Mavzu: “Ko`p hujayrali suvo`tlar” 6-sinf Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad



Download 44,74 Kb.
Sana18.04.2017
Hajmi44,74 Kb.
#7036
Nurota tuman

55-maktab

biologiya fani o`qituvchisi Sattorova Sadoqat ning

“Ko`p hujayrali suvo`tlar” mavzusidagi

dars ishlanmasi

Mavzu: “Ko`p hujayrali suvo`tlar”

6-sinf

Darsning maqsadi:

Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga ko`p hujayrali suvo`tlar vakillari, ularning muhim biologik belgilari, tarqalishi va ahamiyatini tushuntirish;

Tarbiya viy maqsad: har bir o`quvchining ko`p hujayrali suvo`tlar vakillari haqidagi ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, o`simliklarni muhofaza qilishga o`rgatish va shu orqali ekologiya tarbiyasini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning ko`p hujayrali suvo`tlar tuzilishi haqidagi bilimlari, kuzatish, o`simliklarni tanish va ajratish, darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirsh;

O`quv yilining shiori: “Dars - muqaddas”

Dars tipi: yangi bilim beruvchi;

Dars uslubi: og`zaki, savol-javob, ko`rgazmali;

Dars usuli: “Aqliy hujum”, jadvallar bilan ishlash, guruhlarda ishlash, turli interfaol usullar;

Dars didaktikasi (jihozi): Jadvallar, tarqatma va test materiallari, darslik;

Texnik vositalar: multimediya vositalari, videoproyektor, ekran, slayd darslik.

T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o`tilgan mavzuni so`rab baholash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

Darsni yakunlash:

G`olib guruhni aniqlash, o`quvchilarni baholash



2 daqiqa


6

Uyga vazifa berish

1daqiqa



Darsning texnologik xaritasi

Maqsad:

Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga ko`p hujayrali suvo`tlar vakillari, ularning muhim biologik belgilari, tarqalishi va ahamiyatini tushuntirish;

Tarbiyaviy maqsad: har bir o`quvchining ko`p hujayrali suvo`tlarning vakillari haqidagi ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, o`simliklarni muhofaza qilishga o`rgatish va shu orqali ekologiya tarbiyasini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: : O`quvchilarning ko`p hujayrali suvo`tlar tuzilishi haqidagi bilimlari, kuzatish, o`simliklarni tanish va ajratish, darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirsh;



II. O`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Dars tipi: yangi bilim beruvchi;

Dars uslubi: og`zaki, savol-javob, ko`rgazmali;

Dars usuli: “Aqliy hujum”, guruhlarda ishlash, turli interfaol usullar;

Dars didaktikasi (jihozi): Jadvallar, tarqatma va test materiallari, darslik;

Texnik vositalar: multimediya vositalari, videoproyektor, ekran, slayd.


III.O`quv jarayonining mazmuni

O`quvchilarda ko`p hujayrali o`ziga xos belgilari, vakillari bilan tanishish, ularning inson hayoti va iqtisodiyotimiz rivojida tutgan o`rnini aniqlash, darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish;

IV.Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: “Ko`p hujayrali suvo`tlar” mavzusini qisqa vaqt ichida o`zlashtirshga erishadi, o`quvchilarning faolligini oshiradi, bir vaqtning o`zida bir qancha o`quvchilarni baholarga erishadi, o`quvchilarning fanga, darsga qiziqishi ortadi.

O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi, yakka va guruhlarda hamkorlikda ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi.

V.Kelgusi rejalar

O`qituvchi: o`quvchilarni botanika faniga qiziqish yo`llarini izlaydi, ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish uchun o`z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog`laydi va solishtiradi.

O`quvchi: ko`p hujayrali suvo`tlarning o`ziga xos belgilari, vakillari haqida tasavvur hosil qiladi, ularning inson hayoti va iqtisodiyotimiz rivojida tutgan o`rnini aniqlash, darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlashga o`rganadi. Mavzuga doir yangi ma`lumotlar topishga harakat qiladi.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism o`tkaziladi. Salomlashilgach, sinf o`quvchilarining darsga tayyorligi tekshiriladi, navbatchi axboroti va kunning muhim yangiliklari so`raladi.

Sinf o`quvchilari guruhlarga ajratiladi:

1-guruh – Xlorella

2-guruh - Xlamidomonada

3-guruh – Lishayniklar

Baholash mezoni: O`quvchilarning darsdagi ishtiroki suv tomchilari yordamida rag`batlantirib boriladi.

Darsni boshlashdan oldin “Oltin qoida”lar eslab olinadi:

1.O`ng qo`l qoidasi

2. O`zgalar fikrini hurmat qilish

3. Erkin fikrlash

4. Tartib- intizom

5. Topqirlik



II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

1-pillapoya. Tezkor - Blits savollar

Xlorella” guruhi:

1.Oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydigan sodda organizmlar?

2.”Gullab qolgan suv”da nimalar uchraydi?

3.Xlorella hujayrasi qanday tuzilgan?

4.Xlorella hujayrasida sitoplazma va mag`izdan tashqari yana nima uchraydi?

5.Xlorella suv va unda erigan mineral tuzlarni qanday qabul qiladi?

6.Xlorella, asosan, qanday yo`l bilan ko`payadi?

7.Bitta xlorella avlodi biro y ichida qanchaga yetishi mumkin?

8.Xlorella noqulay sharoitga qanday moslashadi?

9.Yer yuzida xlorellalarning qancha turi bor?

10.O`rta Osiyoda xlorellaning necha turi uchraydi?

Xlamidomonada” guruhi:

1.Iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida qaysi bir hujayrali suvo`t uchraydi?

2.Xlamidomonada hujayrasi qanday shaklga ega?

3.Xlamidomonada vakuolasining soni nechta?

4.Qaysi suvo`t hujayrasida xivchinlari mavjud?

5.Qaysi suvo`tni akvarium devorlarida uchratish mumkin?

6.Qaysi suvo`t hujayrasida qizil rangli ko`z

chasi mavjud?

7.Xlamidomonadaning xivchinlari qanday vazifani bajaradi?

8.Hujayra shirasi xlamidomonadaning qaysi qismida to`planadi?

9.Xlamidomonada qanday yo`llar bilan ko`payadi?

10.Xlamidomonada qachon jinsiy yo`l bilan ko`payadi?

Lishayniklar” guruhi

1.Simbioz organizmni belgilang.

2.Yer yuzida lishayniklarning qancha turi bor?

3.Yuksak o`simliklarning o`sishi uchun zamin tayyorlovchi o`simliklar?

4.Tog` va cho`llarda ko`pincha qanday lishayniklar o`sadi?

5.Lishayniklar, asosan, qanday yo`l bilan ko`payadi?

6.Shimolda qaysi lishayniklar uchraydi?

7.Lishayniklardan nima tayyorlanadi?

8.Atir sovunlar tayyorlash uchun zarur bo`lgan xushbo`y modda qaysi o`simlikdan olinadi?

9.Bug`u lishaynigi qanday lishayniklar guruhiga kiradi?

10.Atmosfera havosining tozaligini bildiruvchi o`simlikni ayting.

2-pillapoya : “Raqamlar so`zlaganda”

O`quvchilar raqamlarni sharhlaydilar. Masalan, yer yuzida o`simliklarning 500 mingdan ortiq turi mavjud.

500 ming tur, 300 yil, +140oC, 100 ming tur, 20-30 daqiqa, -253oC, 3 ming tur, 4 yoki 8ta spora, 30 ming tur, 5tur, 10-20 sm, 26ming tur, 40 tur.



3-pillapoya: “Biologik – mitti diktant”

Quyidagi atamalar doskaga tartibsiz holda yoziladi. O`quvchilar berilgan savollarga tegishli javoblarni belgilab boradilar.

1.Suvo`tlar. 2.Xlamidomonada. 3.Xlorella. 4.Mitseliy. 5.Hujayra po`sti.

6. Spora. 7.Tallom. 8.Xromatofor. 9.Simbioz. 10.Xlamidomonada.

1.Bir hujayrali suvo`t?

2.Lishayniklar qanday organizm hisoblanadi?

3.Lishayniklar tanasi nima deb ataladi?

4.Ko`p hujayrali suvo`tlar tanasi nima deb ataladi?

5.Xivchinli suvo`tni belgilang.

6.Suvo`tlarda xlorofill donachalari vazifasini nima bajaradi?

7.Tuban o`simliklar nima deb ataladi?

8.Xlorella suv va mineral moddalarni qanday qabul qiladi?

9.Noqulay sharoitda xlorella nima hosil qiladi?

10.Iflos, azotli birikmalarga boy suv havzalarida qaysi bir hujayrali suvo`tni uchratish mumkin?

Javobi:1-xlorella, 2-simbioz, 3-mitseliy, 4-qattana , 5-xlamidomonada, 6-xromatofor,

7-suvo`tlar, 8-hujayra po`sti, 9-spora, 10-xlamidomonada.

III.Yangi mavzu bayoni:

Chuchuk suvlarda yashaydigan ko`p hujayrali suvo`tlarning ko`pchiligi oddiy yoki shoxlanib ketgan iplar shaklida bo`ladi. Ularga xos belgilardan biri o`sish davrida hujayralarining to`xtovsiz bo`linib turishi natijasida qattananing doim o`sib kattalashib borishidir. Bularga ulotruks, spirogira, kladofora, xara kabi suvo`tlar misol bo`ladi.

Daryo va soylarimizda ko`p uchraydigan belbog`li ulotriks suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar, yog`ochlar va boshqa narsalarga yopishib o`sadi. Ulotriks ipchasi zanjirsimon bir xil hujayralardan tuzilgan. U shoxlanmaydi.Ulotriks jinssiz va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Ulotrikslarning 25ta turi bor.

Hovuzlarda, zovurlarda ko`p uchraydigan suvo`tlardan yana biri – spirogiradir. Spirogiralarning 340 turi ma`lum.

O`zbekistonning daryo, ko`l va suv omborlarida yashil suvo`tlardan kladoforani ko`p uchratish mumkin. U yirik suvo`t, uning bo`yi ba`zan 1mga yetadi.

Ariq, hovuz, ko`l va sholipoyalarda keng tarqalgan begona o`t - xara ham ko`p hujayrali suvo`tlar qatoriga kiradi. U bo`yi 30-60sm sershox o`simlik.

O`zbekistondagi suvo`tlarni o`rganishda O`zFAning haqiqiy a`zosi A.M.Muzaffarovning xizmatlari katta.

IV.Mavzuni mustahkamlash:

4-pillapoya: Suvo`tlarni taqqoslang.

Suvo`t nomi

Qayerlarda yashaydi?

Tallomi qanday tuzilgan?

Ulotriks

Daryo va soylarda uchraydi

Shoxlanmagan, zanjirsimon,bir xil hujayralardan iborat

Spirogyra

Hovuz va zovurlarda, sekin oqadigan suvlarda

Shoxlanmagan, yirik silindrsimon hujayralardan tuzilgan

Xara

Ariq, hovuz va sholipoyalarda

K o`p hujayrali, sershox o`simlik

5-pillapoya: Sxemani to`ldiring.


Suvo`tlar





Bir hujayrali suvo`tlar

Ko`p hujayrali suvo`tlar





Oddiy xlorella, xlamidomonada

Ulotriks, spirogyra, kladofora, xara





Xlorella: qobiq, sitoplazma, mag`iz, xromatofor Xlamidomonada: qobiq, sitoplazma, mag`iz, xromatofor , 1juft vakuol, 1juft xivchin

Ulotirks: qobiq, sitoplazma, mag`iz, belbog` shaklidagi xromatofor

Spirogira: qobiq, sitoplazma, mag`iz, spiral shaklidagi xromatofor







Oddiy xlorella:

Yer yuzida: 40 turi

O`zbekistonda: 5turi

Ulotriks: 25turi

Spirogira: 340 turi




V.Darsni yakunlash: Har bir guruhdagi to`plangan rag`bat kartochkalar soni aniqlanadi. Eng k`op rag`bat to`plagan guruh g`olib deb topiladi. Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob topib kelish, jadvalni mustaqil to`ldirish, mavzuga doir internet ma`lumotlarini to`plash.

Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi

VIII sinf

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu :

Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi

Darsning maqsad va vazifalari

Ta`limi: o`quvchilarga ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi haqida ma`lumot berish.

Tarbiyaviy: o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.

Rivojlantiruvchi: og`iz bo`shlig`i, halqum, qizilo`ngach, oshqozonning tuzilishi va vazifasi haqidagi bilimlarni rivojlantirish.

O`quv jarayonining

mazmuni

Ovqat hazm qilish organlari og`iz bo’shlig`i, halqum, qizilo`ngach, oshqozonning tuzilishi va vazifasi haqida o`quvchilarning bilimlarini oshirish

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi: noan`anaviy

Dars turi: og`zaki, yozma

Dars jihozi: darslik, ko`rgazma, tarqatma, test, biologik diktant, boshqotirma, elektron darslik, tezkor savollar, “Xatosini top” o`yini jadvali

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi : mavzuning barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishish, ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi haqidagi bilim, ko`nikma, malakaga ega bo`lishini va darsda o`quvchilarni faolligiga erishish

O`quvchi: ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi haqidagi bilimlarga ega bo`ladilar, tibbiy bilimni oshirishga, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishga o`rganadilar.

Kelgusi rejalar

O`qituvchi : ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish, ta`limda uni qo`llay olish yo`llarini izlash va takomillashtirish, o`quvchilarni tezkorlikka, fikrlashga undash, sog`lom raqobatni yuzaga keltirish

O`quvchi: darslik bilan mustaqil ishlash, o`z fikrini erkin bayon qilish, tengdoshlari fikrini ma`qullash va yangi fikrlarni aytish



1

I. Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

II .O`tilgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

3

III. Yangi mavzu bayoni

15daqiqa

4

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

12 daqiqa

5

V.O`quvchilarni baholash

2 daqiqa

6

VI.Uyga vazifa

1daqiqa

Darsning borishi :

I. Tashkiliy qism ( 5 daqiqa )

1. O`quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axborotini tinglash.

2. O`zbekistonda va jahonda yuz berayotgan yangiliklar.

3.O`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini sindirish

A-3 formatda Ma’naviyat haqida yozilgan so`z doskaga ilinadi va o`quvchilar Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yozilgan asardagi jumlani to`ldirishlari kerak.

Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ______________ _____________ _______________ ______________ singadi.

Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asaridan

(Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o`giti bilan birga singadi ).

A-3 formatda “Vatandoshlar ” so`zi yozilib doskaga ilib qo`yiladi, o`quvchilar shu so`zda mavjud bo`lgan harflardan foydalanib so`z tuzishadi.

Masalan: Vatan, ota, ona, osh, tor, tana, ot, ov, ol, shod, rost,tosh…………..

Qaysi guruh birinchi bo`lib bajarsa, shu guruh g`olib sanaladi.



Dekabr oyining eng muhim sanalari

1-dekabr - “Butun jahon OITS ga qarshi kurashish” kuni.

3-dekabr- ”Xalqaro nogironlarni himoya qilish” kuni

8-dekabr - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

10-dekabr - O’zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kun

21-dekabr – O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga saylovlar kuni

31-dekabr - Yangi yil bayrami

O`quvchilar tomonidan bu muhim sanalarga ta’rif beriladi va guruhlar o`z guruhiga ta’rif berishadi .



I guruh “Pedagoglar ”

II guruh “Shifokorlar”

III guruh “Dorishunoslar”

Rag`batlar bilan guruhlar tanishtiriladi: ”Ofarin”, ”Barakalla”, ”Izlanuvchan” nominatsiyalari bilan dars davomida rag’batlantirilib boriladi.

5”- ofarin

4”- barakalla

3”- izlanuvchan

Psixologik iqlim yaratish uchun o`quvchilar bilan “Atamalar zanjiri” o`yini o`ynaladi. Bunda guruhlar navbat bilan atamalarni aytadi, keyingi guruh izohlaydi.

Masalan:

Periost-suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda, suyak usti pardasi bilan qoplangan.

Sinovial suyuqlik –fatsiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradi.

Ergograf-muskulning ishi shu asbob yordamida lentaga yozib olinadi.

Gemofiliya – qon ivishining buzilishi va nasldan-naslga o`tadigan kasallik

Eng” so`zi bilan boshlanadigan savol-javob o`yinini o`ynaymiz.

Har bir guruhga ”ENG” so’zi bilan boshlanadigan savollar beriladi, to`g`ri topgan guruh rag`batlantiriladi.

1. Eng katta gul ?

2. Eng kichkina qush?

3. Eng baland cho`qqi?

4. Eng kichkina davlat?

5. Eng baland daraxt?

6. Eng katta qush?

7. Eng kichkina gul?

8. Eng uzun daryo?

I. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: (5 daqiqa ) o’quvchilarga tarqatma savollar beriladi va har bir tarqatma ikkitadan savollardan tashkil topgan .

1. Ovqat qanday qilib qonga so`riladi?

2. Maktabimiz shiorini ayting ?

1. Fizik o`zgarish deb nimaga aytiladi?

2. Maktabimizda nechanchi saylov uchastkasi tashkil etilgan ?

1. Kimyoviy o`zgarish deb nimaga aytiladi?

2. O`zbekistonda qaysi siyosiy partiyalar faoliyat olib bormoqda?

1. Ovqatni parchalovchi fermentlar necha guruhga bo`linadi va ularga ta’rif bering?

2. Maktabimizda tashkil etilgan saylov uchastkasining raisi kim?

1. Bu fermentlar qayerdan ishlab chiqariladi?

2.Uchquduq tumanining hokimi kim?

1. Fizik va kimyoviy o`zgarish natijasida ovqat qanday hazm qilinadi?

2. 2015-yil Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilindi?

1. V.A.Basov qanday tajriba o`tkazdi?

2. Navoiy viloyatining hokimi kim?

1. I. P.Pavlov qaysi usulni takomillashtirdi?

2.O`zbekiston Respublikasining bosh vaziri kim?

1.Ovqatlanishning shartli refleksi deb nimaga aytiladi?

2.Shukronalik deganda nimani tushunasiz?

1.Odamda ovqatga nisbatan qanday shartli refleks hosil bo`ladi ?

2.2014 –yil qanday yil deb nomlangan edi?

1. I. P.Pavlov ovqat hazm qilish a`zolari fiziologiyasini o`rganishga qo`shgan hissasi uchun qanday mukofotga sazovor bo`ldi?

2.O`zbekiston mustaqilligini madh etuvchi she’r ayting?

III. Yangi mavzu bayoni ( 15 daqiqa)

O`qituvchi tomonidan yangi mavzu tushuntiriladi:



Ovqat hazm qilish organlari lablar, og`iz bo‘shlig`i, halqum, qizilo‘ngach, me’da, o`n ikki barmoq ichak, ingichka va yo`g`on ichaklar hamda me’daosti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan.Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo`lib, ular og`izning kirish qismini hosil qiladi. Tishlar ikki xil boladi: sut tishlari — 20 ta, doimiy tishlar — 32 ta. Sut tishlilari bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Bola olti yoshligidan to o`n ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ulaming o‘miga doimiy tishlar cliqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo`lib, yuqori va pastki jag`da 16 tadan, jag`larning o`ng va chap tomonida 8 tadan bo`ladi. Shulardan oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12—yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag’lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi.Tish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), bo`yni va ildizi. Tishning ko`rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo`yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag` suyaklariga birikkan bo`ladi. Tishning ichki qismida bo`shliq bo`lib, u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan . Zararlangan tish o`z vaqtida davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o`tib, yurak, buyrak, jigar va miya kabi hayotiy muhim organlarda og`ir kasalliklami keltirib chiqarishi mumkin. Tishlarning sog`lom bo`lishi ovqatni chaynash, yutish va hazm qilish, nutqning ravon bo`lishi, so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Tishlarni sog`lom saqlash uchun har kuni uxlash oldidan tishni tish pastasi yoki tish kukuni bilan tozalash lozim.Til og`iz bo`shlig`ida joylashgan, muskuldan tashkil topgan organ bo`lib, u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o`tkazish va uning ta`mini aniqlash vazifasini bajaradi. Tilning eng muhim vazifalaridan biri so`zlarning ravon talaffuz qilinishini ta’minlashdir.Til uch qismdan: uchi, tanasi va ildizdan iborat. Tilning ustini qoplagan shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari bo`lib, uning uchida, asosan, shirin, ildiz qismida achchiq, yon tomonlarida sho`r va nordon ta’mlarni sezuvchi retseptorlar bo`ladi. Og`iz bo`shlig`ida ovqat hazm bo`lishida so`lak bezlarining ahamiyati. Og`iz bo`shlig`iga uch juft: tilosti, jag`osti, quloqoldi so`lak bezlarining kanalchalari ochiladi. Bu bezlardan ajralgan so`lak og`iz bo`shlig`iga quyilib, ovqatni ho`llab, uning yutilishini qulaylashtiradi. So`lak tarkibida uglevodlarni parchalovcli ptialin fermenti bo’ladi. Shuning uchun non og`izda ko`proq chaynalsa, shirin maza beradi. So`lak tarkibida lizotsim, degan modda bo`lib, u og`iz bo`shlig`iga tushgan mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega. Halqum burun va og`iz bo`shlig`ining davomi bo`lib, u shilliq va muskul qavatlardan iborat. Uning uzunligi katta odamda o`rtacha 15sm bo`lib, uch qismga - burun, og‘iz va hiqildoqqa bo`linadi. Halqumning vazifasi ovqatni og`iz bo`shlig`idan qizilo`ngachga, havoni burun bo`shlig`idan hiqildoqqa o`tkazishdan iborat. Halqumning pastki qismi qizilo`ngachga tutashadi.Qizilo`ngach uzunligi o`rtacha 23-25 sm bo`lib, shilliq va muskul qavatdan iborat. U ko`krak qafasi to`sh suyagining orqa qismida joylashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga o`tkazishdan iborat.Me’da qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. Katta odamda me’daning hajmi o`rtacha 2,5 1 atrofida bo`ladi. Me’daning ichki shilliq pardasi ostida juda ko`p 14 millionga yaqin mayda bezlar joylashgan bo`lib, ular pepsin, lipaza fermentlari va xlorid kislota ajratadi. Pepsin ovqat tarkibidagi oqsillami, lipaza yog`larni parchalaydi. Xlorid kislota esa pepsin fermentining faollik kuchini oshiradi.Odam me’da va ichak shirasini tekshirish maqsadida zondlash, ya’ni elastik rezina naycha kiritish metodi qo`llaniladi. Hazm qilish organlarining holatini o‘rganishda rentgenoskopiya metodidan foydalaniladi. Buning uchun kasalga rentgen nurlarini o`tkazmaydigan moddadan tayyorlangan bo‘tqa ichiriladi. So`ngra rentgen ekranida hazm qilish nayi har xil qismlarining chegarasi aniqlab olinadi. Hozirgi davrda ovqat hazm qilish sistemasini ultratovush yordamida tekshirib, tashxis qo‘yish metodi keng qo’llaniladi.

Yangi mavzu yanada tushunarli bo`lishi uchun elektron darslik qo`yiladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash(12daqiqa): uchun biologik diktant, kichik guruhlarga qisqa savol-javoblar, boshqotirma, noto`g`ri javobni top o`yini, test savollari, tezkor savollar, ovqat hazm qilish sistemasi organlarini to’g’ri joylashtirish, kabi topshiriqlarni bajaradilar. Biz bu bilan o`quvchilarni tezkorlikka, topqirlikka o`rgatamiz.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun biologik diktantning “Mitti diktant” usulidan foydalanib diktant olinadi.



Mitti diktantOvqat hazm qilish organlarining tuzilishi

1.Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo’lib ,ular og’izning ________________

qismini hosil qiladi.

2.Og’iz bo’shlig’ida oziq moddalar aksariyat _____________ va qisman ______________ o’zgarishlarga uchraydi .

3.Sut tishlari bolaning _________ oyligidan ____________ yoshigacha chiqadi.

4. Til uch qismdan:ya’ni _________, ____________ va ______________dan iborat.

5.Katta odamda ___________ ning hajmi o’rtacha 2,5 litr atrofida bo’ladi.

Mitti diktantning javobi

1.Kirish


2.Fizik ,kimyoviy

3. Olti, ikki

4.Uchi,tanasi,ildiz

5.Me’da


Mitti diktant javoblarini tekshirish uchun slayd orqali javoblarini namoyish etamiz va bunda biz yangi mavzu bo’yicha barcha o’quvchilarni baholagan bo’lamiz.

O’quvchilarga yangi mavzuni yanada mustahkamlash uchun har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi



I guruh “Pedagoglar ” ga beriladigan test savollari:

1.Tishlar necha xil bo’ladi ?

A) 2 B) 32 S)20 D)3

2.Jag’larning o’ng va chap tomonida nechtadan tishlar bo’ladi?

A)32 B)16 S)8 D)20

3.Tishning ko’rinib turgan tashqi qismi nima bilan qoplangan?

A)milk bilan B) koronka bilan S)ohak bilan D)emal moddasi bilan

4.Zararlangan tishlar o’z vaqtida davolanmasa hayot uchun muhim bo’lgan qaysi organlarda og’ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin?

A) yurak B)buyrak S)miya ,jigar D)barcha javoblar to’g’ri

5.Tilning uchi qanday ta’mni sezadi?

A)shirin B)achchiq S)sho’r D) nordon

6.Og’iz bo’shlig’iga tushgan mikroblarni qaysi modda eritib yuborish xususiyatiga ega?

A)ptialin B)lizotsim S) pepsin D)xlorid kislota

7.Qzilo’ngachning uzunligi o’rtacha necha sm bo’ladi ?

A)20-25 sm B)25-30 sm S)23-25 sm D)to’g’ri javob berilmagan

8.Me’daning ichki shilliq pardasida qanchaga yaqin mayday bezlar joylashgan?

A)12000 B)20 000 S)10mln ga yaqin D)14mln ga yaqin

9.Ovqat hazm qilish ketma-ketligi to’g’ri berilgan qatorni toping?

A)Og’iz bo’shlig’i,halqum ,qizilo’ngach,me’da ,o’n ikki barmoqli ichak ,ingichka ichak,yo’g’on ichak

B) qizilo’ngach,me’da ,o’n ikki barmoqli ichak ,ingichka ichak,yo’g’on ichak , og’iz bo’shlig’i,halqum

S) Og’iz bo’shlig’i,halqum, o’n ikki barmoqli ichak ,ingichka ichak,yo’g’on ichak

D)o’n ikki barmoqli ichak ,ingichka ichak,yo’g’on ichak

10.Katta oziq tishlar necha yoshdan keyin chiqadi?

A)16 yoshda B)15 yoshda S)18 yoshda D)20 yoshda



Test javoblari: 1.A 2.S 3.D 4. D 5.A 6.B 7.S 8.D 9.A 10.S

II guruh “Shifokorlar” guruhiga beriladigan qisqa savollarga javob yozadi:

1.Yuqori va pastki lablar nimalardan iborat?

2.Og’iz bo’shlig’ida nimalar joylashgan?

3.Doimiy tishlar nechta?

4.Og’izda jami qoziq tishlarning soni nechta?

5.Doimiy tishlarning 28 tasi necha yoshgacha chiqadi?

6.Tishning ko’rinib turgan tashqi qismi nima deb ataladi?

7.Til necha qismdan iborat?

8.Katta odamda halqumning o’rtacha uzunligi necha sm atrofida bo’ladi?

9.Lipaza ovqat tarkibidagi nimalarni parchalaydi?

10.Ovqatning ta’mini qaysi ovqat hazm qilish organi aniqlaydi ?

II guruh “Shifokorlar” guruhiga berilgan qisqa savollarning javoblari :

1.Muskullardan 6.Koronka

2.Til,tish,so’lak bezlari 7.Uch qismdan

3.32 ta 8.15 sm

4.4ta 9.Yog’larni

5.12-14 yoshgacha 10.Til



III guruh – “Farmasevtlar” guruhiga beriladigan test savollaridan ”Noto’g’ri javobni top” o’yinidan foydalanamiz.

1.Me’daga xos bo’lmagan xususiyatni toping?

A) 14mln ga yaqin mayda bezlar bor B)katta odamda 2,5 l atrofida

S) qon aylanishning markaziy organi D)diafragma ostida joylashgan

2.Ovqat hazm qilish organlariga kiradi ?

A)og’iz B)halqum S)o’pka D)me’da



3.Tish quyidagi qismlardan iborat?

A)tish toji B)tanglay S) bo’yni D) ildizi



4.Zararlangan tish o’z vaqtida davolanmasa quyidagi kasalliklar kelib chiqadi?

A) kariyes B)pulpit S) nekroz D) gastrit



5.Og’iz bo’shlig’ida qaysi so’lak bezlarining kanalchalari ochiladi?

A) tilosti B) me’da osti S)quloqoldi D)jag’osti



6.Halqumda qaysi qismlar mavjud?

A)qizilo’ngach B) hiqildoq S) og’iz D ) burun



7.Odam me’da ichakni o’rganishda va tashxis qo’yishda qaysi usullarda foydalanilmoqda?

A) zondlash B) rentgeneskopiya S)ultra tovush D) jarrohlik



8.Qizil o’ngachga xos bo’lmagan xususiyatni toping?

A)uzunligi 23-25 sm B)shilliq va muskul qavatdan iborat

S)to’sh suyagining orqasida joylashgan D) ayirish vazifasini bajaradi

9.Og’iz bo’shlig’ida quyidagi organlar joylashgan?

A)bronx B)til S)tish D)so’lak



10.Tishlar asosan quyidagilardan iborat?

A)kesuvchi B)qoziq S) katta oziq D)yirtqich



III guruh – “Farmasevtlar”ga berilgan ”Noto’g’ri javobni top” test savollarining javoblari

1.S 2.S 3.B 4.D 5.B 6.A 7.D 8.D 9.A 10.D

Uchala guruhdan guruh sardorlari chiqib ovqat hazm qilish organlari yozilgan rangli varaqlarni ketma-ketlikda doskaga yopishtiradi qaysi guruh birinchi va xatosiz bajarsa shu guruh sardori g’oliblikni qo’lga kiritadi.

Yo’g’on ichak ,me’daosti bezi ,jigar, qizilo’ngach, me’da ,o’n ikki barmoqli ichak ,ingichka ichak, og’iz bo’shlig’i,halqum,lablar

Javob: lablar, og’iz bo’shlig’i,halqum ,qizilo’ngach,me’da ,o’n ikki barmoqli ichak ,ingichka ichak,yo’g’on ichak ,me’daosti bezi ,jigar

Har bir guruhdan bittadan o’quvchilar doskaga chiqib ingliz tilida ovqat hazm qilish a’zolarini yozishadi , birinchi bo’lgan o’quvchi g’olib hisoblanadi.

Masalan :og’iz-, lab-, til-,tish-,oshqozon-, halqum-, jigar-, ingichka ichak-,yo’g’on ichak-.

Tezkor savollar har bir guruh uchun zig-zag usulidan foydalanib 5tadan beriladi.

1. Bolalarda sut tishlari nechta bo’ladi? 20ta

2. Tish necha qismdan iborat? 3 qismdantishtoji,bo’yni, ildizi

3. Tishning ildiz qismi qayerda birikkan bo’ladi? Jag’ suyaklariga

4. Tish kasalliklaridan birini ayting? kariyes

5. Til qayerda joylashgan ? og`iz bo`shlig`ida

6. Tilning ildiz qismi qanday ta’mni sezadi? achchiqni

7. Qizilo’ngachning o’rtacha uzunligi? 23-25 sm

8. Og’izdagi mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega bo’lgan modda? lizotsim

9.Sho`r va nordonni tilning qaysi qismi sezadi? yon tomoni

10.Og`iz bo’shlig’ida necha juft so’lak bezlarining kanalchalari ochiladi? uch juft

11.Insonga hayoti davomida ikki marta bepul ,uchinchi marta pulga beriladi ? tish

12.Ovqat hazm qilish organining qaysi biri nafas olishda ham ishtirok etadi? halqum

13.Pepsin ovqat tarkibidagi qaysi organik moddani parchalaydi? oqsillarni

14.Aql tishlari necha yoshdan keyin chiqadi? 18 yoshdan keyin

15.Kurak tishlar nechta? 8ta



V. O’quvchilarni baholash (2daqiqa) rag’bat kartochkalari yig’ilib go’lib guruh e’lon qilinadi va kundaliklarga baholar qo’yib chiqiladi.

VI. Uyga vazifa: (1daqiqa)

Sinfdagi barcha o’quvchilar “Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi”mavzusining

66-69-betlarni o’qib kelish,mavzuga doir qisqa savol-javoblar yozish

5”-ofarin kartatekasi bilan rag’batlantirilgan o’quvchilar test tuzib keladi,

Namuna:

Tilning uchi qanday ta’mni sezadi?

A)shirin B)achchiq S)sho’r D) nordon

4”-barakalla kartatekasi bilan rag’batlantirilgan o’quvchilar qisqa savol-javoblar yozadi.

Namuna:

Og’izdagi mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega bo’lgan modda? Javob:lizotsim



3”-izlanuvchan kartatekasi bilan rag’batlantirilgan o’quvchilar mavzu yakunida berilgan savollarga javob yozib kelishadi.

Namuna:

Tishlar necha qismdan iborat?

Javob:Tish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), bo`yni va ildizi. Tishning ko`rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo`yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag` suyaklariga birikkan bo`ladi. Tishning ichki qismida bo`shliq bo`lib, u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan .

Navoiy viloyati

Uchquduq tuman

XTMFMTTEBga qarashli

20- umumiy o`rta ta’lim maktabi

biologiya fani o`qituvchisi

Bobojonova Mohigulning

odam va uning salomatligi fanidan

bir soatlik dars

ishlanmasi



Mohigul BOBOJONOVA

Uchquduq tumani

20-maktabning biologiya fani o’qituvchisi

Telefon raqam :+998912489181

,

Download 44,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish