32-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik O’zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat
organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish
to’g’risida so’rovlar yuborish va ularning so’rovlariga javob berish huquqiga ega.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat
organlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga
muvofiq qaytarish choralarini ko’radi.
20
LexUZ sharhi Qarang: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi .