Dastaki skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo`l bilan tasvir bo`ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o`tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo`lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi.
Planshetli skanerlar еng ko`p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 o`lchamli) 2-10 sekund.
Do'stlaringiz bilan baham: |