haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib
turadilar”61.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar
“jamoat birlashmalari” sifatida e’tirof etiladi62. Mazkur Konstitutsiyaning 58-moddasida esa
“davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari
faoliyatiga aralashishiga,
shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”63, deyiladi. Bu bilan, birinchidan,
siyosiy partiyalar jamoat
birlashmalari kabi jamiyatning instituti ekanligi e’tirof etiladi; ikkinchidan, siyosiy partiyalarning
davlat hokimiyati organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi konstitutsiyaviy me’yorlar
bilan ta’qiqlanib, uning davlat hokimiyatiga daxldor emasligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida jamiyatdagi muxolifiy huquqni
himoya qilish maqsadlarida quyidagi qoida mustahkamlangan: “Siyosiy partiyalarda, jamoat
birlashmalarida,
ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni
tashkil etuvchi muholifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr- qimmatini hech kim
kamsitishi mumkin emas”64.
1991 yil 14 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat
birlashmalari
to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini
ta’minlab berishi natijasida mamlakatda yangi siyosiy partiyalarning shakllanish jarayonlari
boshlandi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror topishida 1996 yil 25 dekabrida Oliy
Majlis qabul qilgan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun muhim o‘rin tutdi. Qonun 17 ta
moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik
qoidalar asosida faoliyat
Yuritishlari uchun rivojlangan mamlakatlar mezonlari talablariga xos bo‘lgan huquqiy asoslar
yaratildi. Qonunning 5-moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy
manfaatlari muhofaza etilishiini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z
maqsadlari va vazifalarini
bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”65. SHuningdek, siyosiy
hayotda birinchi marta qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan
ko‘rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
-o‘z
faoliyati
to‘g‘risidagi
axborotni erkin
tarqatish, o‘z g‘oyalari,
maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;
-saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda
ishtirok etish;
61O‘zbdkiston Rdspublikasining Konsttutsiyasi.-T.:O‘zbdkiston, 2016.-B.20.
62O‘sha joyda. –B.19.
63 O‘sha joyda. –B.20.
64 O‘sha joyda. –B.13-14.
65O‘zbdkiston Rdspublikasining “Siyosiy partyalar to‘g‘risida”gi Qonuni. //O‘zbdkiston Rdspublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, № 2 (1250), 1997.-B.12.
201
-qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat
hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
-partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni
o‘tkazish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va
boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
-O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish,
ular bilan va
boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish”66.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu - siyosiy institutlarda va siyosiy
jarayonlarda turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek,
huquqiy davlat fuqarolari - plyuralistik fikrlashga qobil bo‘lgan shaxslarni shakllantirishdir. SHu
maqsadlarda qonunning 13-moddasida Oliy Majlisdagi partiya fraksiyalarining erkin faoliyat
yuritishlari, ularning hozirgi davr ilg‘or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning
siyosiy rivojlanishiga hissa qo‘sha olish darajasiga ko‘tarilishlarining
huquqiy jihatlardan
ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisidagi
fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: