Mavzu: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi


INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati



Download 45,29 Kb.
bet5/11
Sana24.11.2022
Hajmi45,29 Kb.
#871788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-mavzu Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Internet tar (1) (1)

INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati


http://www.w3.org - internetning rasmiy hujjatlar saqlanadigan serveri, hususan, siz bu yerda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet ishi masalalari muhokama qilingan konferentsiya (anjuman)larga murojaatlarni, global kompyuter tarmog‘ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz.
http://www.tsau.uz. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo‘lib, undan universitet haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
http://www.machaon.ru/digest/. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz.
http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlда ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning WWW adreslar ko‘rsatilgan. HTML muharrirlarining ro‘yxati. Bunda erkin tarqatiladigan dasturlarni ko‘rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin.
http://www2.imagiware.com/RxHTML/htdocs/single.html - HTML doktori. HTML hujjat tuzilishi, jadvallar, formatlarning to‘g‘riligi, murojaatlarning haqiqiyligini tekshiradi. Masalan: rasmga mavjud bo‘lmagan murojaat ishlatiladi yoki ochiluvchi va yopiluvchi teglar soni teng emas. Bu holda dastur xato qilingan hujjat satrining nomerini ma’lum qiladi.
Http://www.chat.ru sahifa o‘lchami 3 mb gacha bo‘lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi.
Http://www.real.com/. Bu server Internet orqali “jonli” va video uzatish muammolariga bagishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va video ko‘rishni xoxlovchilar uchun juda ko‘p tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
IP protokoli o‘z vazifasini bajarishi uchun axborotlar almashinuvida ishtirok etuvchi kompyuterlarga nomerlar yoki adreslar berish kerak .
TSR/IR tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IR adresiga ega bo‘lib, u 32 razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi. Masalan, 01001011001001001011010010100101. Bunday ko‘rinishdagi adresni albatta yodda saqlash qiyin. Shu boisdan IP protokolida adreslarning har biri 8 baytdan iborat bo‘gan 4ta blokka bo‘linib o‘nli sanoq sistemasidagi son ko‘rinishida yoziladi. Barcha baytlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi, masalan, 123.45.67.89, 195.158.8.173, 192.168.0.1,196.201.90.0 204.1.1.23 va h.k. Dastlabki ikkita blok tarmoq identifikatorini, keyingi ikki blok esa tugun identifikatorini anglatadi. Masalan, ushbu 195.158.8.173 adresda 195.158 tarmoq identifikatorini, 8.173 esa tugun identifikatorini bildiradi.

Tarmoq identifikatori

Tugun identifikatori

Network ID: 195.158

Host ID: 8.173

IP adresdagi dastlabki blok adres sinfini anglatadi. Adres sinflari esa uchta bo‘ladi: A, V va
C.

Adres
sinfi

Birinchi
blok qiymati

Mumkin bo‘gan
tarmoqlarSoni

Mumkin bo‘lgan tugunlar
soni

A sinf
V sinf S sinf

1-126
128-191
192-223

126
16384
2 097 152

16 777 214
65 534
254

Odatda kichik korxonalarga S sinfdagi adreslar beriladi. Korxona lokal tarmog‘iga 254 donagacha kompyuterlarni o‘zaro bog‘lash mumkin.
Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi
Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga oshiriladi va foydalaniladigan kompyuterlarga bog‘liq emas, albatta. Protokollar texnologiyalar orasidagi mantiqiy ko‘prik bo‘lib kommunikatsiyaning ko‘plab elementlarini boshqaradi. Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Comment)da topish mumkin. RFC bu fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatidir.
Odatda internet tizimidagi barcha prokollar "mijoz-server" sxemasi bo‘yicha ishlaydi. Server - bu ma’lum bir tarmoqda bir guruh kompyuterlar yoki dasturlarga markazlashgan holda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan kompyuter va uning dasturiy ta’minotidir. Agar server foydalanuvchilar kompyuterlariga kirishlarni, ularga kerakli fayllarni olish va uzatish imkonini bersa, unda u fayl-server vazifasini bajaradi. Bitta server-kompyuterda bir vaqtning o‘zida bir necha xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi mumkin, masalan, WWW, FTP, E-mail va Proxy serverlar. Mijoz - bu server resurslaridan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Serverga uning dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida bir nechta mijoz
bog‘lanib, undan ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Internet tizimida asosan quyidagi protokollar keng qo‘llaniladi:
Telnet – masofada joylashgan kompyuter bilan ulanib, o‘zaro axborot almashinish protokoli:
FTP – fayllarni uzatish va qabul qilish xizmati:
HTTP (Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli; Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli:
WAIS –(Wide –Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish protokoli.
World Wide Web (WWW)- Gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya) ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish protokoli.
Shu protokollar bilan yaqindan tanishib chiqaylik. Telnet protokoli
Telnet bu terminalning emulyatsiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish mumkin. Terminal emulyatsiyasi bu boshqa kompyuterga bog‘lanishni ta’minlovchi ish rejimi bo‘lib, foydalaunvchilar boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo‘ladi. Ko‘p hollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan vt100 terminal emulyatsiyasidan foydalaniladi.
UNIX operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOSdagi kabi kataloglar asosida amalga oshiriladi.
Telnet dasturini foydalanuvchi Windows yoki Dos muhitidan ishga tushirishi mumkin. Agar u Windowsda bo‘lsa, «Pusk» menyusi orqali komandalar satrida telnet komandani kiritishi lozim; DOSda esa mazkur dastur yozilgan papkadan telnet.exe faylini ishga tushirishi kerak. Telnet dasturiga kirgach foydalanuvchi bog‘lanmoqchi bo‘lgan xohlagan mashina nomini yoki IP adresini ko‘rsatish lozim. Masalan, telnet well.cf.ca.us komandaga ko‘ra well.cf.ca.us tugundagi server bilan bog‘lanish amalga oshadi. Olisdagi kompyuter foydalanuvchining ro‘yxatga olingan nomini (Login) va parolini (Password) so‘raydi. Chunki telnet aloqani o‘rnatish uchun foydalanuvchi ushbu olislashgan kompyuterda ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak. Agar telnet komanda qatorida turib Telnet ning barcha komandalari haqida ma’lumot olish kerak bo‘lsa, klaviatura orqali so‘roq (?) belgisini kiritishi lozim.
Telnet dasturiga ega bo‘lgan kompyuter lokal, aloqa o‘rnatatiladigan kompyuter esa olislashgan (masofadagi) kompyuter deb hisoblanadi.
FTP protokoli
FTP protokoli internet tizimi orqali fayllarni jo‘natish va qabul qilish uchun maxsus yaratilgan. Fayllar matn, tasvir, tovush, video va animatsiya yoki bajariladigan dasturlardan iborat bo‘lishi mumkin. FTP uchun kerakli fayllar arxivlar deb ataluvchi fayllarni o‘z ichiga
olgan maxsus serverlarda bo‘ladi. Server arxividagi fayllar mavzulari bo‘yicha kategoriyalarga ajratilgan bo‘ladi. FTP serverlarida foydalanuvchilar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan dasturlarni ham topishlari mumkin. Bugungi kunda mijozlarning yaratgan WEB sahifalari asosan FTP protokoli orqali uzatilib yangilanib boriladi. FTP protokollar foydalanuvchiga oddiy matnli yoki grafik interfeysli ko‘rinishida xizmat ko‘rsata oladi. Matn ko‘rinishli FTP protokoli asosidagi ish seansi quyida keltirilgan:
Matnli FTP protokolidan foydalanish uchun maxsus komandalarni bilish lozim, bu esa mijozlardan ba’zi bilim va malakalarni talab qiladi.
Quyida FTP protoklida foydalaniladigan buyruqlardan na’munalar keltirilgan:

Buyruq
(komanda)

Tavsif

Ascii

Matnli fayllarni uzatish rejimiga o‘tish

Binary

Ikkilik kodlar ko‘rinishidagi fayllarni uzatish rejimiga o‘tish

Cd

Olisdagi kompyuterda papkaning yo‘lini almashtirish

Dir

Olisdagi kompyuterda joylashgan fayllar ro‘yxatini ko‘rish

Get

Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga faylning nusxasini ko‘chirib




yozish

Help

FTP buyruqlari xaqida ma’lumot (yordam) olish

Mget

Olisdagi kompyuterdan mijoz kompyuteriga bir necha fayllar nusxasini
ko‘chirish.

Mijozlar foydalanishi qulay bo‘lishi uchun keyinrok grafik interfeysli protokollar ham yaratilgan. Ulardan bugungi kunda ko‘plab mijozlar keng miqyosda foydalanishmoqda. Grafik interfeysli protokolning ish seansi quyidagi rasmda keltirilgan:


HTTP protokoli
(Hypertext Transfer Protocol) –gipermatnlarni uzatish protokoli. U internet orqali WEB sahifalarni uzatish uchun ishlab chiqilgan. HTTP protokoli WWW ning asosi bo‘lib hisoblanadi. Brauzerlar interfeysi orqali mijozlar HTTP ning buyruqlarini berishadi. Berilgan buyruqqa binoan brouzer WEB serveridan so‘ralgan resurslarni (sahifalarni) oladi. HTTP protokoliga asoslangan internet resurslarining adreslari quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: http://www.uzpak.uz
Gopher protokoli
Gopher – matnli ma’lumotlarni qidirish va ko‘rish protokoli. U 1991 yilda ishlab chiqilgan. WWW protokolidan avval iyerarxik fayl strukturasidan axborotlarni olish uchun Gopher protokolidan foydalanilgan. Bu protokol yordamida mijozlar bir sahifadan ikkinchisiga menyular yordamida o‘tishgan. Gopher mijoz dasturi tekstli interfeysga ega bo‘lgan. Quyida Gopher xizmatidagi axborot resursining adresi keltirilgan:
Gopher:// Gopher.tc.umn.edu WAIS protokoli
WAIS – (Wide–Area Information Servers) – ma’lumotlar omboridan axborotlarni qidirish protokoli. Bu protokol ma’lumotlar omboridan kerakli axborotlarni qidirish uchun yaratilgan. WAIS axborot tizimi taqsimlangan ma’lumotlar omboridan tashkil topib, ular alohida serverlarda joylashgan bo‘ladi. Ma’lumotlar haqidagi axborotlar shu serverlardagi kataloglarda yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Axborot resurslarini ko‘rish WAIS – mijoz dasturi yordamida amalga oshiriladi. Kerakli ma’lumotni qidirish mijoz tomonidan kiritilgan kalit so‘z orqali amalga oshiriladi. Kalit so‘z yordamida kerakli ma’lumotlar joylashgan ma’lumotlar ombori qidiriladi. Qidiruv natijalari topilgan ma’lumotlarga murojaatlar ko‘rinishida chiqadi. Internetda WAIS resurslari adresi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: WAIS://site.edu
WWW protokoli
WWW (World Wide Web) - gipermatn (matn, tovush, tasvir, video, animatsiya) ko‘rinishdagi hujjatlarni izlash, ko‘rsatish proltokoli. Hozirgi kunda barcha mijozlar WWW deganda internetni ko‘z oldiga keltirishadi, internet deganda esa WWW ni. Ular aslida bir xil narsa emas. WWW – axborotlarni tasvirlash va almashinish tizimidir. Aynan shu WWW yordamida dunyodagi barcha mijozlar global kompyuter tarmog‘i orqali barcha axborotlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. WWW xizmatini yaratilishida gipermatn texnologiyasini taklif etilishi katta turtki bo‘lgan.
1965 yilda Teodor Nelson tomonidan taklif etilgan gipermatn texnologiyasi gipermatn inqilobiga olib keldi. Van Dam boshchiligidagi bir guruh olimlar 1967 yilda matnlar uchun gipermatn tahrirlovchisini yaratishdi. Nelson esa 1987 yil ma’lumotlarning matn, tasvir, tovush, animatsiya, video axborot ko‘rinishida qayta ishlay oladigan va ularni mos qurilmalarda aks ettira olishga imkon yaratib beradigan gipermatn mualliflik sistemasini yaratdi. Jenevaning CERN ilmiy tekshirish institutida ishlovchi fizik olim Tim Bernes Li 1989 yil gipermatnga asoslangan loyihani ishlab chiqib institut rahbariyatiga taqdim etdi. Bu loyiha barcha fizik olimlarga Internet tarmog‘i orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini beradi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog‘i World Wide Webga poydevor qo‘yildi. 1993 yil Mark Andersen rahbarligida gipermatnlarni aks ettirish va qayta ishlashga mo‘ljallangan birinchi Mosaic grafik Brauzeri ishlab chiqildi va u keyinchalik Netscape korporatsiyasiga o‘tib, Netscape brauzerini yaratilishiga asos bo‘ldi. 90-yillar o‘rtalarida Internet Informatika fanidan

boshqa sohalarda ham qo‘llanila boshlandi. Web texnologiyasining yaratilishi dunyoda shaxsiy kompyuterlarning egalari va kompaniyalar orasida interenetdan keng miqyosda foydalanilish imkonini berdi. Dunyoda internetdan foydalanuvchilar sonining keskin ortib borishi quyidagi muammolarni vujudga keltirdi: tarmoq kanallarining zo‘riqishi, axborotlarga birovlarning tajovuzi va ularning o‘g‘irlanishi, axborotlarning xavfsizlik muammolari va boshqalar. 1981- 2000 yillar orasida internetdan foydalanuvchilar soni haqidagi statistik ma’lumotlari quyidagicha:


1981 y Internet da 213 ta foydalanuvchi; 1983 y Internet da 562 ta foydalanuvchi; 1986 y 5089 ta foydalanuvchi;
1992 y 727000 foydalanuvchi;
1995 y 20-40 million foydalanuvchi;
2000 y 332 million foydalanuvchi;
2002 y 490 million foydalanuvchi.
Computer Industry Almanac Inc. kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2005 yilda dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 945 mln.tagacha, 2007 yilda esa 1 mlrd. 460 mln. taga yetadi.
Internet – bu xalqaro global axborot tizimi bo‘lib, global adreslar fazosi bilan bog‘langan va ular orasida ma’lum protokollar asosida axborot almashinib turish imkoniyatiga ega bo‘lgan kommunikatsiya vositasi ekan. U butun dunyo kompyuterlarini o‘rgimchak uyi singari yagona axborot aloqa tizimiga bog‘laydi va yer yuzidagi millionlab kompyuterlarni yagona axborot manbaiga bog‘lanish imkoniyatini yaratib beradi. Axborot resursiga ega bo‘lgan manbalar internet tizimi orqali bog‘lanishlari uchun ularning adreslari bo‘lishi lozim. Internet orqali yaratib berilgan xizmatlar orasida World Wide Web (Jahon tartanak uyi) deb ataluvchi va o‘zida Web-serverlar va Web saytlarni biriktiruvchi global tarmoq tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Web sahifalaridagi axborotlar gipermatn ko‘rinishida tashkil etilgan bo‘ladi. Gipermatn ko‘rinishdagi ma’lumotlarda alohida rang bilan ajratilgan so‘zlarni sharhlovchi yoki unga taaluqli bo‘lgan grafik yoki video ma’lumotli fayllar bilan bog‘lash mumkin. Odatda bunday jarayonlarni amalga oshirish uchun gipermatn muharrir (HTML –Hyper Text Mark up Language) laridan foydalaniladi.
Internet tizimi har bir professor o‘qituvchi, doktorant, aspirant, talaba va o‘quvchilar uchun jahonning istalgan burchagidan o‘zlarini qiziqtirgan sohalari bo‘yicha ma’lumotlarni, kerakli adabiyot va ilmiy maqolalarni qidirib topish va undan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu tizimning CHAT (ICQ) deb ataluvchi xizmati jahonning istalgan nuqtasidagi ham kasblar va tanish bilishlar bilan bir vaqtning o‘zida interaktiv muloqot olib borish imkonini beradi. Bunday jarayon mohiyatiga ko‘ra telefon aloqa tizimi orqali gaplashish jarayonidek bo‘lib, hamkasblar o‘zaro axborotni, kompyuter klaviaturasi orqali matnlarni terib amalga oshiradi. Internetning yana bir imkoniyatlaridan biri bu telekonferensiyalardir. Telekonferensiyalarning mavzulari va uni muhokama etadigan masalalar oldindan e’lon qilinib, telekonferensiyaning chop etilgan maqolalari dunyodagi barcha mutaxassislar tomonidan muhokama qilinadi. Odatda bunday konferensiyalar eng dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dunyoning nufuzli universitetlariga bormasdan o‘z yashash joyida turib o‘qish imkoniyati faqat internet tizimida qoniqarli amalga oshadi. Bu o‘qish tizimi masofaviy ta’lim deb ataladi. Albatta, buning uchun talabalar xorijiy tillardan birini mukammal bilishlari lozim.
Internetning imkoniyatlaridan unumli foydalanish uchun quyidagi texnik, dasturiy va xizmat turlari bo‘lishi kerak:
Pentium-II yoki undan yuqori rusumli multimedia moslamalari bilan jihozlangan kompyuter;
Internetga ulanish vositasi (Modem, tarmoq kartasi va h.k.);
Korxona yoki o‘quv yurtining barcha tuzilmalarini o‘zaro bog‘lovchi va axborot almashinish imkonini beruvchi yagona lokal axborot tizimi – Intranet;
Internet xizmatini ko‘rsata oluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan provayder tashkilot;
Bir nechta kompyuterlarni yagona kompyuterga ulab beruvchi va u orqali barcha foydalanuvchilarga internet xizmatini ko‘rsatuvchi markaziy server va Proksi server tizimi;
Internet provayderidan ishlash uchun olingan vaqt (akkaunt);
Ushbu moslamalar va markazlarga ega bo‘lgan tashkilot xodimlari va o‘quv yurti talabalari jahon axborot tizimidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bemalol va istagancha ma’lumotlarni olishlari mumkin. Foydalanuvchining ehtiyojiga ko‘ra ma’lumotlarning quyidagi turlaridan foydalanishi mumkin:
Matnlar;
Rasm, tasvir, diagramma va sxemalar; Tovushlar;
Video tasvirlar;
Animatsiyalar
Axborotning barcha turlaridan foydalana olish uchun, albatta kompyuterda multimedia moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bular maxsus tovush kartalari, tovush karnayi, mikrofon va kompakt diskni o‘quvchi qurilmalardir. Ushbu moslama va vositalar ayniqsa Internet tizimida masofaviy o‘qishni istagan foydalanuvchilar uchun juda ham zarurdir.

Download 45,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish