REJA - Kolloid sistemalarda Broun harakati, o’rtacha siljish kattaligi.
- Diffuziya va diffuziya tezligi.
- Kolloid eritmalarning osmotik bosimi.
- Dispers sistemalarning sedimentasiyasi.
- Kolloid sistemalarda Broun harakati, o’rtacha siljish kattaligi.
Molekulyar-kinetik nazariya modda zarrachalarining o’z-o’zicha harakat qilish qonunlarini tekshiradi.
Kolloid sistemalarning
molekulyar-kinetik xossalari
Broun harakati
duffuziya
osmotik bosim
(osmos)
sedimentasiya
Molekulyar-kinetik xossalari, ya`ni zarrachalar tartibsiz issiqlik harakatlariga sabab bo’luvchi xossalar kolloid eritmalarida quyi molekulyar eritmalariga nisbatan kuchsizroq ifodalangan, chunki kolloid zarrachalar o’lchamining kattaroqligi bilan farq qiladi.
Molekulyar-kinetik nazariya kolloid sistemalarni chin eritmalarining ba`zi bir uchrab turadigan holi deb qaraydi: dispers fazani-erigan modda kabi, dispers muhitini-erituvchi kabi qaraladi. Bu diffuziya, osmos hodisasi, sedmentasion muvozanat va kolloidlarning boshqa o’ziga xos bo’lmagan xossalarini, ya`ni kolloid zarrachalar sirtida molekulyar o’zaro ta`sirlashuv hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lmagan tushuntirishga katta imkon yaratadi.
Kolloid va chin eritmalar o’rtasidagi sifat jihatidan farq yo’qligini tushuntirish uchun ko’p vaqt va mehnat talab qilinadi, ular faqat miqdoriy harakterga ega. Chin eritmalar to’g’risidagi molekulyar-kinetik tushuncha kolloid sistemalarga ham tatbiq etiladi.
Buning uchun ikkita shartni bajarish talab etiladi:
1. Bu nazariya issiqlik harakatida, broun harakatini ham hisobga olgan holda qatnashish uchun zarrachalari juda ham kam bo’lgan hamma sistemalarga tatbiq etiladi. Bu zarrachalar o’lchami 10-4 m va undan kichik bo’lganlari, ya`ni odatdagi kolloidlar o’lchami va ba`zi bir mikrogetrogen sistemalardir;
2. Kolloid eritmalarga statistik qonunlarini qo’llash uchun kolloid eritmaning hajm birligida zarrachalarni soni ko’p bo’lishi shart.
Suyuqlik molekulalarining issiqlik harakatidan kelib chiqadi. Molekulyar-kinetik nazariya, kolloid zarracha bir sekundda yo’nalishini 1020 marta o’zgarishi mumkinligini ko’rsatdi.
Zarrachalarning haqiqiy yo’lini topish yoki tasvirlash mumkin emas. Zarrachalarning bir qayd etilgan nuqtadan ikkinchi qayd etilgan nuqtagacha siljishini ko’rish va tasvirlash mumkin. Bunda harakat belgilangan bir holatidan ikkinchi holatgacha faqat shartli siniq chiziqlar bilan ifodalanadi. Haqiqatdan esa, bu harakat fazoda murakkab egrisimon traektoriya bilan tasavvur etilishi kerak.
Broun haratati.
Do'stlaringiz bilan baham: |