X U L O S A
Ma`lumki mustaqillik sharofati bilan Vatanimizda demokratik huquqiy
asoslari davlat qurilmoqda. Xalqimizning azaliy orzusi ruyobga chiqdi va bu
davlat qadim zamonda paydo bo`lgan o`zbek davlatchiligining mantiqiy
davomidir. Uni shakli va mazmuni jihatdan hozirgi zamon talablariga javob bera
oladigan axborot tizimini barpo etilishidir.
Disertasiyada bajarilgan ish O’zbekistondagi korxona boshqaruvini axborot
bilan ta'minlash samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganishdan iborat bo’lgan va
shu mavzuni to’liq yoritish uchun, korxona boshqaruvini axborot bilan ta'minlash
manbalari va axborot tizimining nazariy asoslarining o’ziga xos hususiyatlari
ko’rib o’tilgan. Korxona boshqaruvida kommunikatsiya va internet tushunchasi,
axborotlar tizimi va uning bo’g’inlari va xujjatlarni yuritish jarayonining nazariy
jihatlari ko’rib o’tilgan. “Texnik ta’minlash va butlash boshqarmasi” unitar shuba
korxonasi misolida, uni axborot bilan ta'minlash manbalari va ulardan foydalanish
holatining tahlili amalga oshirilgan. Korxonaning umumiy faoliyati, unung
tarkibi, boshqaruvda qo’llanilvotgan axborot turlari, korxonaning infratuzilmasini
zamonaviy dasturlar orqali samaradorligini oshirish holati o’rganilgan va magistr
fikr mulohazalari keltirilgan. O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan
korxonalarning axborot kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlanish muommolari
va ularni bartaraf etish yo’llari bo’yicha ilmiy taklif va tavsiyalar tizimi ishlab
chiqilgan. Korxonada elektron axborot tizimini samaradorligini oshirish
muammolarini bartaraf etish yo’llari va kommunikatsiya infratuzilmasini
takomillashtirish istiqbollari to’grisida o’z tavsiyalar berilgan.
Xulosa sifatida, korxona boshqaruvini axborot bilan ta'minlash manbalari
va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari ko’b. Ammo,
dissertasiyaning asosiy mezoni korxona boshqaruvidagi tatbiq etilgan
zamonaviy dasturlar tizimi kata etibor qaratilgan. Chunki, Ma'lumotlarning
elektron shakli xayotning barcha jabxalarida inson faoliyati xarakterini
o’zgartirmoqda. Korxona tomonidan yo’qotilgan axborot - bu natija va
76
boshqaruvning yoqotilganidir. Shuning uchun axborot tizimlari qurilishida
qo’yiladigan strategik maqsad, korxona erisha oladigan oqimlarining barchasini
jamlashga sharoit yaratish, ofisda avtomatlashgan ish joyini integrasi qilishga
kerak bo’lgan axborot oqimlari: nutq, tasvir, matn, ma'lumotlarni olishdir.
Ish mavzusuda olingan obekt yani, “Texnik ta’minlash va butlash
boshqarmasi” unitar shuba korxonasida axborotlarni qabul qilish va yuborish
uchun hamma shart – sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, “Texnik ta’minlash va
butlash boshqarmasi” Unitar shuba korxonasida qo’llanivotgan zamonaviy
dasturlardir. Bu zanonaviy dasturlar, “Texnik ta’minlash va butlash boshqarmasi”
unitar shuba korxonasining korxona boshqaruvini axborot bilan ta'minlashning
mutloq avtomatlashtirilganlikka o’tganligiga sababdir va bu zanonaviy
dasturlardan oqilona foydalana olishi koxonaga kata samaradorlik olib kelishi
bejiz emasdir.
Taklif sifatida, rivojlangan mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini iqtisodiy rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga
investisiyalar jalb etilishiga, yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga, ilg’or
texnologiyalar ishlab chiqarishga va boshqaruvga tatbiq etilishiga, axborot
ayirboshlashda, chekimlar qisqartirilishiga bozor qatnashchilari o’rtasida
bitishuvlar sodir etilishiga ko’maklashishini ko’rsatganligi sababli. Yurtimizda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga katta etibor
qaratilgan. Shuning uchun ham quyidagi takliflar berilishi mumkin:
Korxona boshqaruvini axborotlar bilan ta’minlash manbalarini o’z vaqtida
modernizatsiya qilish;
Korxona boshqaruvini axborotlar bilan ta’minlovchi zamonaviy dasturlarni
joriy qilish;
Korxona boshqaruvidaga axborotlardan unumli va oqilona foydalanish;
Korxonada elektron axborot tizimini joriy qilish
Korxonada elektron axborot tizimidan samarali foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |