Mavzu: Kondensatorlar va ular haqida tushuncha



Download 78,07 Kb.
bet2/2
Sana22.01.2022
Hajmi78,07 Kb.
#399024
1   2
Bog'liq
Fizika fanidan 1 soatli dars ishlanma 060620091516

Darsning blok sxemasi:




Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa


Dars turi: Noan’anaviy, yangi mavzuni bayon qilish.
Dars usuli: Aqliy hujum, Blits metodi, 5x6 metodi, o’yla izla top metodi, kim ko’p formula yozadi metodi.
Dars jihozi: Pisa test, Darslik, plakat, kompyuter, kondensator turlari, Krassvord, tarqatma materiallar.
Darsning borishi
I Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga kerakli jihozlarni darsga tayyorlash.
II O’tilgan mavzuni takrorlash. Pisa test
1) Gapni davom ettiring. Kondensator deb …
2) Kondensatorning elektr sig’imini qanday ifodalash mumkin?
a)C=q∙U b)C=q / U c)C=U / q
3) Elektr o’tkazmaydigan modda va jismlarga nima deyiladi?
a) Qattiq jism b)dielektrik c)plastin










4) 2 mF, 5 mkF, 8 nF, 6 pF ni, faradlarda ifodalang.



5) Sig‘imlari 10 mkF bo‘lgan kondesatorlar

rasmda ko‘rsatilgandek ulangan.

Kondesatorlar batareyasining umumiy

sigimini (mkF) toping.

III Yangi mavzuning bayoni.
Kondensator va uning elektr sig'imi: Elektrotexnikada ko'p miqdordagi elektr zaryadlarini bir joyda to'plash muhim ahamiyatga ega.

Elektr zaryadlarini to'plash uchun mo'ljallangan asbob kondensator deb ataladi. Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik jihozlarning muhim elementi hisoblanadi. Amalda o'tkazgichlari yassi shaklda bo'lgan kondensatorlar ko'p qo'llaniladi. Bunday kondensatorlar yassi kondensatorlar deyiladi. Yassi kondensator o'zaro parallel bo'lgan ikkita yassi o'tkazgichdan iborat. Bu yassi o'tkaz-gichlar kondensator qoplamalari deyiladi. Qoplamalar qarama-qarslii ishorali zaryadlar bilan zaryadlanadi. Kondensatorning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to'planadi. Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig'imidir. Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig'imining birligi qilib, ingliz fizigi Maykl Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik bo'lgani uchun amalda uning ulushlari bo'lgan mikrofarad (μF) va pikofarad (pF) ko'proq qo'llaniladi.

Yassi kondensator qoplamasining yuzasi S qancha katta bo'lsa, unda shuncha ko'p zaryadlarni to'plash imkoniyati bo'ladi. Qoplamalari orasidagi masofa d qancha kicliik bo'lsa, kondensatorda shuncha ko'p zaryadlarni to'plash mumkin. Bu demakki, yassi kondensatorning sig'imi qoplamalari yuzasiga to'g'ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari proporsionaldir, ya'ni:

С=ε∙ε0S/d
bunda: ε0= 8,85-10 12 C2/N*m2 - elektr doimiysi, S-qoplamalar orasidagi moddaning dielektrik singdiruvchanligi, masalan, havo uchun ε= 1, slyuda uchun ε = 6, shisha uchun

ε = 7.


Staniol qavatlariga biriktirilgan o'zaklardan biriga musbat, ikkinchisiga manfiy zaryad beriladi. Natijada staniolning birinchi, uchinchi, beshinchi va hokazo toq sonli qavatlarida musbat zaryadli, ikkinclii, to'rtinchi, oltinchi va hokazo juft sonli qavatlarida manfiy zaryadli zarrachalar to'planadi.

Elektrotexnikada turli xil kondensatorlar qo'llaniladi. Ulardan ayrimlari 23- a rasmda tasvirlangan. Elektr zanjirga ulangan kondensator sxemada 23- b rasmda ko'rsatilgandek belgilanadi.



Elektrotexnik jihozlarda o'zgaruvchan sig'imli kon­densatorlardan ham foydalaniladi. Bunday kondensatorlarning islilash prinsipi qoplamalar bir-biriga nisbatan siljishiga asoslangan. Kondensator navbatma-navbat oralatib joylashtirilgan qo'zg'almas va qo'zg'aluvchan metall qoplamalardan iborat bo'lib, qo'zg'aluvchan qop­lamalar muruwatga biriktirilgan. Muruwat buralganda kondensatorning qo'zg'aluvchan qoplamalari qo'zg'al­mas qoplamalariga nisbatan siljiydi va qoplamalarning ustma-ust tushgan yuzalari o'zgaradi. Natijada konden­satorning sig'imi o'zgarib boradi.

Radioni tegishli to'lqinga sozlashda muruvvati buralib, o'zgaruvchan kondensatorining sig'imi o'zgartirib boriladi.
Kondensatorlarni parallel va ketma-ket ulash

Elektr zanjirlarda kondensatorlar sig'imini oshirish yoki kamaytirish zarurati bo'ladi. Buning uchun kondensatorlarni parallel yoki ketma-ket ulash mumkin. Kondensatorlar parallel ulanganda umumiy elektr sig'imi alohida kondensatorlar sig'imlarining yig'indisiga teng.
Ya'ni: (2) Cum = C1 + C2 + C3
Kondensatorlarni o'zaro parallel ulash uchun ularning musbat zaryadli qoplamalari musbat zaryadli qoplamalari bilan, manfiy zaryadli qoplamalari manfiy zaryadli qoplamalari bilan ulanadi (24- rasm). Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy elektr sig'imining teskari miqdori har bir kondensator sig'imining teskari miqdorlari yig'indisiga teng.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash:
1 Kondensatorning vazifasi nimadan iborat?
2 Kondensatorning elektr sig'imini qanday ifodalash mumkin?
3.Kondensatorlarning qanday xillarini bilasiz?
Masala yechish namunasi: Sig’imlari 75pF, 99pF, 172pF, bo’lgan kondensatorlar parallel ulangan. Kondensatorning umumiy sig’imini toping.
Berilgan: Formulasi: Yechilishi:


75pF 99 pF 172 pF Cum= 75 pF+ 99 pF+ 172 pF =346 pF

C1 = 75 pF

C2 = 99 pF



C3 = 172 pF Cum =C1+C2+C3

Cum =? Javobi: 346 pF

V O’quvchilarni baholash: O’quvchilarning darsga qatnashishlariga qarab baholanadilar.
VI Uy vazifalari. O’tilgan mavzuni o’qib kelish, mavzu yakunida keltirilgan savollarga javob topish, tezkor savollar tuzib kelish, bosh qotirmani ishlab kelish.

Sharti: ixtiyoriy sonlarni tanlab ularni qo’shing yig’indisi shartga ko’ra 67 chiqishi kerak, tanlangan sonlar faqat bir marta ishlatiladi.
67 67 67 67



















































Murodjon43 Ismailov

Download 78,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish