Me’da o'n ikki barmoq ichak arteriyasi (a.gastroduodenalis),o'z navbatida, o'ng me’da-charvi va me’da osti bezi o'n ikki barmoq ichakning ustki arteriyasiga bo'linadi. O'ng me’da-charviarteriyasi a.gastroomentalis dextra me’daning katta egriligi bo'yiab chap tomonga yo'nalib, chap me’da charvi arteriyasi bilan anastomozlashadi. Undan me’daga me’da tarmoqlari (rr. gastrici)va katta charviga charvi tarmoqlari (rr. omentalis) chiqadi. Me’daosti bezi o'n ikki barmoq ichakning oldingi va orqadagi ustki arteriyalari (a.pancreaticoduodenales superiores anterior et posterior) o'n ikki barmoq ichakka (rr.duodenales) va me’da osti bezining boshiga (rr pancreatici) tarmoqlarini beradi.
3. Taloq arteriyasi (a. lienalis)me’da osti bezining ustki qirrasi bo'ylab yo'nalib me’da osti beziga pankreatik tarmoqlar (rr. pancreatici), me’da tubiga bir nechta me’daning qisqa arteriyalarini (a.gastrica breves) bergach,taloqqa yo'naladi. Taloq darvozasida u shoxlanib taloq parenximasiga tarqaladi. Taloq darvozasida taloq arteriyasi yoki uning tarmoqlaridan chiqqan chap me’da-charvi arteriyasi (a. gastroomentalis sinistra)me’daning katta egriligi bo'ylab o'ng tomonga yo'naladi. U me’daga me’da tarmoqlari (rr gastrici) va katta charviga charvi tarmoqlarini (rr. omentalis) beradi va o'ng me’dacharvi arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
II. Yuqori tutqich arteriyasi (a. mesenterica superior) qorin aortasidan me’da osti bezi tanasi orqasida XII ko'krak I bel umurtqasi sohasida boshlanadi. Me’da osti bezi boshi bilan o'n ikki barmoq ichakning pastki qismi o'rtasidan o'tib, ingichka ichak ichak tutqichi ichiga kiradi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Me’da osti bezi-o'n ikki barmoq ichakning pastki arteriyalari (aa.pancreaticoduodenales inferiores)yuqorigi tutqich arter iyasini boshlanish joyidan 2 sm pastroqdan boshlanib, oldingi (r.anterior) va orqa (r.posterior)shoxga bo'linadi.U me’da osti bezini boshi va o'n ikki barmoq ichakni qon bilan ta’minlaydi va shu nomdagi yuqorigi arteriya bilan anastomozlashadi
1. Me’da osti bezi-o'n ikki barmoq ichakning pastki arteriyalari (aa.pancreaticoduodenales inferiores) yuqorigi tutqich arter iyasini boshlanish joyidan 2 sm pastroqdan boshlanib, oldingi (r.anterior) va orqa (r.posterior)shoxga bo'linadi.U me’da osti bezini boshi va o'n ikki barmoq ichakni qon bilan ta’minlaydi va shu nomdagi yuqorigi arteriya bilan anastomozlashadi
2. Och va yonbosh ichak arteriyalari (aa. jejunales et ileales)12-18 ta.Ular ingichka ichak ichaktutqichi ichida ravoqsimon anastomozlar hosil qilib,ingichka ichak qovuzloqlarini qon bilan ta’minlaydi.
3. Yonbosh-chambar ichak arteriyasi (a. ileocolica) pastga va o'ngga ko'richak tomonga yo'naladi. U tarmoqlarga boiinib, yonbosh ichakning oxirgi qismi va ko‘richakni qon bilan ta’minlaydi. Undan chuvalchangsimon o'simtaga chuvalchangsimon o'simta arteriyasi (a. appendicularis),ko'tariluvchi chambar ichakka ko'tariluvchi arteriya (a. ascendens) chiqadi.
4. O'ng chambar ichak arteriyasi (a. colica dextra) oldingi arteriyadan yuqoriroqdan boshlanib, o'ng tomonga ko'tariluvchi chambar ichakka yo'naladi.U ko'tariluvchi chambar ichakni qon bilan ta’minlab, yonbosh-chambar ichak arteriyaning ko'tariluvchi tarmog'i va o'rta chambar ichak arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
5. O'rta chambar ichak arteriyasi (a. colica media) o'ng chambar ichak arteriyasidan yuqoriroqdan boshlanib, yuqoriga ko'ndalang chambar ichakka yo'naladi.