Мавзу: Корхона бошқарувини ахборот билан таъминлаш манбалари ва улардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш йўллари


III. Bob. O’zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana01.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#300858
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
5386c90c17bc4

III. Bob. O’zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya 

infratuzilmasini rivojlanish muommolari va ularni bartaraf etish yo’llari 

1. Korxonada elektron axborot tizimini samaradorligini oshirish 

muammolari va ularni bartaraf etish yo’llari 

 

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  har  bir  korxona  faoliyatining  eng  asosiy 

vazifasi  hisoblanadi.  U  xo‘jalik  yuritishning  sifat  va  miqdor  ko‘rsatkichlarini, 

shuningdek,  buyumlashgan  va  jonli  mehnat  xarajatlari  hamda  olingan  natijalar 

o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. 

“Samara”,  “samaradorlik”,  “  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorlik”  kabi 

tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. 

Samara  –  bu,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  (ish,  xizmat),  foyda  va 

daromad  hajmini  oshirish,  mahsulot  tannarxini  kamaytirish,  sifatsiz  mahsulot 

ishlab  chiqarishni  kamaytirish  yoki  umuman,  yo‘q  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

korxona  faoliyatining  ijobiy  natijalaridir.  Bu  yutuqlar  natural  shaklda  ishlab 

chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi. 

Samaradorlik,  avvalo,  korxona  faoliyatining  sifat  jihatlarini  tavsiflovchi 

tushunchadir.  U  “samara”  toifasidan  kelib  chiqadi  hamda  unga  qaraganda 

murakkab va kompleks tavsifga ega. 

Samaradorlik  chora  sifatida  ko‘plab  texnik,  iqtisodiy,  loyiha  va  xo‘jalik 

qarorlarini  avvaldan  belgilab  beradi.  Korxona  o‘zining  xo‘jalik,  ilmiy-texnik  va 

investitsion  siyosatini  belgilashda  samaradorlikdan  kelib  chiqadi.Iqtisodiy 

samaradorlik  samaradorlikka  qaraganda  bir  muncha  tor  ma‘noni  anglatadi.  U 

qabul  qilinayotgan  qarorlarning    xo‘jalik  yuritishda  maqsadga  muvofiqligini 

tavsiflaydi  hamda  barcha  hollarda  samaraning  unga  erishish  uchun  ketgan 

xarajatlar (ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. 

Xarajatlar qanchalik kam bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta‘sir qilmagan holda), 

samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat  



 

 

63 



sharoitlarini,  uning  ijodkorlik  mazmunini  boyitish,  aqliy  va  jismoniy  mehnat 

o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy 

samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish,  

korxonaning  muvaffaqiyatli  faoliyat  yuritishi,  shaxsning  har  tomonlama 

rivojlanishi  va  uning  barcha  qobiliyatlaridan  foydalanishning  sabab  va  natijasi 

hisoblanadi.  

Bevosita  ijtimoiy  samara,  xodimlarning  bilim  va  malakasi,  tajriba  va 

madaniyatining  o‘sishi,  aholi  sog‘lig‘ining  yaxshilanishi  va  umr  ko‘rishining 

uzayishida aks ettiriladi. 

Ishlab  chiqarish  samaradorligi  ijtimoiy  samaradorlikka  nisbatan  birlamchi 

hisoblanadi:  iqtisodiy  yutuqlar  korxonaning  ijtimoiy  muammolarini  hal  qilishga 

yordamlashadi.  Masalan,  foydaning o‘sishi,  jamg‘armalarning ortishi  korxonaga 

ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. 

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish – korxona rahbariyatining doimiy 

vazifasidir.  Bu  vazifani  yechish  amaliyotda  quyidagi  omillar  bilan  bog‘liq 

bo‘ladi: 

1.

 

Bozor  talablariga  javob  beruvchi  yuqori  sifatli  mahsulot  ishlab 



chiqarishda  eng  kam  xarajatlar  bilan  ishlab  chiqarishning  maksimal  hajmini 

ta‘minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash; 

2.

 

Iste‘molchilar  talabini  qondirishga  yo‘naltirilgan  mahsulotni  sotish  va 



yuqori daromad (foyda) olish; 

3.

 



Aylanma  vositalarni  tejash  imkoniyatini  yaratuvchi  optimal  ishlab 

chiqarish zahiralarini yaratish. 

Hozirgi  kunda  korxonalarning  turli  bo‘linmalari  faoliyatini  boshqarish,  eng 

avvalo  tegishli  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  turli-tuman  axborotlarga 

bog‘liq.  

Davlat  boshqaruvida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  va 

tizimlarini  joriy  etishning  jaxon  xamjamiyatida  shakllanayotgan  tendentsiyalari 

va tajribasi ushbu jarayonlarning ko’plab jixatlari, eng avvalo anik va muqobil  

 



 

 

64 



tartibga solishni talab etishini yaqqol kursatadi.  

Bunga esa quyidagilar kiradi: 

 

Har  bir  kishining  davlat  xokimiyati  va  boshqaruv  organlarining 



umumfoydalanadigan  axborot  resurslari  va  axborot  tizimlaridan  axborotni  erkin 

olishga bo’lgan xuquqini amalga oshirish; 

 

Internet tarmog’i yordamida amalga oshiriladigan korxonalar va davlatning 



iqtisodiy faoliyatini xuquqiy ta’minlash; 

 



Elektron  xujjatlar  aylanishining  faoliyat  ko’rsatishi  va  axborot-

kommunikatsiya  tizimlarida  aylanib  yuradigan  elektron  xujjatlarning 

xaqiqiyligini tasdiqlash vositalaridan foydalanish tartibini belgilash; 

 



Axborot  xavfsizligini,  maxfiy  axborotning  ruxsat  berilmagan  kirishlardan 

ishonchli ximoya qilishni ta’minlash. 

Tabiiy  xolki,  umuman  jamiyatda  axborotlashtirish  soxasida  konunchilikni 

shakllantirish  va  takomillashtirish  bunda  asos  buluvchi  jixat  xisoblandi,  chunki 

xuddi  shu  jamiyat,  uning  xar  xil  institutlari  va  fukarolarning  uzi  davlat 

boshkaruvida  elektron  texnologiyalar  joriy  etilishini  xis  kilishlari  va  uning 

afzalliklarini urgangan xolda foydalanishlari kerak bo'ladi.  

Davlat  apparatini  islox  kilish  va  tegishli  jarayonlarni  ishonchli  normativ-

xuquqiy  tartibga  solishni  ta’minlashning  muximligini  inkor  kilmagan  xolda  biz 

baribir  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari,  tegishli  infratuzilma  va  ushbu 

tizimlarda ishlash uchun professional tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi 

boshqaruvni  “elektronlashtirish”  tizimlarini  joriy  etish  vazifalari  muvaffaqiyatli 

xal etilishini ta’minlaydigan asosiy shart ekanligini e’tirof etishimiz kerak.  

Ko’plab rivojlangan mamlakatlar tajribasi hozirgi dinamik rivojlanayotgan 

dunyoda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  iqtisodiy  rivojlanishining 

lokomotivi  ekanligini,  mamlakatga  investitsiyalar  jalb  etilishiga,  yangi  ish 

o’rinlari  tashkil  etilishiga,  ilg’or  texnologiyalar  ishlab  chiqarishga  va 

boshkaruvga tatbik  etilishiga,  axborot  ayirboshlashda,  chikimlar  kiskartirilishiga 

bozor  qatnashchilari  urtasida  bitishuvlar  sodir  etilishiga  ko’maklashishini 



 

 

65 



ko’rsatadi.  Shuning  uchun  ham  O’zbekiston  xukumati  mamlakatni  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlantirishning  muhim  ustuvorligi  sifatida  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari joriy etilishini ajratib ko’rsatadi.  

Bilim  va  axborot  jarayonlarning  mahsuldorligini  oshirishda  bosh  omil 

hisoblanadi.  Axborot  kechayotgan ilmiy-texnik  revolyutsiyaning  muhim  resursli 

qismi hisoblanadi. 

Bosqichli-formatsiyali  va  tsivilizatsiyali  model  doirasida  axborot  jamiyati 

nazariyasining aniqlangan mosligi muhim hisoblanadi. Buni axborot jamiyatining 

mohiyatini  jamiyatni  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanish  bosqichi  va  axborot-

kommunikatsiya 

texnologiyalarini 

jadal 


rivojlanishiga 

asoslangan 

globallashuvning tahdidiga javob sifatida tushunish orqali ochib beriladi. 

Axborot  jamiyatini  shakllantirish  amaliyoti  keng  va  xilma-xildir. 

Rivojlangan  mamlakatlar  bugunning  o’zida  axborot  jamiyatining  ko’p  sonli 

loyihalarini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirmoqdalar.  Sayyoraning  yaxlit  axborot 

rivojlanishiga  maksimal  e’tiborni  qaratish  lozim,  chunki  bu  yana  bitta  (juda 

jiddiy) mexanizm bo’lib, uning yordamida axborotlashtirishdan foyda olishda boy 

va kambag’al mamlakatlar o’rtasidagi farqlanish yanada kuchayishi mumkin. 

Mustaqil  O’zbekistonda  axborot  jamiyatini  tashkil  qilish  loyihalari  keng 

joriy  qilinmoqda.  Mamlakatda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 

rivojlantirishning  keng  ko’lami  bo’yicha  ish  olib  boriladi,  jumladan,  qulaylik 

rejimini  ta’minlash  bo’yicha  me’yoriy-huquqiy  ishni,  aniq  loyihalarni  amalga 

oshirish,  mutaxassislarni  tayyorlash  va  aholining  kompyuter  savodxonligini 

oshirish va hokazo. 

Axborotlarning  xilma-xilligi  har  bir  boshqaruv  ob‘ektining  faoliyati  ko‘p 

tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi.  

Boshqaruv  axborotlari  o‘ta  turli-tuman  bo‘lganligiga  qaramay  axborotlarning 

asosiy  turlarida  biri  elektron  hujjat  ko‘rinishda  bo‘lishi.  Elektron  hujjat 

ko‘rinishdagi axborotlar juda ko‘b muammolarga duch keladi, bulardan biri: 

1.

 

Elektron  hujjatlarni  saqlash,  muhofaza  qilishni  va  maxfiyligi 



ta‘minlash; 


 

 

66 



2.

 

Elektron hujjatlarni ro‘yxatga olish va rahbarlar imzosini qo‘yish; 



3.

 

Elektron 



hujjatlar 

bajarilishini 

markazlashtirilgan 

va 


markazlashtirilmagan tarzda nazorat qilish; 

4.

 



Elektron  hujjatlarni  uzoq  masofaga  yetkazib  berilishida  uning 

xavfsizligini  

5.

 

ta‘minlash va boshqa shu kabi muammolar kiradi. 



Tarmoqni  rivojlantirishning  ilmiy  asoslangan  siyosatini  o‘tkazish,  aloqa 

sohasining  normativ-huquqiy  bazasini  yaratish,  uskunaning  telekommunikatsiya 

tarmoqlarida  qo‘llanadigan  standartlashtirish,  metrologiya,  sertifikatlashtirish 

kabi  yo‘nalishlarini  rivojlantirish,  yangi  texnika  va  texnologiyalarning  joriy 

etilishini  ilmiy-texnik  qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1992  yilning oktyabr  oyida 

O‘zbekiston Respublikasining Aloqa vazirligi tomonidan aloqa sohasidagi Ilmiy-

tadqiqot  markazi  tashkil  etildi.  Bugungi  kunga  kelib,  “UNICON.UZ”  -  Fan-

texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi – 35 ta tarkibiy 

bo‘linmalardan iborat hamda faoliyatning aloqa va axborotlashtirish sohasi uchun 

ustuvor  bo‘lgan  har  xil  turlari  bilan  shug‘ullanadigan  yirik  ilmiy-tadqiqot 

tashkiloti hisoblanadi. 

Markazning asosiy vazifalari: 

 

Aloqa  va  axborotlashtirish  sohasining  zamonaviy  normativ-huquqiy 



bazasini yaratish; 

 



Aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari 

bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish; 

 

Yangi texnologiyalarni joriy etish. 



Normativ  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  ilmiy  tadqiqotlarni  o‘tkazish 

quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 

 

Yangi 



avlod 

telekommunikatsiya 

tarmoqlarini, 

yangi 


axborot 

texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish; 

 

Telekommunikatsiya  tarmoqlarini  boshqarish,  tarmoqlararo  ulanishlar  va 



turli xildagi telekommunikatsiya xizmatlari trafigini o‘tkazish; 


 

 

67 



 

Pochta aloqasi; 



 

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi; 



 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish; 



 

Marketing tadqiqotlari va tarif siyosati; 



 

Axborot xavfsizligi, kriptografiya; 



 

Radioaloqa,  radioeshittirish  va  televideniye,  elektromagnit  moslashuv, 



simsiz aloqa texnologiyalarini joriy qilish; 

 



Sifat menejmenti tizimlarini joriy qilish; 

 



Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasidagi  atamalarni  davlat 

tilida ishlab chiqish va joriy etish; 

 

Tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi tadqiqotlar va boshqalar. 



Shu  bilan  birga,  “UNICON.UZ”  -  Fan-texnika  va  marketing  tadqiqotlari 

markazi Davlat unitar korxonasida quyidagilar amalga oshiriladi: 

 

Aloqa va axborotlashtirish texnik vositalarini standartlashtirish; 



 

Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish; 



Aloqa  va  axborotlashtirish  sohasidagi  metrologik  ta‘minot  va  o‘lchashlar 

birligini ta‘minlash: 

 

Aloqa ob‘ektlarining davlat kadastrini yuritish; 



 

Standartlar,  axborotni  muhofaza  qilish  protokollari  va  vositalarini  ishlab 



chiqish; 

 



Elektromagnit moslashuv tahlili; 

 



Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish; 

 



Marketing tadqiqotlari va konsultatsiyalarini o‘tkazish; 

 



Elektron  raqamli  imzo  kalitlarini  ro‘yxatga  olish  markazi  faoliyatini 

amalga oshirish; 

 

Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish; 



 

Axborot-tahliliy va noshirlik faoliyatini amalga oshirish. 



 


 

 

68 




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish