Mavzu: Korxonalarning investitsiya faoliyatini rag'batlantirish yo'nalishlari
Reja
KIRISH
Korxonaning investitsion faoliyatini rag'batlantirish chora tadbirlari.
Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
Faol investitsiya siyosati sharoitida sanoatga investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari.
«Buxoro-Gilam» QK da investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishning tahlili.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1
Kirish
O’zbekistonda investitsion faoliyatni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari asosida mamlakatimiz investitsion jozibadorligi uchun keng ko’lamda ishlar bajarilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investorlarni jalb etish uchun qulay shart sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorga xom-ashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda.
Aytish kerakki, O’zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator qulayliklarga ega. O’zbekiston jahon xamjamiyati oldida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo haritasidagi geografik joylashishi, tabiy resurslarning tarkibi va zahirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshqalar bilan muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi kunda O’zbekistonning investitsion salohiyatini oshirish masalasiga iqtisodiy o’sishni ta‘minlash nuqtai nazaridan katta e‘tibor qaratilmoqda. Investitsiyalarning mavjudligi va yetarli darajadaligi – iqtisodiyot rivojlanishini asosiy shartidir. O’zbekistonning kelajakda rivojlanishining asosiy omillaridan biri
– bu jalb etilgan va samarali o’zlashtirilgan investitsion resurslar miqdori hisoblanadi. Mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oqilona foydalanishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmini shakllantirish, hamda investitsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish – bu davlatimizning eng asosiy strategik vazifalaridan biridir.
O’zbekistonda mustaqillik yillari davrida olib borilgan iqtisodiy islohatlar tufayli qulay investitsion sharoitlar yaratilgan. Mamlakatda kapital
2
investitsiyalarning kengayishiga katta e‘tibor berilmoqda, ya‘ni asosiy kapitalni qaytadan ishlab chiqarishga yo’naltirishdir.
Bugungi investitsion siyosat kredit qo’yilmalarni jalb etishni ko’paytirishga qaratilgan bo’lib qolmay, balki to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarga qaratilgandir. Ular xususiy sektor faotiyatini aktivlashtiradilar, tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradilar, yangi texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalanishni yengillashtiradilar.
O’zbekiston bozoriga to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalarni yanada jalb etish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- xorijiy investorlar faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy o’rganib chiqish;
to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora – tadbirlarni amalga oshirish;
qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasining ishonchliligini oshirish;
yirik ishlab chiqarish korxonalari qimmabaho qog’ozlarini birlashmalar,
investitsion fondlar, kompaniyalar, banklar ishtirokida xalqaro fond bozorlarida joylashtirish va hokazo.
Shu bilan birga O’zbekistonda banklar faoliyat yuritish tartibini qayta ishlab chiqish kerak va banklarga investitsion faoliyatni kengaytirish bo’yicha masalalarni yuklash zarur. Birinchi navbatda investitsion loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilish va ekspertiza qilish bilan shug’ullanadigan tijorat banklarining maxsus bo’limlarini kuchaytirish kerak. Tijorat banklari rahbarlari investitsion siyosat olib borish mexanizmini yanada chuqur o’rganishlari zarur. Banklar investitsion jarayonlarining yanada faolroq ishtirikchilari bo’lib qolishlari kerak.
Investitsion siyosatni jadal olib borilishi nafaqat iqtisodiy o’sish va tizimni isloh qilishning muhim omillari, balki sherikchilik aloqalarini o’rnatish, ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik qilish, turli moliyaviy institutlar bilan aloqalar o’rnatish va davlatlararo aloqalar samaradorligini oshirishga erishishdir.
3
Biz bilamizki, investitsiya iqtisodiy o’sish omili sifatida moliyaviy – iqtisodiy rivojlanish uchun muhim dastaklardan biri bo’lib hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, O’zbekistonda investitsiya kiritish jarayonlari tezlashishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. O’zbekiston iqtisodiyoti yanada kuchliroq, barqarorlashgan, jahon bozorida o’z mustahkam o’rniga ega bo’lmoqda, buning asosi esa doimiy dinamik o’sishdir.
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmibi barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlati orasida yetakchi hisoblanadi.
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-
mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va
shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
4
- konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;
- mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.
Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar:
Hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish;
100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;
Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.
Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar
qo‘yiladi:
Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi;
Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim;
Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim.
“O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” 1
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
5
1. Korxonaning investitsion faoliyatini rag'batlantirish chora tadbirlari.
Korxonalar xo‘jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo‘nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to‘g‘risida” gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.2
Investitsiyalar − korxonalar va xalq xo‘jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega. Kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi. Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo‘jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi. Investitsiya loyihasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
https://lex.uz/docs/-4664142
6
majmuasidir.
Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi. Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:
ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari
natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida
ajratiluvchi mablag‘lar;
7
xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar. Investitsiyalarning tashqi manbalari
quyidagilar:
markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli
xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va
nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar. Lizing - moliyaviy-kredit
munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi. Investitsiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir. Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi. Qayta tiklash − bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-
8
uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi. Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan. YAngi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta tiklashga yo‘naltiriluvchi kapital qo‘yilmalar asosan quyidagi elementlardan iborat bo‘ladi:
qurilish-montaj ishlari xarajatlari;
mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;
loyiha−qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.
Kapital qo‘yilmalarning yuqoridagi turlari investitsiyalarning texnologik tuzilmasini tavsiflaydi.
Mamlakat iqtisodiyotidagi investitsiya faoliyatining rivojlanish darajasi shu mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosati va uning natijasi qanday samara berayotganligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratilishi tabiiydir. Bu maqsad o`zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solishdan iborat bo`lgan vazifasini xam mujassam etadi.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida qulay investitsiya faoliyati yo`lga qo’yildi. Bu Prezidentimiz tashabbusi va rahbarligida sohada olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Shu o`rinda yurtboshimiz tomonidan ta‘kidlangan quyidagi fikrlarni keltirib o`tish joiz: "Iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan qayta qurish, eksport
9
imkoniyatini kengaytirish soxasida belgilangan yo`nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o`tkazish bilangina ro`yobga chiqadi. Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning saloxiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda xal qiluvchi axamiyat kasb etadigan navbatdagi muxim ustuvor yo `nalish bu asosiy yetakchi soxalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratgan strategik axamiyatga molik loyixalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat".
Agar tarixga nazar tashlasak, sobiq sho`rolar davridagi markazlashgan rejali tizimda "kapital qo`yilma" tushunchasi qo`llanilgan. Ayni paytda ishlatilayotgan "investitsiya" so`zi ilgarigi "kapital qo`yilma" iborasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Zero, "investitsiya" o`zida aniq va shu bilan birga portfel investitsiyalarini hamda boshqa korxona va tashkilotlarga tegishli bo`lgan qimmatli qog`ozlar va aktivlar (pay, ulush, xissa kabilar)ni qamrab oladi.
Demak, "investitsiya" tushunchasining mohiyati haqida so`zlaganda, uni jamg’arish, qo`yish va daromad olishdan iborat tadrijiy jarayon sifatida qarash lozim. Zero, O`zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi qonuniga ko`ra "Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq xarakatlar majmui" sifatida tushuniladi. Darhaqiqat, investitsiya faoliyati yuridik shaxslar, davlat va fuqarolarning investitsiyalarni amalga oshirish buyicha jami amaliy xarakatlar yig`indisidir.
Ushbu qonun me‘yorlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, investitsiya faoliyatini resurslarni jamg’arish jarayoni bilan birga olib qaramoq lozim. Bu uning mohiyatini to`liqroq namoyon etadi. Chunki zahiralarni investitsiya qilishdan oldin ularni jamg`arish zarur. Shuningdek, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo`jalik sub‘ektlari o`rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo`jalik sub‘ektining resurslarni jamgarishi boshqalari uchun investitsiya qo`yishdan iborat bo`ladi. Masalan, xo`jaliklar ko`p xollarda investitsiya qo`yish
10
uchun o`z mablag`lari yetmaganda qimmat baho qog`ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg’arishdir, ammo qimmat baho qog`ozlarni sotib oluvchilar uchun esa investitsiya qo`yishdir. Bu holat investitsiya faoliyatiga investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni qo`yish bilan bog`liq harakatlari majmuasi deb qarashga asos bo’ladi.
Ma‘lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya,
ijtimoiy, iste‘mol va boshqa investitsiyalarning xamma turlari bilan bog`liq bulib,
odatda, soliqlarning fiskal va tartibga solish funksiyalaridan foydalanish yo`li bilan
amalga oshiriladi.
Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlarini yaratish, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta‘minlashda investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng ko`lamda jalb qilish va investitsiya faoliyatini rag`batlantirish orqali qo`shma korxonalarni barpo etish xamda ular faoliyatini rivojlantirishga iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaralishi kerak.
Investitsiyalarning jalb etilishi milliy iqtisodiyotdagi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishda o`z samarasini beradi.
Jumladan:
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi ilgor texnologiyalar bilan jizohlash asosida ishlab chiqarish darajasini oshirish;
ishlab chiqarilgan maxsulot (bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat)larning
sifatini takomillashtirish va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta‘minlash;
• aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan ta‘minlash, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda iqtisodiy daromadlarini ko`paytirish;
eksport hajmini oshirish orqali valyuta tushumlarini ko`paytirish;
byudjetga to`laydigan soliqlar, ijara majburiyatlari va boshqa to`lovlar hisobiga byudjet daromadlarini shakllantirish va hokazolar.
11
Respublikamizning barcha hududlarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilishda, albatta, ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi ham muhim o`rin tutadi.
Shu boisdan ham bunday faoliyatni va tashkil etiladigan korxonalarni rag`batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki xar bir investor o`z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan, uni befarq qoldirmaydigan va e‘tiborini tortadigan asosiy masala u yerda amal qilayotgan soliq qonunchiligi xamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir.
Bu tadbirlarni to`laqonli amalga oshirish uchun xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalarga aloxida e‘tibor qaratilganligini ta‘kidlash lozim:
• soliq imtiyozlari samarali qo`llanilishiga aks ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olish;
investitsiya faolligini kuchaytirish maqsadida berilayotgan barcha imtiyozlarni bir paytda taqdim etish;
qo`shma korxonalarni rag`batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalar faoliyatini cheklab qo`yishning va raqobat muhiti buzilishining oldini olish;
qo`shma korxonalar ishlab chiqargan tayyor mahsulot tarkibida mahalliy xomashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma‘lum
yengilliklar berish;
soliq imtiyozlarining joriy etilishi byudjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar yetkazmasligi lozim.
Qo`shma korxonalarga berilayotgan imtiyozlar davlat byudjetining
daromadlar xajmiga sezilarli ta‘sir qilishi tabiiy. Ammo bunday imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablaglardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatni rivojlantirish orqali kelajakda byudjet daromadlarining barqarorligini ta‘minlash ko`zda tutiladi.
12
Iqtisodiy o`sishga erishish uchun nafaqat investitsiya hajmini ko`paytirish, balki ular yo`nalishini va tuzilmasini to`g`ri tanlash xam muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun shunday ishlab chikarish turlari va korxonalarni tanlash zarurki, ular tezda o`zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara bera olsinlar. Bunday holatda investitsiyaning tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muxim axamiyat kasb etadi. Bu investitsiya jarayonini jonlantirish uchun turtki berish, keyinchalik esa investitsiyalash uchun afzal tarmoqlar va xo`jalik yuritish sub‘ektlarini tanlashga imkoniyat yaratishi mumkin. Sarmoya kiritishni rag`batlantirish odatda soliq stavkalari miqdorini o`zgartirish, imtiyozlar va sanksiyalar qo`llash, soliq kreditlari berish, to`lov muddatlarini kechiktirish va boshqa yo`llar bilan amalga oshiriladi.
Jahondagi ko`pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag`batlantirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasidan samarali foydalanadi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini boshqarish soliq tizimini soddalashtirish, amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, kredit siyosatini yuritish, yer xamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash va boshqalarni xam o`z ichiga oladi.
O`zbekistonda bugungi kunda davlat investitsiya siyosati quyidagi o`ziga xos ikki yo`nalishga tayanadi:
• soliq yukini yengillashtirish, mablag`larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratish;
• mablag`larni davlat byudjeti orqali to`plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.
O`zbekistonda investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo`lgan tashkilot O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidir. Aynan ushbu vazirlik boshqa davlat tashkilotlari, organlari, banklar va kompaniyalar bilan hamkorlikda davlat investitsiya siyosatini amalga oshiradi va boshqarib boradi.
13
2. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
Deyarli barcha faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bo‘lgan sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat (byudjet) mablag‘laridan tashkil topar edi. Garchi o‘sha sharoitlarda ham jamg‘arma fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) hisobiga amalga oshirilgan bo‘lsada, korxonalarning mablag‘larni qaerdan olish va qaerga joylashtirish to‘g‘risida “boshi” og‘rimas edi. Qo‘shimcha manba sifatida korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat qilardi.
Mazkur tushunchalar (jamg‘arma fondi, amortizatsiya fondi, foyda) hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi. Masalan, davlat korxonalari uchun asosiy investitsiya manbai quyidagilar: foyda, amortizatsiya fondi va byudjet mablag‘lari, qo‘shma korxonalar uchun - foyda, amortizatsiya fondi va kredit resurslari.
Rejalashtirish va boshqaruv tizimida shuningdek, investitsiya manbalarini aniqlashning ichki va tashqi turlaridan ham foydalaniladi.
Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:
ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar; yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida
ajratiluvchi mablag‘lar;
xayriya va shu kabi boshqa mablag‘lar.
Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar:
markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
14
korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.
Korxonalarning mustaqil xo‘jalik faoliyati sharoitlarida ichki mablag‘lar tarkibida amortizatsiya ajratmalari asosiy o‘rinni egallaydi. Uning korxona investitsion resurslaridagi ulushi 50% va undan ko‘proqni tashkil etadi.
Investitsion maqsadlarga yo‘naltiriluvchi mablag‘lar tanqisligi sharoitida lizing investitsion faoliyatni faollashtiruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Lizing - moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi. Lizing bitimida ko‘rsatilgan tomonlardan tashqari investitsion loyihalarni moliyalashtirish hamda ularni buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat yoki investitsion banklar ham ishtirok etishi mumkin.
Investitsiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
yangi qurilish;
korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish; harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi
15
sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash − bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va yer tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumliroq foydalanish uchun yangi qurilishni nisbatan cheklangan holatda, asosan juda zarur hollardagina amalga oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda investitsiyalarning eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlari sifatida, umuman olganda yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni ham ko‘zda tutuvchi mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko‘rsatish mumkin.
Yangi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta tiklashga yo‘naltiriluvchi kapital qo‘yilmalar asosan quyidagi elementlardan iborat bo‘ladi:
qurilish-montaj ishlari xarajatlari;
mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;
loyiha−qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.
16
Kapital qo‘yilmalarning yuqoridagi turlari investitsiyalarning texnologik tuzilmasini tavsiflaydi. Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari - 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar - 35-30%, loyiha−qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%.
Kapital qo‘yilmalarning mulk shakliga ko‘ra tuzilmasi − bu, investitsiyalarning davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, ijara va boshqa turdagi jamoa korxonalari o‘rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo‘yilmalardan foydalanish , shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kaptil qo‘yilmalarning samarali tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p foyda olishga tengdir.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilish hamda mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishga sarflanuvchi xarajatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni ifodalaydi.
17
Faol investitsiya siyosati sharoitida sanoatga investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o`rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etmoqda.
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baq’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir- “Uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo`nalish – bu asosiy etakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat”,3-deb ta`kidlagan edi.
Mustaqillikka erishilgandan boshlab, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni raq’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. SHu jihatdan O`zbekiston o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda (1 - rasm)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi //.хalq suzi . 17.01.2015.
18
Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o`zaro boq’liqdir.
Tuzilmaviy investitsiya siyosati
Hududlar
investitsiya
Кorxona investitsiya
siyosatlari
Tarmoq investitsiya siyosati
1-rasm.O`zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
Hududlar investitsiya siyosati - investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui.
Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta`minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo`li bilan qo`llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste`mol tovarlari, ish joylarga bo`lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta`minlashga erishish yo`lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash; -mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash;
-to`lov qobiliyatiga ega bo`lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;
19
-ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta`minlash;
-mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash va uni kuchaytirish;
-samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko`rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyq’unlashtirish;
-iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;
-aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish; -hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to`liq shakllantirish.
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo`lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub`ektlar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo`lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona ta`riflari bo`yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o`nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining asosiy yunalishlari orasida kuyidagilarni alohida ta`kidlab ko`rsatish mumkin:
-investitsiya jalb qilish uchun xalqaro me`yorlar va konventsiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochiq eshiklar siyosatini izchillik bilan amalga oshirish;
-ishlab chiqarish bilan boq’liq investitsiyalarni kiritishga ko`maklashish;
20
-mamlakatning kredit qobiliyatini qo`llab-quvvatlash;
-mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan investitsiyalarni kiritishga yordam berish.
O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi asosiy me`yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:
-O`zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to`q’risida»gi Qonuni,4.12.1998 y.;
-O`zbekiston Respublikasining«CHet el investitsiyalari to`q’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-O`zbekiston Respublikasining «CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to`q’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Investitsiya dasturi to`q’risida»gi Qarori, 28.10.2009 y.;
-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «To`q’ridan-to`q’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni raq’batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`q’risida»gi Farmoni, 11.04.2005 y.
O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`q’risida", "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`q’risida"gi Qonunlari xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyq’otmoqda.
Ma`lumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida o`z ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko`ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil
21
etish yo`li bilan amalga oshiradilar. O`z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, "Boj tarifi to`q’risida"gi Qonunning 33-moddasi va "CHet el investitsiyalari to`q’risida"gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. YAngi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o`zgartishlar kiritildi. endilikda nafaqat chet ellik investorlar, ayni choq’da, ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o`ttiz uch foiz bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O`zbekiston Respublikasiga olib kiradigan mol-mulk bo`yicha boj undirilishidan ozod qilindilar. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida "Boj tarifi to`q’risida"gi Qonunning 33-moddasida va "CHet el investitsiyalari to`q’risida"gi Qonunning 12-moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o`ttiz uch foiz bo`lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo`shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo`ldi. YAngi qonunda ko`zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim raq’batlantiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini oshirishda ham ulkan ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`ladi. Xususan, aholini ish bilan ta`minlash, yangi ish o`rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va jihozlarni keltirish hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo`lgan qonunlar muhim o`rin tutadi. Vaqt o`tishi bilan iqgisodiy o`sishning jadal borishini ta`minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilq’or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko`rib chiqish zarurati ob`ektiv ravishda paydo
22
bo`ldi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo`lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o`rganishga asoslanadi. Buning uchun, bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq loyihalarni amalga oshirish zarur bo`ladi; ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yuqori baholanadi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo`lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta`minlashni yaxshilashdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha huquqiy baza yaratildi, investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko`rsatuvchi infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada «Valyutani tartibga solish» to`q’risidagi qonun qabul qilindi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko`rib chiqildi, va uning milliy valyutani konvertatsiyasi hamda import kontraktlarini ro`yxatdai o`tkazish bilan boq’liq bo`lgan vazifalari bekor qilindi. Jumladan, 2003 yil 15 oktyabrdan milliy valyuta joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha erkin konvertatsiyasining ochilishi mamlakatdagi investitsiya iqlimini yaxshilashga va xorijiy investitsiyalar oqimining ko`payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat — "CHet el investitsiyalari to`q’risida" O`zbekiston Respublikasi Qonuni va "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to`q’risida"gi Qonun qabul qilindi.
Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlardan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga
23
ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. Jumladan, Adliya vazirligining tarkibida 2003 yildan boshlab chet el investorlari manfaatlariga zarar etish holatlarining oldini olish bo`yicha maxsus bo`linmalar tashkil etildi. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida, iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha xorijiy kapitalning tarkibida ma`lum bir siljishlar yuz berdi.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub`ektlarini suq’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo`lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o`z ifodasini topadi. O`zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy yo`nalishlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish.
Soliq to`lovchilar va soliq solish ob`ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo`llash.
Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash.
Monopoliyaga qarshi choralarni qo`llash.
Kredit siyosati va narx siyosatini o`tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash. Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli
mulkdorlar o`rtasida moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o`ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me`yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya jarayonining barcha sub`ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan boq’liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning hududiy,
24
zamon va makondagi harakati ko`pdan-ko`p qo`shimcha risklar bilan to`qnashish
ehtimoliga ega bo`ladi. Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko`zlaydi. Respublika qonun hujjatlariga muvofiq chet el investitsiyalari milliylashtirilishi, davlat tasarrufiga olinishi mumkin emas. CHet el investitsiyalari tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar hollarini mustasno qilganda, rikvizitsiya qilinmaydi. CHet el investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olingan o`z foydasi va boshqa mablaq’larini chet el valyutasida chetga o`tkazish kafolatlanadi. Qonun hujjatlarida chet ellik investorlarga ularning davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan tuzadigan kontsessiya shartnomalari asosida tabiiy resurslarni qidirish, foydalanishga tayyorlash va foydalanish hamda boshqa xo`jalik faoliyatini joriy qilish uchun kontsessiyalar berish nazarda tutilgan. Respublika qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatning hamma sohalari va turlari bo`yicha kontsessiya berilishi mumkin. CHet ellik investor qarori bilan investitsiyalarga hamda ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, tasarruf etish huquqi respublika qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.Investitsiya faoliyatini amalga oshirishni muhim shartlaridan biri muomalada bo`lgan pul birligini qadrsizlanishini oldini olishdir. Investitsiya faoliyatidan olinadigan samarani ko`paytirish maqsadida investitsiyalar hajmini, yo`nalishlarini va manbalarini aniqlash maqsadga muvofiq bo`ladi
25
4. «Buxoro-Gilam»QK da investitsiyalarni jalb etish va ulardan
Do'stlaringiz bilan baham: |