bo‘yicha.
Moliyaviy holatni bashoratlash uchun asos bo‘luvchi manba bu
moliyaviy hisobotlardir. Joriy yildagi moliyaviy hisobot ma’lumotlari
yaqin va uzoq davriylikda bashoratlash uchun iqtisodiy va moliyaviy
jihatdan asos vazifasini bajaradi. Korxonaning kelgusidagi rivojlanishi
yuzasidan belgilangan topshiriqlardan kelib chiqqan holda moliyaviy
hisobotning barcha elementlari qayta korrektirovkalash asosida tuzib
chiqiladi. Bashoratlash yakunida bashoratlangan buxgalteriya balansi,
bashoratlangan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti, bashoratlangan
pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotlari tuzib chiqiladi va ushbu manbalar
moliyaviy starategiyani belgilashda muhim manba sifatida qaraladi.
Moliyaviy holatni bashoratlash tahlili mazmunini korxonalarning
kelgusidagi moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni, moliyaviy
natijalarni va pul oqimlarini oldidan aniqlash, kelgusidagi iqtisodiy
naflikka yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun zarur
bo‘lgan axborotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan.
Moliyaviy holatni bashoratlash tahlilining muhim vazifalari sifatida
quyidagilarni belgilash mumkin: - korxona moliyaviy holati, moliyaviy natijalari, foyda va zararlari, pul mablag‘lari kutilishi yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- korxonaning aktivlar, kapitali va majburiyatlarining kelgusidagi kutilishlarini bashoratlash orqali buxgalteriya balansini tuzish va korxonaning moliyaviy holatidagi o‘zgarishlarni baholash;
- korxonaning daromadlari va xarajatlari, foyda va zararlarini
kelgusidagi kutilishlarini bashoratlash orqali moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va uning muhim birliklari o‘zgarishiga baho berish;
- pul oqimlarining kelgusidagi kirimi va chiqimi yuzasidan mablag‘larga zaruriyatni va ortiqchalikni aniqlash orqali pul mablag‘lari balansini tuzish va uni baholash. Bashoratlash kelgusida korxona moliyaviy holatini yaxshilash,iqtisodiy naflikni o‘stirish, pul mablag‘lari doimiy oqimini optimal boshqaruvini yo‘lga qo‘yishda muhim masala hisoblanadi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash uning muxim elementlari bo‘lgan aktivlar, kapital va majburiyatlar, moliyaviy natijalar, foyda va zararlarni prognozlashni nazarda tutadi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash asosida korxonaning kelgusidagi aktivlari, kapitali va majburiyatlari, moliyaviy natijalari, foyda va zararlarini oldindan kutilishini aniqlash va shunga mos ravishda ularning faoliyat va biznes rejasini belgilash, byudjetini shakllantirish imkoni tug‘iladi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash quyidagi muhim savollarga javob topishg imkonini beradi:
- korxonada nimalardan va qachon pul mablag‘lari keladi?
- ular nimalarga ishlatiladi?
- ijobiy pul oqimlariga chiqish yuzasidan korxonaga kancha pul mablag‘lari zarur?
- ushbu pul mablag‘lariga qachon zaruriyat seziladi?
- pul mablag‘lari qaysi shaklda korxonalarga jalb qilinadi (xususiy
kapital ko‘payishi shaklida yoki qarz kapitali shaklida)?
- keyingi davrlar bo‘yicha korxonaning moliyaviy holati qanday holati kuzatiladi? Moliyaviy hisobot elementlarini mohirona bashorat qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- bashorat qilinadigan davrni belgilab olish;
- moliyaviy bashoratlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
- hisob-kitob jadvallarini shakllantirish;
- foyda va zararlarni bashoratlash;
- pul mablag‘lari harakatini bashoratlash;
- moliyalashtirishning talab qilingan qiymatini shakllantirish;
- iqtisodiy nochorlikni bashoratlash;
- balans hisobotini bashoratlash;
- yakuniy xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.
Tobora rivoj topayotgan va raqobatdoshlik kuchayotgan sharoitda bashoratlangan moliyaviy hisobotlarni talab qiluvchilarning doirasi
kengayadi. Shu sababli, bashoratlangan moliyaviy hisobotlarga tayangan
holda yaqin va uzoq davriylikdagi xamkorlik aloqalari, sherikchilik,
aksiyalarni sotish olish yuzasidan ularning ahamiyati oshib bormoqdi.
Ayniqsa, kredit institutlarining berilgan kredit muddatlari bo‘yicha
korxonaning moliyaviy holati va natijalarining kutilishlarini bilishga
zaruriyati yanada oshmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, banklar birinchi
navbatda korxonalarning tarixi bilangina emas, balki iqtisodiy jihatdan
asoslangan faoliyatning uzluksizligi va davomiyligi, moliyaviy ahvol va
natijalarning kelajakdagi kutilishlarini bilish bilan ham qiziqadilar. Shu
bilan birga, esdan chiqarmaslik lozimki, kelajakda kutiladigan
natijalarning eng ishonchli manbalari ham ma’lum bir taxminlardan,
kamchiliklardan albatta holi bo‘la olmaydi. Bu esa risklarni baholash
ularni kamaytirish choralarini ko‘rish bilan hal etiladi.

Download 471,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish