Mavzu: koordinatsion qobiliyatlar va egiluvchanlikni tarbiyalash reja


Egiluvchanlikni tarbiyalashning uslub va vositalari



Download 38,69 Kb.
bet3/4
Sana03.06.2023
Hajmi38,69 Kb.
#948540
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu koordinatsion qobiliyatlar va egiluvchanlikni tarbiyalash

3. Egiluvchanlikni tarbiyalashning uslub va vositalari
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar ko’proq rivojlantirishga erishmaslik kerak. Uni kerakli harakatlarning erkin bajarilishini ta’minlaydigan darajadagina rivojlantirish zarur. Bunda egiluvchanlik kattaligi harakatda bajariladigan maksimal amplitudadan ortiq bo’lishi kerak. Egiluvchanlikning gipertrofik, ya’ni bo’g’imlarning anatomik tuzilishi doirasidan tashqari chiqadigan rivojlanishi mutlaqo to’g’ri emas, chunki bu uyg’un rivojlanishni buzadi va pedagogik maqsadlarga zid keladi. Umurtqa pog’onalari, tos-son va yelka bo’g’imlarining harakatchanligi eng ko’p ahamiyatga ega.
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho’ziluvchanlikni rivojlantiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Ular 2 guruhga: faol va sust harakatlarga bo’linadi. Faol harakatlarda biror bo’g’imdagi harakatchanlikning ortishi shu bo’g’imdan o’tadigan mushaklarning qisqarishi hisobiga ro’y beradi. Sust harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Faol mashqlar bajarilish xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar (masalan, ikki va uch marta ketma-ket engashishlar); silkinish mashqlari va qayd etiladigan mashqlar; og’irlik bilan va og’irliksiz bajariladigan mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda sharoitida gavdaning harakatsiz holatini saqlab turadigan statik mashqlar ham shu guruhga kiradi. Ularda tananing turli xil qismlarini yozish va egish, maksimal harakatsiz holat saqlanadi. Sust statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi, ular faol egiluvchanlikni rivojlantiruvchi dinamik mashqlar kabi samarali emas, lekin sust egiluvchanlikda yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi.
Bo’g’imlarda sust harakatchanlikni rivojlantirish vositalari sifatidagi mashqlarni katta amplitudada bajarish mumkin bo’lishi kerak. SHu bilan birga, shug’ullanuvchilarga maqsadli ko’rsatma berilishi kerak :“Pastga!”, “Yuqoriga!”, “Predmetga yetkaz!” va h.k.
Sust harakatning rivojlanishiga ko’maklashuvchi mashqlarga shaxsiy kuchdan foydalangan holda rezinali ekspander yoki amortizator yordamida qiyinlashtirib bajariladigan harakatlar kiradi (masalan: snaryadlarda gavdani oyoqlarga cho’zishdan foydalaniladi).
Bo’g’imlarda harakatchanlikning rivojlanishi davrida mushaklarning bo’shashishiga qaratilgan mashqlardan foydalaniladi. Bu esa mashqlarning samarasini oshiradi (10% gacha) . SHu bilan birga, bu mashqlar bo’g’imlarda ham faollikni, ham sust harakatchanlikni yaxshilashga ko’maklashadi.
Biror-bir harakatda faol harakatchanlikni oshirish ikki xil yo’l bilan sodir etiladi:
a) sust harakatlarni ko’paytirish hisobiga;
b) harakatda ishtirok etuvchi mushakning maksimal kuchi ko’payishi hisobiga.
Bo’g’imlarda katta harakatchanlikka erishish uchun har kuni mashq bajarish kerak. Yanada yaxshiroq samara 2 ta bir martalik mashqlarda (ertalab va kechqurun) kuzatiladi. CHo’zilishga beriladigan mashqni ertalabki mashq majmuasiga kiritish kerak.
Egiluvchanlikka beriladigan mashqlarda tanaffuslar hatto 2-3 hafta atrofida bo’lsa, egiluvchanlikning rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Bo’g’imlarda harakatchanlikni rivojlantirish ustida ishlashning asosiy uslubiy sharti cho’zilishga beriladigan mashqlar oldidan, albatta, badan qizdirilishining bajarilishidir.
Tana haroratining ko’tarilishi, asosan, mushaklarning maksimal harakat bajarishida katta ahamiyatga ega: mushaklarni oldindan “qizdirish” ularning cho’zilishini osonlashtiradi. CHo’zilishga oid mashqlar bajarish paytida aniq maqsad qo’yish kerak.
CHo’zilish mashqlarini muayyan izchillikda seriyalar bilan bajarish zarur: oyoqlarning yuqori bo’g’imlari uchun, seriyalar o’rtasida bo’shashish uchun mashqlar tanlash kerak.
Majmua sust yoki faol xususiyatli 8-10 mashqdan tashkil topishi mumkin. Silkitish mashqlarini bajarish vaqtida mushaklarni maksimal bo’shashtirish zarur, chunki faqat shu tariqa harakatning maksimal holatiga erishish mumkin.

Download 38,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish