Mavzu: Ko’payish xillari.
Reja:
1. Ko’payish xillari: jinssiz va jinsiy ko’payish
2. O’simliklarda jinssiz ko’payish
3. Hayvonlarda jinssiz ko’payish
4. Ko’payishning ahamiyati
Organizmlarning ko’payish usullari juda xilma-xil va murakkab bo’lishiga
qaramay, uning asosini ikki xil: jinsiy va jinssiz ko’payish tashkil qiladi.
Jinsiy bezlarda hosil bo’lgan jinsiy hujayralar ishtirokida boradigan nasllar
gallanishi va rivojlanishiga jinsiy ko’payish deyiladi.
Bu ko’payish xili evolutsiya davomida paydo bo’lgan bo’lib, unda ota va ona
genotiplarining xilma – xil bo’lishi muhim ahmiyatga ega. Jinsiy ko’payish tufayli
nasllarning hayotchanligi va organizmlar orasidagi xilma – xillik ortadi.
O’simliklar olamida jinsiy ko’payishni yopiq urug’li o’simliklar misolida ko’rish
mumkin. Gulli o’simliklar gulidagi changchida otalik, urug’chida esa onalik jinsiy
hujayralari yetiladi. Bularning qo’shilishidan murtak rivojlanadi bu yangi organizm
demakdir. Changchi va urug’chi bir gulda joylashgan bo’lsa bunday o’simliklarni ikki
jinsli o’simliklar deyiladi. Bularga olma, o’rik, behi, gilos kabilar kiradi.
Jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan, balki somatik hujayralar ishtirokida
nasllarning gallanishi va rivojlanishiga jinssiz ko’payish deyiladi.
Jinssiz ko’payish tabiatda keng tarqalgan.
Ko’pchilik bir hujayrali sodda hayvonlar (amyoba, avglena, tufelka) teng ikkiga
bo’linish yo’li bilan ko’payadi.
Bir hujayrali suv o’tlari (xlorella, xlomidomonada), sporalilar bir necha bo’laklarga
bo’lish yo’li bilan ko’payadi, ko’p bo’laklarga bo’linib ko’payish – shizogoniya
deyiladi.
Bir va ko’p hujayrali organizmlarda jinssiz ko’payish usullaridan biri
kurtaklanishdir. Misol uchun achitqi va gidralar.
Achitqining kurtaklanishi Gidraning
kurtaklanishi
Kurtaklanib ko’payishda, dastlab, ona organism tarkibida yadrosi bo’lgan bo’rtma
hosil bo’ladi. U o’sib ona organizm darajasida kattalashadi, so’ngra ajralib mustaqil
yashaydi. Ko’p hujayrali chuchuk suv gidrasida kurtak hujayralar guruhidan iborat
bo’lib, kurtaklar ona organizm tanasi hisobiga oziqlanib, tez rivojlanadi. Ularning
uchida paypaslagichlari va og’iz teshigi paydo bo’ladi. Yosh gidralar biroz o’sgandan
keyin ona organizmdan ajralib mustaqil yashay boshlaydi.
O’simliklar orasida vegetativ ko’payish keng tarqalgan bo’lib, ular qalamchalari,
gajaklari, ildiz bachkisi, tugunaklari, piyozchalari va ildizpoyalari orqali ko’payadi.
Kartoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida,
tol, terak, tok, qoraqat qalamchalari
yordamida, olma, yantoq, olcha, terak kabilar ildiz bachkisi bilan, qulupnay gajaklari
orqali, begoniya bargi, ildiz tugunaklari, iloq, g’umay, shirinmiya, ajriq, hilol
ildizpoyalari orqali ko’payadi. Misol uchun hilol tugunagi hisobiga 1m
2
joyda 1800
tagacha o’simlik hosil qiladi.
Ayrim hayvonlarda ham vegetativ ko’payish kuzatiladi. Halqali chuvalchanglar tanasi
bir necha bo’lakka bo’linganda ularning har biridan alohida organizm rivojlanadi.
Hayvonlarda kuzatiladigan vegetativ ko’payish asosida regeneratsiya yoki yo’qotilgan
qismni qayta tiklash yotadi. Regeneratsiya umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlar
(sudralib yuruvchilar) uchun xosdir.
Jinssiz ko’payishda hosil bo’lgan avlod ona organizmning aynan o’xshashi
bo’ladi. Jinssiz ko’payishning biologik ahamiyati, organizmning tez ko’payishi va ko’p
avlod hosil bo’lishini ta’minlashdan iborat. Jinssiz ko’payish asosida mitoz ko’payish
yotadi.