Test topshiriqlarini tuzish uslubi
Test topshiqlariga qo’yiladigan didaktik talablar, tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qo’llashga yaroqli deb bo’lmaydi. Test savollari mukammal bo’lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat:
test topshiriqlari mazmunining o’quv maqsadiga muvofiqligi;
materialning ahamiyatliligi;
ilmiy aniqlik;
izchillik;
to’kislik va uyg’unlik;
o’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalashganligi;
samaradorlik (kumulyativlik);
til ravonligi va aniqligi;
bir ma’nolilik;
vaqtning qat’iy belgilanishi;
ixchamlik;
murakkablik me’yori;
to’g’ri javobda qo’shimcha belgilarining mavjud emasligi;
variativlik;
shaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik.
Test rejasi ishlab chiqilgandan keyin, talabalarning tegishli o’quv fanini o’rganish natijasida, ular oladigan bilimlarni egallashga va ko’nikma hosil qilishga oid talablar shakllantiriladi. Bu talablar odatda o’quv fani bo’yicha ishchi dasturning «fanning maqsad va vazifalari» bo’limida yoziladi. Test topshiriqlari talab etiladigan bilimlar, ko’nikmalarni egallash darajasini to’la-to’kis aniqlashi kerak. Buning uchun test topshiriqlarida aks ettirilishi zarur bo’lgan muayyan
masalalar ro’yxati (test spettsifikatsiyasi) ishlab chiqiladi. Masalan:
A - ta’riflashni bilish;
B - qonunlar, formulalar, tamoyillarni bilish;
V - masalalar yechishda qonunlar, formulalarni qo’llashni bilish;
G - o’xshashlik va tafovvutni topishni bilish;
D - sxema va grafiklarni o’qishni bilish;
E - apparatlar (texnik moslamalar)ning tuzilishi va ishlatish qoidalarini bilish va x.
O’z-o’zidan ravshanki, keltirilgan ro’yxat universal xarakterga ega emas, u har bir o’quv fanining o’ziga xosligi asosida tuziladi. Masalan: chet tillar bo’yicha jumla tuzish kabi elementlar; tarixdan muhim voqealar, atoqli arboblarning ismi-shariflari, jamiyat rivojlanishining izchilligi kabi elementlar ro’yxatda aks ettirilishi mumkin. Har bir bilim va ko’nikmani tekshirishga test topshiriqlarining muayyan foizi ajratilishi zarur. Test rejasini ishlab chiqishda bu g’oyat muhim ishdir, test validligi, ya’ni uning o’quv dasturiga muvofiqligi ko’p jihatdan ana shunga bog’liq bo’ladi. Bu masala bo’yicha test ishlab chiquvchilar o’quv fanining ishchi o’quv dasturini tahlil qilish asosida muayyan bir fikrga kelishlari mumkin. So’ngra qabul qilingan topshiriqlar sonini o’quv fani bo’limlari va o’zlashtirish darajalari bo’yicha taqsimlanadi. 8-9 jadvallarda 120 ta topshiriqni o’quv fanining 4 ta bo’limi va o’zlashtirish darajalari bo’yicha taqsimlash misol keltirilgan. Bunday rejasiz tuzilgan test tasodifiy materialga oid tuzilgan bo’lib, uning sifatsiz
chiqishi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |