Mavzu: Korporativ moliyani boshqarish tizimida moliyaviy menejment.
Reja:
1. Korporativ moliyani boshqarishning o’ziga xos hususiyatlari.
2. Moliyaviy menejment tushunchasi va uning qisqacha mazmuni.
3. Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy menejmentning ahamiyati.
1. Korporatsiyalar moliyasi bu - xo’jalik faoliyatida daromad, pul fondlari va kapitalni shakillantirish va foydalanish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlar tizimi hisoblanadi.Korporatsiyalar moliyasining tashkil etishning asosiy prinsiplariga:

- xo’jalik moliya faoliyatini mustaqil tartibga solish
Ko’rporativ moliyani boshqarish fanining predmeti pul oqimini ya’ni xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy resurslarini va harajatlarini boshqarishdan iborat.
Korxona moliyaviy xo’jaligi faoliyatining xususiyatlari quyidagilar:
- korxona o’z faoliyatini tijorat orqali yoki tijoratga asoslangan holda amalga oshirishiga
- xo’jalik faoliyatining tashkiliy huquqiy va korxona tasarrufida mulkchilik turiga muvofiq
- korxona qanday faoliyat bilan shug’ullanadi.
2.Moliyaviy menejnent – bu pul oqimini, moliyaviy resurslar harakatini va moliyaviy munosabatlarni tashkil etishni o’ziga xos boshqarish tizimidir.
Moliyaviy menejmentda boshqaruv ob’yekti xo’jalik sub’yektlari bilan pul oqimlari qiymatning aylanishi moliyaviy munosabatlar va moliyaviy harakatlar orasida amalga oshiriladigan sharoitlar yeg’indisidan iborat. Boshqaruv sub’yekti – bu maxsus odamlar guruhi bo’lib turli boshqaruv shakillari ta’siri ostida ob’yektning maqsadli faoliyatini amalga oshirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning rivojlanishini ta’minlaydigan moliyaviy manbalarni topish moliyaviy resurslarni eng samarali investitsitalash yo’nalishlarini aniqlash qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar qilish masalalari muhim vazifalar hisoblanadi, bular moliyaviy menejment faning predmeti hisoblanadi.

Korxona faoliyatining eng muhim jihatlaridan biri vaqtinchalik bosh bo’lgan moliyaviy resurslarning unga qo’shimcha foyda keltiradigan eng samarali investitsiyalash yo’nalishlarini aniqlashdan iborat.Moliyaviy bozorda moliyaviy menejerlar tomonidan tuziladigan bitimlarda qimmatli qog’ozlar muomilasining o’ziga xos xususiyatlarini ya’ni nominal, emissiya narxi, bozor kursining tebranishi va boshqalarni e’tiborga olish ijobiy natijalarga olib keladi.

3.Moliyaviy menejment boshqaruv organi sifatida xo’jalik sub’yektining bir qismi hisoblanadi.
Yirik korxonalarda va aksiyadorlik jamiyatlarida shunday apparatni boshqarish moliyaviy direksiya orqali amalga oshiriladi. Uni moliyaviy direktor yoki moliyaviy menejer boshqarishi mumkin. Moliyaviy direksiya turli bo’linmalardan iborat bo’lib , uning tarkibiga moliya bo’limi reja-iqtisod bo’limi, buxgalteriya, mehnat va ish haqi bo’limi va boshqalar kiradi.
Moliyaviy direksiyaning asosiy funksiyalari quyidagilar:
- xo’jalik sub’yektini moliyaviy faoliyatini ta’minlash
- buxgalterlik va statistik moliyaviy hisobni olib borish, xo’jalik sub’yektini uxgalterlik balansini tuzish
- xo’jalik sub’yektini va uning bo’linmalarini moliyaviy faoliyatini tahlil qilish.
Moliyaviy faoliyatni boshqarishda moliyaviy menejer eng asosiy o’rinda turadi.
Katta korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejerlarning guruhini shakillantirish maqsadga muvofiq bo’lib, ularning har biriga muayyan ishning yo’nalishi va aniq majburiyatlari yuklanadi. Bu guruhlar boshida yetakchi moliyaviy menejer turadi. Menejer faoliyati uning lavozim yo’riqnomasi bilan belgilangan.