Huquqiy shaxslar – tijorat tashkilotlari – ro‘yhatga olinishlari va yagona Davlat reestriga kiritilashlari kerak. Reestr – bu huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum zarur ma’lumotlarni kiritish lozim bulgan hisob daftaridir. Qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning juda aniq turlari ko‘zda tutilgan. Boshqa shakllarda faoliyat yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti, tadbirkorlik tashkilotlari (firmalar) tuzadi. Ularni tuzishning, faoliyatining, firmani qayta tashkil qilish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar haqida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. Firma – bu tijorat hisob-kitobi tamoyillari asosida ishlovchi xo‘jalik, sanoat, savdo korxonasi yoki alohida biznesmen, ya’ni huquqiy shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |