Mavzu: Kompyuter grafikasi haqida tushuncha. Kompyuter grafikasi turlari.
Reja:
Kompyuter grafikasi haqida tushuncha.
Kompyuter grafikasi turlari.
Kompyuter grafikasining dasturiy ta’minotlari.
Kompyuter monitoridagi tasvir (rasm) bilan bog`liq bulgan axborotni kayta ishlashda uchta asosiy yunalishni ajratishadi: tasvirni o’rnatish yoki aniqlash,tasvirni qayta ishlash va kompyuter (mashina) grafikasi.
Tasvirni urganishning asosiy vazifasi bu mavjud bulgan obrazni(tasvirni) formal, tushunarli (anik) bulgan belgilar tiliga utkazish. Bu xolda kdralayotgan tasvir abstrakt tassavurga aynaltiriladi, ya`ni sonlarga, maxsus belgilar yoki graflar tuplamiga utkaziladi. Buni kuyidagicha yozish mumkin:
COMPUTER VISION:
input- tasvir (rasm);
output-belgi (matn) va uning taxdili (analizi).
Tasvirni kayta ishlashda kiruvchi va chikuvchi ma`lumotlar - tasvirlar. Masalan: tasvirdagi ayrim elementlarni olib tashlash (ovoz, rang, ...) yoki kushish, uning xajmini uzgartirish va xakazo. YA`ni uni kuyidagicha yozish mumkin:
IMAGE PROCESSING
input - tasvir
output - tasvir (uzgartirilgan ) .
Kompyuter (mashina) grafikasi dastlabki, ya`ni kiruvchi axborotni (noma`lum tabiatga ega) tasvir kurinishiga olib keladi. Masalan: ekspert ma`lumotlarni grafik, diagramma yoki boshqa shakllarga vizuallashtirish. Bundan tashkari shakllarni almashtirish, xarakatlantirish, virtual tasavvurga yakinlashtirish. Kompyuter grafikasini kuyidagicha tasvirlash mumkin:
COMPUTER GRAPHICS
input - belgilar,
output - tasvir.
Ularning urtasida keskin chegara yuk va umumiy sxemada kuyidagicha tasvirlash mumkin:
Tasvirni (dastlab matn, formula sung oddiy rasm) shaxeiy kompyuter ekranida chikarish kompyuter grafikasining rivojlanishida birinchi kddam buldi. qiska vakt (50-yillardan boshlab) ichida kompyuter grafikasi tezkor rivojlandi va uzining e`tiborini ikki asosiy yunalishga qaratdi: tasvirga etarlicha taassavur (reallik) va xarakat (dinamika) berish, va ularni birlashtirish.
Tasvirni kompyuter displeyining ekraniga chikdrish va u bilan boglik, amallarni bajarish foydalanuvchidan ma`lum darajada geometrik bilimlarni talab kiladi. Geometrik tushunchalar, formulalar, faktlar, (birinchi navbatda ikki va uch o’lchovga tegishli) kompyuter grafikasida uziga xos maxsus urinni egallaydi. Geometrik yondashish, tasavvur va fikrlar xisoblash texnikasining imkoniyatlarini doimo tezkor kengayishi bilan birgalikda kompyuter grafikasining jiddiy rivojlanishi yulida va kup soxalarda keng ishlatilishiga manba buldi. Ayrim xollarda oddiy, elementar geometrik metodikalar katta geometrik masalalarni echish etaplarida sezilarli rivojini ta`minlaydi .
Ikki va uch o’lchovli geometrik almashtirishlarni mashina grafikasida qo’llanilishini ko’ramiz. Ikki o’lchovli barcha narsalarni kompyuter grafikasida 2D (2-dimension), uch o’lchovli almashtirishlarni (3D,3 -dimension) belgisi bilan ifodalash (kiritilgan) qabul qilingan.
Grafikaning e`tiborli jixatlari:
Kompyuter bilan mulokotning eng tabiiy vositalari;
YAxshi rivojlangan ikki va uch ulchamli tasvirlarni anikdash mexanizmi turli kurinishdagi ma`lumotlarni juda tez va samarali kabul kilish xamda kayta ishlash imkonini beradi;
Kompyuter grafikasi matn bilan ishlashdan farkdi ravishda statik va dinamik tasvirlar bilan okilona moslashuvchanligi evaziga inson bilan kompyuter orasidagi mulokatda keng kulayliklar yaratadi. Bu kulayliklar ma`lumotlarni tushunish imkoniyatiga, goyalarni anikdashga, mavjud yoki hayoliy ob`ektlarni vizuallashtirishga sezilarli ta`sir kursatadi.
Kompyuter grafikasi: 1. Rastrli (nuqtali) grafika 2. Vektorli grafika 3. Fraktal grafikaga ajratiladi. Rastrli grafikada tasvirlar nuqta(piksel)lar ketma – ketligi tarzida hosil qilinadi. Bu grafikaga Paint, Adobe Photoshop va h. larni keltirish mumkin.
Vektorli grafikada tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi. . Bu grafik dasturlarning eng mashhurlariga Adobe Illustrator, Macromedia Freehand, CorelDraw va boshqalar kiradi. Fraktal grafika badiiy kompozitsiya yaratish – bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya`ni bunda tasvirlar formulalar yordamida kiritiladi. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarida qo’llaniladi.
Rang - bu bizning yoruglik nurlarni idrok etishimizning omillaridan biridir. Rang va uni ulchash bilan shugullanadigan fan kolorimetriya deb ataladi. U inson tomonidan nurni rang sifatida idrok etilishining umumiy konuniyatlarini bayon etadi. Kolorimetriyaning asosiy krnunlaridan biri ranglarning tuzilishi krnunlaridir. Bu krnunlar eng tularok, xolda 1853 yilda nemis matematigi German Groseman tomonidan ifoda etilgandir:
1) Rang uch ulchamlidir - uni ifodalash uchun uch tashkil etuvchi kerak buladi. Garchi uch rangdan iborat bir - biriga chizikli boglik, bulmagan ikkilanmagan mikdordagi tuplamlar mavjud bulsada, xar kanday turt rang bir - birlari bilan chizikli boglangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |