Bu muammoning yechimi texnik jihatdan emas balki iqtisodiy jihatdan qaraladi.
Texnik nuqtai-nazardan protsessor kabi tez ishlovchi xotira qurilmasini tashkil etish mumkin.
Lekin bunday xotira qurilmasini protsessorning mikrosxemalariga joylashtirish talab etiladi, sababi ma`lumotlarni shinalar orqali uzatish sekin amalga oshadigan jarayondir.
Mikrosxemalarga katta o`lchamdagi xotira qurilmasini joylashtirish protsessor o`lchamini oshiradi va tabiiyki uning narxi ham ortadi. Bu o`rinda protsessor o`lchamlarini haddan tashqari oshirib yubormaslik muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilardan kichik jahmdagi tezkor va katta hajmdagi nisbatan sekin ishlovchi xotiradan birini tanlash talab etiladi.