MAVZU: ,,Kompyuter shou kechasi”.
TADBIRNING MAQSADI:
- o`quvchilarning informatika fani bo`yicha darsdan tashqari informatika fanidan bilim va ko`nikmalarini tashkillashtirish.
TA`LIMIY MAQSAD:
-O`quvchilarni Informatika faniga qiziqishini orttirish;
-Kompyuter texnikasi bo`yicha bilimlarini sinovdan o`tkazish.
TARBIYAVIY MAQSAD:
-O`quvchilar o`rtasida do`stlik rishtasini mustahkamlash;
-O`quvchilar o’rtasida bilimlarini o`rtoqlashish;
- o`quvchilarning ijodiy faoliyatini oshirish.
USLUB:Aqliy hujum ; Musobaqa ; Baxs –munozara.
JIHOZ: Kompyuter texnikasi, dasturlar.
TADBIR MAZMUNI:
Tadbir Madhiya bilan boshlandi.
Tadbirda 15 ta o’quvchi qatnashadi.
I-Topshiriq:
Tezkor savollar :
Internetga qachon asos solingan ?(1970 yillarda)
Internetga asos bo’lgan tarmoq ?(Arpanet)
Hisoblash texnikasining tarixi necha davrga bo`linadi?(to’rtta davr)
Mantiqiy amallar nechta ?(3ta:mantiqiy qo’shish,mantiqiy ko’paytirish,mantiqiy inkor)
Hisoblash texninikasiga asos solgan olimlar…(Leonardo Davinchi,Shikkard,Mouchli,Ekkert…)
Excel qanday dastur?(electron jadval)
Excelning fayl kengaytmasi qanday?(.xls,.xlsx)
Word dasturi qanday dastur ?(matn yozish uchun mo’ljallangan dastur)
Paint dasturida uchburchak qanday uskuna yordamida chiziladi ?(to’g’ri chiziq)
Windows qanday operatsion sistema ?(ko’p vazifali va ko’p masalali)
Qaysi dasturda rasm chiziladi? (Paint)
Kompyuterda saqlanadigan ma’lumotning nomi nima deyiladi? (Fayl)
Hamma bosh harflarni yozuvchi klavishning nomi nima? (CapsLock)
Avtomatik o’yinlar o’ynash uchun boshqariladigan maxsus qurilmaning nomi nima? (Jostik)
Insonning sezgi organlaridan birining nomi? (Til)
II-Toshiriq:
“O’zbekiston kelajagi buyuk davlat !”mavusida matn tayyorlash.
III-Topshiriq:
Paint dasturida “Archa va qorbobo ” nomli rasm yaratish.
IV-Topshiriq:
Krossvord yechish. 1.Birinchi elektron jadval nomi?
2.Birinchi EHM-nomi
3.Ustun va satr birlashmasidan nima kelib chiqadi?
4.Sxemaga kirish qismiga kelgan signallar
5.O`lchov birligi
6.Operatsion sistema nomi?
7.Windowsga kirish tugmasi
8.O`chirilgan ma`lumotlar vaqtinchalik qayerda saqlanadi?
O’quvchilar topshiriqlarni bajarishiga qarab ,,5” ballgacha baholandilar.
Tadbir yakunida O’quvcilarning olgan baholari hisoblab chiqiladi. G’olib o’quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
Urganch tuman 33– son umumta`lim maktabining Informatika fani o`qituvchisi
Allaberganova Umidaning
,,Kompyuter shou kechasi ” tadbirining ishlanmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |