Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

Jamoatchilik muhokamasi.
 
Jamoatchilik muhokamasi ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan me’yoriy-
huquqiy hujjatlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qaror,
buyruq va farmoyishlari, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan boshqa hujjat va materiallarni tahlil
qilishga bag’ishlanadi. Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo’yicha jamoatchilik muhokamasi ularga
o’zgarishlar kiritish, yoki ularni yangi tahrirda qabul qilish zarur bo’lgan hollarda jamoatchilik fikri hisobga
olinishini ta’minlash maqsadida o’tkaziladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qabul qilinadigan qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan
o’tkazish odat tusiga kirdi. Milliy ong va milliy ma’naviyatning tiklanishi va rivojlanishi natijasida qonunlardan
tashqari, ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan boshqa hodisalarni muhokama qilish ham ijtimoiy amaliyotda
mustahkam o’rin egallay boshladi.
Oliy Majlis fuqarolarning vakillik organi sifatida mamlakat hayotida muhim rol o’ynaydi. Shunday bo’lsa
ham, Qonunchilik Palatasi hamda Senat a’zolari qonunlarning sifatli bo’lishi hamdaijtimoiy hayotda o’z o’rnini
egallashini ta’minlash uchun, ularning loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o’tkazishga ehtiyoj sezadilar.
190


Bundan tashqari, qonunlar legitimlikka ega bo’lishi uchun, keng xalq ommasini ularning muhokamasiga jalb
qilish zarur bo’ladi. 
Qonunlarning loyihalari bo’yicha loyiha mavzusi bo’yicha mutaxassis bo’lgan ekspertlar jalb qilinadi. Ayni
paytda, qonunlarni qabul qilishda ekspertlardan tashqari, turli maqsadli guruhlarga murojaat qilish ham zarur
bo’ladi. Bunday maqsadli guruhlarga mazkur qonunning qabul qilinishidan manfaatdor bo’lgan tomonlarni
kiritish mumkin. Masalan, chorvachilikni rivojlantirishga oid qonun qabul qilinmoqchi bo’lsa, uning loyihasi
muhokamasiga, birinchi navbatda, chorvadorlarning vakillari jalb qilinishi kerak. Bundan tashqari, chorva
hayvonlariga yem-xashak yetkazib beruvchi dehqonlar, omuxta yem yetkazib beruvchi sanoat vaklillarini ham
jalb qilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, chorvachilik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi keng xalq ommasi
vakillari ham ishtirok etishi shart bo’ladi. Mana shu bir qonun loyihasini muhokama qilishga jalb qilinganlar
orasida bir necha maqsadli guruh vakillarini ko’rish mumkin. Sanab o’tilgan guruhlardan tashqari, qonun
loyihasini muhokama qilishga mamlakatimizdagi ijroiya va qonun chiqarish organlarining, shuningdek, mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organlarining vakillarini ham jalb etish maqsadga muvofiq. Bulardan tashqari, qonun
loyihasini muhokama qilishda fuqarolik jamiyatlari institutlari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar,
iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, yoshlar
tashkilotlarining vakillari ham) ishtirok etishi zarur bo’ladi. Sanab o’tilganlardan tashqari, mamlakatdagi har bir
fuqaro qonun muhokamasida ishtirok etishi mumkin. 
Jamoatchilik muhokamasi o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-siyosiy jarayon bo’lib, davlat boshqaruvida siyosiy
qadriyatlarni, ya’ni fuqarolarning siyosatni ishlab chiqishdagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Davlat
boshqaruvi uchun siyosiy qadriyatlardan tashqari, huquqiy qadriyatlar ham xos bo’lib, ular siyosiy qarorlar qabul
qilish chegaralarini belgilab beradi, alohida fuqarolarning va xo’jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini
himoya qiladi. Qarorlar qabul qilishda siyosiy va huquqiy qadriyatlardan tashqari, boshqaruv qadriyatlari ham
mavjud bo’lib, ular qonunlarni amalga tadbiq qilish jarayonida namoyon bo’ladi. Huquqiy qadriyatlar jumlasiga
huquqning ustuvorligi, tenglik kabilar kirsa, boshqaruv qadriyatlariga boshqaruv organlari faoliyatining
samaradorligi, optimalligi kabilarni kiritish mumkin.
Jamoatchilik muhokamasini o’tkazishda ishtirokchilar oldindan ro’yxatdan o’tishlari, xulq-atvor qoidalariga
hamda jamoatchilik muhokamasini o’tkazish reglamentiga amal qilishlari shart. 
Muhokama qilinayotgan loyihani ko’rib chiqayotgan davlat hokimiyati organi yoki mahalliy o’zini-o’zi
boshqarish organi jamoatchilik muhokamasi tashkilotchisini mazkur tavsiyalarni ko’rib chiqish muddati va tartibi
to’g’risida oldindan xabardor qilishi shart. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish