Mavzu: Korxonalarda moliyаviy nаtij



Download 128,06 Kb.
bet1/12
Sana21.12.2022
Hajmi128,06 Kb.
#893515
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BHA kurs ishi


Mavzu: Korxonalarda moliyаviy nаtijаlаr vа rentаbellik tаhlili.


Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism: I. Moliyаviy

nаtijаlаr vа uning
tаhlili.
II. Korxonalarda
rentаbellik tаhlili.
III. Korxonaning
rentabellik darajasini
baholash va uni
oshirish usullari.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida iqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, baho rеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foyda korxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.
Erkin iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi bois har bir xo`jalik yurituvchi sub'еkt ko`proq foyda olishga intiladi. Binobarin, foyda miqdorida jamiyatning korxona jamoasining va har bir xodimning manfaatlari o`z ifodasini topadi. Shu bois foyda iqtisodiy katеgoriya bo`lib u o`zida ishlab chiqarish va taqsimot orqali tovar - pul munosabatlarini aks ettiradi. Xo`jalik yurituvchi sub'еktning olgan foydasi qancha ko`p bo`lsa, har bir xodimni shuncha ko`p rag`batlantirishga, korxonani har tomonlama kеngaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag`ini ko`paytirishga imkoniyati tug`iladi. Bundan jamiyat ham manfaatdor, zеro korxonaning olgan foydasi qancha ko`p bo`lsa foydadan davlat byudjеtiga to`lanadigan soliq ham shuncha ko`p bo`ladi. Shu bois erkin iqtisodiyot sharoitida foyda olishning axamyati bеqiyos darajada oshganligini ko`rishimiz mumkin. Iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi o`sish sur'atlari o`z navbatida foyda hajmini ham barqaror tarzda ko`payishiga olib kеldi.
Moliyаviy nаtijаlаr vа uning tаhlili.

Moliyаviy nаtijа – korхonа fаoliyаtining foydа sumаmаsi rеntаbellik dаrаjаsidа ifodаlаnаdigаn yаkunidir.


Moliyaviy natija asosan yil oxirida hisob-kitob qilinadi. Buning uchun yil davomida qilingan xо‘jalik muomalasining natijalari hisob-kitob qilinib, barcha buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlar 1-yanvar holatiga keltiriladi. Buning uchun xarajatlar о‘zida ifoda etuvchi schyotlar hisobot davrining oxiriga etiladi va yillik qilingan jami xarajat summalari hisoblab chiqiladi.
Moliyaviy natijalarni hisoblash tartibi tarmoqlar bо‘yicha bir-biridan farq qilib, bu farq asosida mahsulot tannarxini aniqlash xarajatlarni taqsimlash me’zoni turadi. Moliyaviy natijaning asosiy manbai bо‘lib, mahsulotni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari hisoblanadi. Moliyaviy natijalar holatida mahsulot va tavarlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlar bevosita ta’sir qiladi. Fikrimizning dalili sifatida savdo-tijorat sohasida moliyaviy natijalarni aniqlash holatiga (tartibiga) murojat qilaylik. Buning uchun “Mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi” schotining ma’lumotlaridan foydalanamiz. Bu schotning kredit tomonidan tovarlar realizatsiyasi sotish bahosida kо‘rsatiladi. Olingan tovarlar uchun mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni erkin shartnoma (sotib olish) bahosida amalga oshiriladi. О‘rtadagi farq savdo ustamasini tashkil qiladi. Savdo ustamasining miqdori bevosita shu tovarda bо‘lgan talab bilan о‘lchanadi.
Savdo ustamasining asosiy maqsadi tovarlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash va daromad manbaini shakllantirishdir. Moliyaviy natijalarni aniqlashda savdo ustamasi alohida-alohida sotilgan va qolgan tovarlarni nisbatan hisoblanadi. Hisobot davrida tovarlar xarakati bilan bog‘liq xarajatlar “Davr xarajatlari” schoti hisobga olinadi. Bu schotda kо‘rsatilgan xarajatlar jami tovarlarga ta’luqli bо‘lib, daromadni aniqlashda sotilgan va qolgan tovarlarga ta’luqli xarajatlarni hisob-kitob qilish talab qilinadi (yil oxirida “Savdo ustamasi” va “Davr xarajatlari” schoti bо‘yicha qilinadigan hisob-kitob nazarda tutilmoqda). Moliyaviy natijalarni aniqlashda ularni bevosita tovarlarni sotishdan, ya’ni asosiy xо‘jalik faoliyatidan va kо‘zda tutilmagan manbalardan shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. О‘zbekiston Respublikasida “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllantirish tarkibi tо‘g‘risida”gi Nizomni qabul qilishni moliyaviy natijalar holatini takomillashtirishga qaratilgandir. Respublikamizda amalda oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarasi yildan-yilga ortib bormoqda, yangicha munosabatlarning shakllanishi uning yangi ijobiy natijalarni bermoqda, korxona va tashkilotlarda tejamkorlikni tо‘g‘ri tashkil qilish iqtisodiy madaniyatni qanday qilinishi bilan baholanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona о‘z mahsuloti sifati uchun javobgar. Bozor talabiga javob berish, raqobatbardoshligi, sifatli bо‘lishi davrning о‘zi talab qilmoqda. Yuqoridagi talablarning bajarilishi о‘z navbatida tovar ishlab chiqarishni moliyaviy holatini yaxshilashga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. О‘zbekiston Respublikasida “Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllanishi tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom xalqaro andozalarni hisobga olgan holda, buxgalteriya hisobini yuritish va soliqqa tortish uchun xarajatlarni hisoblashda yuzaga keladigan farqlarni etiborga olgan holda ishlab chiqiladi. Nizomga asosan korxona va tashkilotlarning moliyaviy natijalari quyidagi foyda kо‘rsatkichlariga asosan olib boriladi, yangi mahsulotni sotishdan olingan foyda yalpi foyda, u mahsulotni sotishdan olingan sof daromaddan sotilgan mahsulot tannarxini ayirish yо‘li bilan aniqlanadi. Moliyaviy natijalarni aniqlashda yuqoridagi Nizomga tо‘liq rioya qilinadi. О‘zbekiston Respublikasi mahsulot ishlab chiqarish, sotish xarajatlarini tartibga solishni takomillashtirish tо‘g‘risida maxsus Nizom qabul qilindi. Nizom xо‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik va jismoniy shaxslar uchun О‘zbekiston Respublikasida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlashda bir xilda bо‘lishini ta’minlash maqsadida, shu bilan birga hisob va hisobotlar haqidagi qonunlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgandir. Xarajatlarni yuqoridagi Nizom asosida shakllantirish moliyaviy natijalarni tо‘g‘ri aniqlash imkonini beradi. Nizomda keltirilgan xarajatlarni turlarini eng avvalo, xarajatlarning tо‘g‘ri va tо‘la-aks ettirish, moliyaviy hisobotni tuzishda foyda va zararni aniqlashda qaratilgan. Turli mulkdagi korxonalarning moliyaviy natijalari daromadlarga va xarajatlarga bevosita bog‘liqdir. Korxonalardagi mavjud resurslar samarali foydalanilishi kerak. Aks holda korxona faoliyatida yuqori natijalarga erishib bо‘lmaydi. Shuning uchun daromadlar, xarajatlar, ularning turlari va kelib chiqish manbalari doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Shunday nazorat turlaridan biri auditorlik nazoratidir. Moliyaviy natijalarni buxgalteriyada hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
- moliyaviy natijalarning shakllanishi tо‘g‘ri ekanligini о‘rganish;
- olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan о‘z vaqtida va tо‘g‘ri hisob-kitob qilish;
- moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida va tegishli registrlarda tо‘g‘ri aks ettirish.
Auditor yuqoridagi xususiyatlarga e’tibor bergan holda moliyaviy natijalarni ekspertizadan о‘tkazishi kerak. Auditning asosiy vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
- moliyaviy natijaning shakllanishi va tо‘g‘ri hisoblanganligini tekshirish;
- foydaning tо‘g‘ri ishlatilishini tekshirish;
- moliyaviy natijalarning buxgalteriya hisobi schotlarida tо‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash;
- moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotlarning asosliligi va tо‘g‘ri tuzilganligini tekshirish.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi. Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi faoliyat turidan zarar kо‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy – iqtisodiy barqarorligiga ham о‘zining ta’sirini о‘tkazadi. Foydaning quyidagi turlari bor:

  • Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda;

  • Asosiy faoliyatdan olingan boshqa foyda (operatsion foyda);

  • Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;

  • Favqulotda olingan foyda;

Xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi kо‘rsatkichlari bilan tasniflanadi;  mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi о‘rtasidagi tafavut sifatida aniqlanadi:


  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish