Mavzu: Klinik anatomiya (operativ xirurgiya va topografik anatomiya) fanining maqsadi va vazifalari. Operativ xirurgiya va uning vazifalari. Xirurgik asboblar. Og’riqsizlantirish. To`qimalarni ajratish va birlashtirish qoidalari va


TOPOGRAFIK ANATOMIYA FANINING QISQACHA TARIXI



Download 18,37 Kb.
bet4/4
Sana07.07.2022
Hajmi18,37 Kb.
#755286
1   2   3   4
Bog'liq
oxta1

TOPOGRAFIK ANATOMIYA FANINING QISQACHA TARIXI
Topografik anatomiya fani amaliy fanlardan hisoblanib, u normal anatomiyadan olingan ma'lumotlarni umumlashtirib, sohalar topografiyasini, qavatma – qavat tuzilishini, a'zolar topografiyasini esa joylashish o‘rni, ularning bir – biriga va qo‘shni sohalarga nisbatan o‘zaro munosabatlarini hamda tuzilishini o‘rgatadi. Jarrohlikning boshlang‘ich davrlarida amaliy jarrohlar odam organizmi to‘g‘risida bunday umumlashtirilgan ma'lumotlarga ega bo‘lmaganliklari sababli, jarrohlik operatsiyalarini o’tkazishda qiynalishlar va bunga javob izlar edilar. Bunga javob XYI asr oxirlarida va XYII asr boshlarida fanda jarrohlik operatsiyalarini tasvirlashda anatomik ma'lumotlar ham chop etila boshlandi. Bunday ma'lumotlarni birinchilardan bo‘lib 1672 yilda italiyalik jarroh va anatom Djenga, 1718 yilda belgiyalik jarroh va anatom Palfenlar e'lon qilishdi. Shunday qilib, fanda jarrohlik anatomiyasiga asos solindi. XIX asr boshlariga kelib jarrohlik anatomiyasini rivojlantirishga fransuz jarrohlari Velpo, Blanden, Malten va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ularning ilmiy asarlarida to‘qima va a'zolarning anatomiyasi boshqalarnikidan farqli o‘laroq, batartib va sohalar bo‘yicha berilgan bo‘lib, shu tariqa topografik anatomiya faniga asos solina boshlandi. Rus olimlaridan X.X. Solomon 1840 yilda operativ jarrohlikdan qo‘llanma chop ettirib, unda topografik anatomiyaga asos soldi. I.V.Buyalskiy (1789 -1866) “Odam tanasining qisqacha anatomiyasi” va “Anatomik – patologik suratlar” degan ikkita mashhur atlaslarni yaratib, operativ jarrohlik va topografik anatomiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Lekin, topografik anatomiyani asosiy fan sifatida birinchi marta rus olimi N.I.Pirogov (1810-1881) ro‘yobga chiqardi. U topografik anatomiyaning jarrohlikdagi mislsiz rolini inobatga olib, uni operativ jarrohlik bilan birga “bir butun fan” sifatida maydonga olib chiqdi. N.I.Pirogovning ilmiy asarlari topografik anatomiya fanining mustaqil fan bo‘lib qolishiga zamin yaratdi. U 1837 yilda “Arteriyalar tanasi va fastsiyalarining jarrohlik anatomiyasi” degan ilmiy asarida arteriyalar topografik anatomiyasi to‘g‘risida to‘liq ma'lumot berib, ularning fastsiyalar bilan o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi qonunlarni ishlab chiqdi

N.I.Pirogov o‘zining “Odam tanasi amaliy anatomiyasining to‘liq kursi. Fiziologiya va jarrohlik bo‘yicha tasviriy anatomiya” (1843-1848) degan 3 jildli qo‘llanmasida kishi tanasining hamma soha va a'zolarining topografik anatomiyasini keltiradi. Bundan tashqari uni butun dunyoga mashhur qilgan asarlaridan biri “Muzlatilgan kishi tanasidagi uch xil yo‘nalishdagi kesmalari rangli suratlarining tasviriy topografik anatomiyasi” (1851 -1859) degan asar bo‘lib, bunda u muzlatilgan a'zolarning har xil kesmalarida ularning topografik anatomiyasini batafsil yoritgan. N.I.Pirogov ishlarining davomchisi va topografik anatomiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri A.A.Bobrovdir (1850 -1904). U birinchi bo‘lib topografik anatomiya va operativ jarrohlik fani bo‘yicha darslik yozgan olimlardan hisoblanib, jarrohlar uchun topografik anatomiyani mukammal bilish juda ham zarurligi to‘g‘risida shunday deydi: “Jarrohlik klinikasiga olib boradigan yo‘l anatomiya teatridan o’tishi kerak va bu yo‘ldan o’tmagan jarroh o‘z istedodining yuqori cho‘qqisida tura olmaydi”. A.P.Gubarev bu so‘zlarni go‘yo tasdiqlab “Topografik anatomiyani bilmasa jarroh ham yo‘q, terapevt ham yo‘q, uning o‘rnida faqat belgi va bid'at qoladi” – deb bo‘lajak jarrohlarni ogohlantiradi. Topografik anatomiyaning rivojlanishida V.N. Shevkunenkoning (1972 -1952) xizmatlari kattadir. U topograf – anatomlar maktabiga asos solgan olimlardan biri. Uning ilmiy ishlari qon tomirlar va nerv sistemasi hamda yoshga qarab o‘zgaradigan topografik anatomiya bilan bog‘liqdir. Topografik anatomiyaning уechilmagan ko‘p masalalarini yoritishga N.N.Burdenko, A.V.Vishnevskiy, A.N.Maksimenkov, V.F.Voyno –Yasenetskiy, B.V.Ognev, V.V.Kovanov, A.A.Travin, G.E.Ostroverxov, YU.M.Lopuxin va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Topogafik anatomiya va operativ jarrohlik fanini munosib o‘ringa ko’tarishda jumhuriyatimiz olimlarining xizmatlari ham juda katta. 20 - yillarda Toshken davlat dorilfununining tibbiyot kulliyotida ishlagan atoqli olim Voyno-Yasenetskiy, professorlar G.A.Ilin, F.I.Valker, N.S.Pereshivkin, S.T.Novitskiy, B.A.Stekolnikov, professor F.F.Amirov va 1970 yildan beri professor N.H Shomirzaуev, Toshkent vrachlar malakasini oshirish ilmgohidan topografik anatomiya va operativ jarrohlik kafedrasining mudiri, professor A.G‘.Mirzamuhamedov, Toshkent tibbiyot pediatriya oliy bilimgohi kafedra mudiri, professor Sh.M.Ahmedov, Samarqand tibbiyot oliy bilimgohi topografik anatomiya va operativ jarrohlik kafedrasining mudirlari, professor V.A.Sushevskiy, G.N.Aleksandrov, M.T.Nasekin va V.YA.Barakov, Andijon tibbiyot oliy bilimgohining kafedra mudirlari, professor B.G‘.G‘aniуev hamda professor I.Q.Qosimxo‘jaуevlar bunga yaqqol misol bo‘la oladilar. Bu olimlarning ishlari jumhuriyatimizda va MDH dagina emas, balki xorijiy davlatlarda ham yuksak baholanmoqda. Jarrohlik fani bilan bir qatorda topografik anatomiya fani ham muvafaqqiyat bilan rivojlanib bormoqda. Bu esa yangi – yangi jarrohlik operatsiyalarini ishlab chiqishni ilmiy asoslab berishga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham topografik anatomiya talabalar uchun asosiy fanlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Download 18,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish