Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asbob mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko'zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo'shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmaning ostki qism o‘ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo‘lsa, bu tasvir ushbu tugma tarkibida o‘xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi. Yashiringan asbobni faollashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugma ustidan «sichqoncha»ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kursorni kerakli tugma ustiga keltirib, «sichqoncha»ning chap tugmasi qo‘yib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |