Mavzu: ko’p tilli (O’zbek va rus) auditoriyada ingliz tilini intensiv o’qitish uslubiyatlari mundarija kirish I bob: ko’p tilli


III BOB. KO’P TILLI (O’ZBEK VA RUS) AUDITORIYADA INGLIZ TILINI INTENSIV O’QITISH MAZMUNINING METODIK TAVSIFI



Download 49,56 Kb.
bet9/10
Sana31.12.2021
Hajmi49,56 Kb.
#223984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko'p tilli o'zbek va rus tillarida

III BOB. KO’P TILLI (O’ZBEK VA RUS) AUDITORIYADA INGLIZ TILINI INTENSIV O’QITISH MAZMUNINING METODIK TAVSIFI
3.1. Ingliz tili materialiga oid ko’nikmalarni shakllantirishning qiyosiy tahlili

Leksikani metodik tayyorlash tadbiri metodistlar tomonidan bajarilgach, uning natijalari bevosita o’qitish amaliyotiga joriy etiladi. O’rgatishga tayyorlangan leksik material yuzasidan darsda va boshqa mashg’ulotlarda muallim ishtiroki va rahbarligida o’quvchilar leksik ko’nikmalarni egallaydilar. Mazkur tadbir o’qitish metodikasida leksik ko’nikmalarni shakllantirish bosqichi deb ataladi. Leksik ko’nikmalarni shaklantirish uch bosqichda o’tishi tadqiqotlarda ko’rsatib o’tilgan. Bunda birinchi bosqich yangi so’z bilan tanishishdan boshlanib, ikkinchi bosqichda leksika nutq jarayonida qo’llana boshlaydi. Uchinchi bosqichda esa ’rganilayotgan so’z nutq faoliyati turlarida, malaka tarkibida o’zlashtiriladi.

Tanishish (prezentatsiya) bosqichida so’zning shakli, ma’nosi va qo’llanishi yuzasidan mashq bajariladi. Yangi so’z ma’nosi bilan tanishish, ma’lumki, ikki usulda amalga oshiriladi: tarjimasiz va tarjima vositasida.

Tarjimasiz usul ichki va tashqi ko’rgazmalilikdan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Yangi so’z tarjimasiz usul bilan o’rgatilganda narsa, rasm, hatti-harakat namoyish qilinib, mana bunday topshiriqlar beriladi: so’z ma’nosini fahmlab oling (masalan, kitob ko’rsatiladi va uning nomi ingliz tilida jumla tarzida aytiladi). Tarjimasiz usulda antonim, sinonim, so’z yasash elementlari, kontekst, ta’riflashdan ham foydalanish mumkin. Tarjimasiz usul narsa nomini, uning hajmi, rangi yoki harakatni ifodalovchi so’zlarni taqdim etishda kengroq qo’llaniladi.

Tarjimadan foydalanish zarurati paydo bo’lganda, uning ikki turidan foydalanish mumkin: birinchisi oddiy (so’zma-so’z) tarjima, ikkinchisi esa tarjima-izoh. Bunda kontekstdan ajratib olingan yangi so’zning bevosita tarjimasi keltiriladi yoki ayrim hollarda tarjima izohlanadi.

Yangi so’z ma’nosini mustaqil tarzda o’rganish usuli ham kollej tajribasida keng tarqalgan. Ayniqsa, o’qish malakasini egallash chog’ida yangi so’zlarning ko’p qismi lug’at yordamida o’rganish uchun beriladi.

Leksik birlikning ma’nosi bilan tanishish uni o’zlashtirish yo’lidagi birinchi bosilgan ta’limiy qadam, xolos. Ikkinchi bosqichda so’zlarni jonli nutqda qo’llash, ya’ni ko’nikma hosil qilish uchun leksik mashqlar bajariladi. Mashqlarning asosiy turlari: (1) lug’at tarkibini kengaytirish, (2) retseptiv va reproduktiv tarzda o’zlashtirish, (3) turli leksik birliklar (so’z, turg’un so’z birikmasi, nutq klishesi)ni o’rganishga bag’ishlanadi.

Yangi leksik birlikning ma’nosini ochish (semantizatsiya) chog’ida qo’llaniladigan metodik usullar so’zning xususiyati, aktiv/passiv leksikaga oidligi, ta’lim bosqichi va o’quvchilar saviyasi, so’zning taqdim etiladigan shakli(eshitib yoki o’qib idrok etish), yangi birlikni tanishtirish joyi (dars, uy, darslik lug’at) kabi omillarga bog’liq bo’ladi.

Leksikaning qo’llanishi ko’nikma hosil qilishda oxirgi bosqich bo’lib, manosi ochilgan va nutqda ishlatila boshlagan so’zni nutq jarayonida ishlatish, ya’ni ko’nikmani malakaga o’tish davridir. Mazkur bosqichda o’quvchi so’zni nutqda mustaqil ishlata olishni o’rganadi. O’zlashtirganlik ko’rsatkichi leksikani nutqda erkin qo’llay olish yoki tanib olishdan iboratdir. Fikr bayon etish va tushunishda o’quvchi so’zni bemalol qo’llasa, yoki tanib olsa, bu leksik ko’nikmalarni shakllanganligidan dalolat beradi. O’zlashtirganlik ko’rsatkichi leksikani nutqda erkin qo’llash va tanib olishdan iboratdir.

Ingliz tili leksikasini o’rganishda nutq birlamchi, leksika esa vosita vazifasini bajaradi.

Yuqoridagi bildirilgan fikrlar asosida o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurti ingliz tili ta’limida leksikani o’rgatish bo’yicha quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

 1. Ushbu ikalla o’quv yurtida ham ingliz tili leksikasini o’rgatish nutq faoliyati turlarini egallash vositasi sifatida talqin qilinadi.

 2. Ingliz tiliga ajratilgan vaqt(soatlar)ning chegaralanganligi munosabati bilan leksik minimum muayyan metodik printsiplar asosida tanlab olinadi.

 3. Leksik minimumni tanlash o’qitish maqsadlariga bo’ysundiriladi.

 4. Leksik minimumni tanlashda o’quv yurti turi, jumladan, maktab va oliy o’quv yurti yo’nalishlari ham inobatga olinadi, jumladan sohaviy passiv leksik minimumga alohida e’tibor beriladi.

Grammatika sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri grammatik ko’nikmalarni shakllantirishdir. Grammatik hodisalarni nutq faoliyati turlarida erkin qo’llay oladigan bo’lishlari uchun o’quvchilarda grammatik ko’nikmalarni shakllantirish talab etiladi. Grammatik ko’nikma deganda, nutqda morfologik-sintaktik hodisalarni avtomatlashgan tarzda qo’llashni va tanib olishni ta’minlovchi amallar tushuniladi.

Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish taqdimot, mashq qilish, qo’llash bosqichlaridan o’tadi. Taqdimot bosqichida yangi grammatik birlikni tanishtirish (nutq namunasida taqdim etish), o’rni kelganda, ularni tushuntirish va dastlabki grammatik amallarni bajarish nazarda tutiladi. Mashqlarni bajarish bosqichida e’tibor grammatik ko’nikmani hosil qilishga qaratiladi. Grammatik hodisani nutq faoliyati turlarida qo’llash bosqichida grammatik ko’nikmalarni malakaga aylanishi ustida ish olib boriladi.

Grammatik materiallarni taqdim etishda induktiv va deduktiv usullardan foydalaniladi. Induktiv usuldagi taqdimotda avval misollar beriladi va keyin qoidaga o’tiladi. Deduktivda esa qoida (yoki nutq namunasi) berilib, so’ngra misollarda mashq qilinadi. U yoki bu usulni tanlashda quyidagi metodik omillar hisobga olinadi: (1) grammatik hodisaning tabiati shaklning o’xshashligi, ma’noning oson ochilishi induktiv usuldan foydalanishni taqozo etadi. Masalan, sifatlarning ingliz tilidagi qiyosiy va orttirma darajalarining yasalishidagi aniq belgilarning mavjudligi induktsiyani talab etadi; (2) o’xshashlik induktsiyani, tafovut esa deduktsiyani taqozo etadi; (3) fe’l zamonlarining birini oldin o’zlashtirilishi keyingisiga zamin bo’ladi va h.k.; (4) yangi hodisa mikrobirliklarini turli usullarda o’rganish mumkin. Masalan, fe’l zamonlarining yasalishi va ma’nosi induktsiyada, qo’llanishi deduktsiyada yoki aksincha taqdim etish mumkin.

Tillardagi o’xshashlik va tafovutlarni bilib olish o’quvchilarni bilim saviyasini oshishi, xotira va mantiqiy tafakkurini rivojlanishi, ularning lingvistik saviyasini ko’tarish uchun xizmat qiladi.

O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tili grammatikasini o’rgatish xususiyatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Yuqorida ko’rsatilgan ikkala o’quv yurtlarida ingliz tili ta’limida grammatikani o’rgatish ta’limiy maqsad maqomini olmaydi. U nutq faoliyati turlarini o’rgatishda vosita vazifasini bajaradi va alohida til aspekti sifatida o’rgatilmaydi.

2. Ingliz tili ta’limida grammatik hodisalar o’quvchilar uchun yangilik hisoblanmaydi. O’quvchilardan mazkur hodisalarni funktsional tarzda (qo’llanish) o’zlashtirish talab etiladi.

3. O’quv yurti turiga qarab, aktiv va passiv grammatik minimumga turlicha yondashiladi. O’rta maktab boshlang’ich bosqichlarida aktiv, yuqori bosqich va nofilologik oliy o’quv yurtlari ingliz tili ta’limida passiv grammatik minimumni o’rgatishga alohida e’tibor beriladi.

4. Ingliz tili o’qitishda grammatikaga oid nazariy ma’lumotlar hajmi o’ta cheklangan bo’lib, ular qoida-ko’rsatma va qoida-umumlashma tarzida beriladi.

O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlari o’quvchi hamda talabalariga inglizcha talaffuzni o’rgatishda xilma-xil usullar qo’llanadi: muayyan tovushning hosil bo’lishi(artikulyatsiyasi)ni tushuntirish, talaffuz namunasi (etalon)ni namoyish etish, maxsus fonetik mashqlar bajarish, matnlarni ovoz chiqarib o’qish, so’z va gaplarni fonetik tahlil qilish kabilar.

Ma’lumki, oliy o’quv yurtlariga o’quvchilar turli akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan keladilar. Ularning ingliz tilini bilish darajasi, jumladan, talaffuz ko’nikmalarini o’zlashtirish ko’rsatkichlari ham turlicha bo’ladi. Bu holat mazkur o’quv yurtining birinchi bosqichida ingliz tili talaffuziga ko’proq e’tibor qaratishni taqozo etadi. Shuning uchun oliy o’quv yurtlari dasturiy talablari ushbu bosqichda ingliz tili darsining dastlabki 10-12 akademik soatini talaffuzni bir me’yorga keltirish bo’yicha korrektiv kurs o’tkazishni taqozo etadi. SHu bilan birga, korrektiv kurs ingliz tili eshitish-talaffuz va ritm, unli hamda undosh tovushlarning klassifikatsiyasi haqida ma’lumotlarni o’quvchilarga etkazishni ham ko’zda tutadi. Mazkur ko’nikmalarni takomillashtirish maqsadida keyingi darslarda ham ma’lum vaqtni talaffuz ko’nikmalarini takomillashtirishga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaffuzni o’rgatish bo’yicha o’tkazilgan tajribalardan quyidagicha xulosalar chiqarildi



XULOSA

Rejalashtirish o‘rganiladigan barcha predmetlarni shu bilan birga chet tili o‘rgatishni ham muvaffaqiyatli amalgam oshirish garovidir. Rejaning qaysi tipi bo‘lmasin (hoh dars rejasi,hoh tematik, calendar yoki yakuniy) u o‘quv materialini barcha psixologik va metodik qonuniyatlar, printsiplar asosida ma‘lum bir davrga bo‘lib o‘rganishni taqazo etadi va tegishli ko‘nikma va malakalarni o‘stirishni nazarda tutadi.

Rejalashtirishda quyidagilarga e‘tibor qaratmoq kerak:

a) chet tili o‘qitishning boshlang‘ich bosqichida (4-sinf) chet tili darsini tashkil qilishni rejalashtirish;

b) sinfdagi o‘quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda darsni rejalashtirish;

c) darsni rejalashtirish o‘quv yili boshlanishidan oldin bajarilishi ker;

d) o‘qituvchi darslikni va undagi til materialini yaxshi bilishi va taxlil qila olishi lozim;

e) o‘qitishning shart-sharoitlarini, psixiologik qonuniyatlarini, nutq ko‘nikmalarini hosil qilish bosqichlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi;

f)zamonaviy chet tili darsiga qo‘yilgan asosiy talablarni bilish.

Tematik rejalashtirish

Chet tili o‘qitishda 2 xil rejalashtirish farqlanadi:

1.Tematik rejalashtirish

2. Kundalik dars rejalashtirish.

Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi chet tili o‘qitish maqsadi, vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketme-ketligi va shunga mos ravishda nutqiy ko‘nikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirish yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar oldindan aniqlanadi va uni bartaraf qilish yo‘llari va

tegishli mashqlar tuziladi. Rejalashtirish bir necha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Shunga ko‘ra yillik reja, tematik reja va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin. Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U o‘z navbatida yarim yillik va chorak rejalariga bo‘linadi. Unda o‘rganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har bir mavzuni o‘rgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar ko‘lami, nutq shakllarining o‘sish darajasi, o‘tkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni ta‘kidlash kerakki har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmog‘i lozim. Agar biron bir sababga ko‘ra rejaga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa ular yarim yillik va choraklik rejalarida o‘z aksini topishi kerak. Chet tili o‘qituvchilari shahar yoki tuman metod birlashmalari tomonidan tavsiya etilgan rejalar asosida ish olib borishadi. Tematik reja (unit plan) metod birlashma tomonidan tuzilsada u o‘qituvchining tashabbuskorligini cheklab qo‘ymasligi kerak. Chet tili o‘qitish jarayoni ijodiy jarayon hissoblanib, o;qituvchi zarur hollarda unga o;zgartirishlar kiritishi mumkin. Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu ma‘lum mavzuni o‘rganish natijasida erishiladigan yakuniy maqsadni aniqlashdir. Tematik reja asosida o‘qituvchi har bir darsga aloxida kundalik reja tuzadi.


Download 49,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish